Jabbarov Og‘abek Ozimboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Posterior perikardiotomiyaning ishlayotgan yurakdagi koronar arteriyalarni shuntlash (OPCAB) amaliyotidan keyingi supraventrikulyar aritmiya xavfiga ta’siri”, 14.00.06 – Kardiologiya va 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tibb3313.
Ilmiy rahbarlar: Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori; Sharipov Islom Mamatxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Sanjar Abdumuratovich, tibbiyot fanlari doktori; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Milliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash amaliyoti (OPCAB) o‘tkazgan bemorlarda operatsiyadan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi holatlarini kamaytirishda posterior perikardiotomiya samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda shuntlash jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarning 22% da operatsiyadan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanishi aniqlangan;
ilk bor posterior perikardiotomiya usulining operatsiyadan keyingi bo‘lmachalar fibrillyasiyasi rivojlanishining oldini olishdagi samaradorligi reabilitatsiya davrining ijobiy kechishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor operatsiyadan keyingi rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi yurak ichi gemodinamik ko‘rsatkichlariga ishonchli (statistik jihatdan sezilarli) ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan;
ilk bor ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash jarrohlik amaliyotidan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanishining xavf omillari: arterial gipertoniya (OR 21.4; CI [6.4–70.9]), surunkali buyrak kasalligi 3B bosqichi (OR 0.502; CI [1.18–8.47]), qandli diabet (OR 4.25; CI [2.24–8.05]), o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OR 2.86; CI [1.48–5.16]), COVID-19 anamnezda (OR 3.79; CI [1.99–7.23]), semizlik (OR 2.49; CI [1.34–4.62]), chap bo‘lmachaning indekslangan o‘lchami (OR 18.7; CI [2.14–163.8]) aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha № 01/49 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda shuntlash jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarning 22% da operatsiyadan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanishi aniqlangan bo‘lib ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi koshidagi ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025-yil 30-apreldagi bo‘lgan №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Posterior perikardiotomiyaning ishlayotgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash (OPCAB) amaliyotidan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanish xavfiga ta’siri” metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Jizzax filialida 2025 yil 29 yanvardagi 33-son buyrug‘i va RIKIATM Qarshi filialida 2025 yil 29 yanvarda 39t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda shuntlash jarrohlik amaliyotidan keyingi bemorlarda rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasini paydo bo‘lishi bemorlarning shifoxonadagi va shifoxonadan tashqaridagi davrlardagi qayta bo‘lmachalar fibrilyasiyasi paydo bo‘lish xolatlari o‘rganilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash o‘tkazilgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi bor bemorlar va bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanmagan bemorlarda 1481825 so‘m shifoxona xarajatlarida farq borligi aniqlangan ya’ni bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlangan bemorlarda xarajatlar ko‘proq bo‘lishi tasdiqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor posterior perikardiotomiya usulining operatsiyadan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanishining oldini olishdagi samaradorligi aniqlangan bo‘lib, bu reabilitatsiya davrining ijobiy kechishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan va ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi koshidagi ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 30 apreldagi bo‘lgan №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Posterior perikardiotomiyaning ishlayotgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash (OPCAB) amaliyotidan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanish xavfiga ta’siri” metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Jizzax filialida 2025 yil 29 yanvardagi 33-son buyrug‘i va RIKIATM Qarshi filialida 2025 yil 29 yanvarda 39t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda shuntlash jarrohlik amaliyotidan keyingi bemorlarda rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasini paydo bo‘lishini erta va o‘rta muddatli tiklanish davriga ta’siri o‘rganilganda bo‘lmachalar fibrilyasiyasi paydo bo‘lgan bemorlarda bo‘lmachalar fibrilyasiyasi paydo bo‘lmagan bemorlarga qaraganda erta va o‘rta tiklanish davri uzoqroq bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash o‘tkazilgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi bor bemorlar va bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanmagan bemorlarga qaraganda erta va o‘rta tiklanish davridagi xarajatlarda 3849330 so‘mga farq aniqlangan ya’ni bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlangan bemorlarda xarajatlar ko‘proq bo‘lishi tasdiqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor operatsiyadan keyingi rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi yurak ichi gemodinamik ko‘rsatkichlariga ishonchli (statistik jihatdan sezilarli) ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan bo‘lib ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi koshidagi ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 30 apreldagi bo‘lgan №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Posterior perikardiotomiyaning ishlayotgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash (OPCAB) amaliyotidan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanish xavfiga ta’siri” metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Jizzax filialida 2025 yil 29 yanvardagi 33-son buyrug‘i va RIKIATM Qarshi filialida 2025 yil 29 yanvarda 39t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda shuntlash jarrohlik amaliyoti davomida o‘tkaziladigan posterior perikardiotomiyaning xavfsizligi, uning jarrohlik amaliyoti davrini uzayishiga ta’sir etmasligi hamda jarrohlik amaliyotidan keyingi rivojlanuvchi supraventrikulyar aritmiyalar kamayishiga olib kelishi o‘z tasdig‘ini topgan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash o‘tkazilgan bemorlarda jarrohlik amaliyotida posterior perikardiotomiya amaliyoti o‘tkazilgan va pasterior perikardiotomiya o‘tkazilmagan bemorlarga qaraganda xarajatlari 1530123 so‘mga kam bo‘lganligi aniqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash jarrohlik amaliyotidan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanishining xavf omillari: arterial gipertoniya (OR 21.4; CI [6.4–70.9]), surunkali buyrak kasalligi 3B bosqichi (OR 0.502; CI [1.18–8.47]), qandli diabet (OR 4.25; CI [2.24–8.05]), o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OR 2.86; CI [1.48–5.16]), COVID-19 anamnezda (OR 3.79; CI [1.99–7.23]), semizlik (OR 2.49; CI [1.34–4.62]), chap bo‘lmachaning indekslangan o‘lchami (OR 18.7; CI [2.14–163.8]) aniqlangan bo‘lib ushbu tadqiqot usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi koshidagi ilmiy ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashning 2025 yil 30 apreldagi bo‘lgan №3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Posterior perikardiotomiyaning ishlayotgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash (OPCAB) amaliyotidan keyingi bo‘lmachalar fibrilyasiyasi rivojlanish xavfiga ta’siri” metodik tavsiyalar tarkibiga kiritildi. Taklif RIKIATM Jizzax filialida 2025-yil 29-yanvardagi 33-son buyrug‘i va RIKIATM Qarshi filialida 2025-yil 29-yanvarda 39t-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Koronar arteriyalarni ishlab turgan yurakda shuntlash jarrohlik amaliyotidan keyingi bemorlarda rivojlanuvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasini paydo bo‘lishini yuzaga keltiruvchi xavf omillari tahlil qilindi va qaysi omillar bo‘lmachalar fibrilyasiyasini yuzaga kelishini kuchaytirishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab turgan yurakda koronar arteriyalarni shuntlash o‘tkazilgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi yuzaga keluvchi bo‘lmachalar fibrilyasiyasiga ta’sir etuvchi omillar o‘z navbatida bemorlar xarajatlarini 2345333 so‘mga oshirishi aniqlangan.