Safarov Javohir Ismoilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarida xarajatlar hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”, 08.00.08 -Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Iqt3838.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Azamat Normuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Suluv Yangiboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliya menejmenti va texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro standartlar talablariga ko‘ra “Tannarx” sintetik hisobvarag‘ining tarkibida “Vaqtning muayyan nuqtasida tan olinadigan tannarx”, “Davr mobaynida tan olinadigan tannarx”, “Tannarxga tuzatish kiritish” nomli ishchi hisobvarag‘ini ochish orqali tannarx yangicha turkumlashtirilgan;
aniq va tezkor ma’lumotlarni shakllantirish hamda samarali boshqaruv qarori qabul qilish uchun  xarajatlar hisobi tizimini takomillashtirish maqsadida 2015-“Ekologik xarajatlar”, 2016-“Sifat nazorati xarajatlari” va 2017-“Innovatsion xarajatlar” ishchi hisobvaraqlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
to‘qimachilik korxonalarida xalqaro audit standartlarini qo‘llashda ishlab chiqarish bosqichlari segmenti (IBS), moliyaviy segmentlar (MS), bozor segmentlari (BS) va nazorat segmentlari (NS) kesimida riskka asoslangan maxsus integrallashgan xarajatlar audit tizimi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalarining xarajatlari, mahsulot tannarxi va moliyaviy natijalariga ta’sir etuvchi omillar asosida 2030 yilgacha bulgan istiqbolli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:    
Xalqaro standartlar talablariga ko‘ra “Tannarx” sintetik hisobvarag‘ining tarkibida “Vaqtning muayyan nuqtasida tan olinadigan tannarx”, “Davr mobaynida tan olinadigan tannarx”, “Tannarxga tuzatish kiritish” nomli ischi hisobvaraqlarni ochish orqali tannarxni yangicha turkumlashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 2-dekabrdagi 02/06-2808-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatida tannarxni ushbu 3 ta yo‘nalishda turkumlashtirish orqali korxona soliqlari, foizlar va amortizatsiya ko‘rsatkichini hisoblashda va MHXS 15-sonli standarti bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda operatsion shaffoflikni 25-30% ga oshirishga erishildi.
Aniq va tezkor ma’lumotlarni shakllantirish hamda samarali boshqaruv qarori qabul qilish uchun  xarajatlar hisobi tizimini takomillashtirish maqsadida 2015-“Ekologik xarajatlar”, 2016-“Sifat nazorati xarajatlari” va 2017-“Innovatsion xarajatlar” ishchi hisobvaraqlarini hisob siyosatiga kiritish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi  korxonalar va “OSIYo GRAND TEKSTIL” MChJ, “BETLIS TEKSTIL” MChJ faoliyatiga joriy qilingan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 2-dekabrdagi 02/06-2808-son ma’lumotnomalari, “OSIYo GRAND TEKSTIL” MChJning 2025-yil 1-dekabrdagi 578-son ma’lumotnomasi, “BETLIS TEKSTIL” MChJning 2025-yil 1-dekabrdagi 208-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2015-“Ekologik xarajatlar” hisobvaraqining joriy etilishi korxonaga “Yashil tannarx” (Green Costing) modelini shakllantirish imkonini beradi. Bu esa xalqaro OEKO-TEX yoki ISO 14001 standartlari bo‘yicha auditdan o‘tishda xarajatlar shaffofligini 100% ta’minlaydi. Natijada, Evropa va AQSh bozorlariga eksport qilishda “Ekologik to‘lovlar” va “Uglerod solig‘i” risklarini kamaytirishga, 2016-“Sifat nazorati xarajatlari” hisobvaraqi orqali esa korxona “Sifatning tuzatish narxi” va “Nuqsonlar zarari” o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish va  laboratoriya tekshiruvlariga sarflangan 1so‘m, keyinchalik tayyor mahsulotning qaytarilishi (no‘qson)lardan keladigan 5 so‘mlik zararni oldini olish hamda “Sifatni boshqarish”  imkoniyatini oshirishga,  2017-“Innovatsion xarajatlar” hisobvaraqi orqali korxonaning oddiy ishlab chiqarish xarajatlari bilan yangi mahsulotni o‘zlashtirish xarajatlarini bir-biridan ajratishga imkoniyatlar yaratildi, bu investorlar va banklar uchun muhim signal bulib, korxona faqat “Eskicha” ishlamayapti, balki o‘z kelajagiga sarmoya kiritishi asosida davlat tomonidan beriladigan innovatsion imtiyozlar va grantlarni hisoblab chiqishning  soddalashtirilgan mexanizmini ishlab chiqishga erishildi.
To‘qimachilik korxonalarida xalqaro audit standartlarini qo‘llashda ishlab chiqarish bosqichlari segmenti (IBS), moliyaviy segmentlar (MS), bozor segmentlari (BS) va nazorat segmentlari (NS) kesimida riskka asoslangan maxsus integrallashgan xarajatlar audit tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu takliflar O‘zbekiston Auditorlar palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari, “ODIL AUDIT” MChJ AT va “WICE ACCOUNTANS” MChJ AT auditorlik tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2026-yil 23-yanvardagi 14/1-sonli ma’lumotnomasi), (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 2-dekabrdagi 02/06-2808-son ma’lumotnomalari, (“ODIL AUDIT” MChJ AT ning 2025 yil 18 oktyabrdagi 85-son ma’lumotnomasi, “WICE ACCOUNTANS” MChJ AT ning 2025 yil 28 noyabrdagi 24-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik  integrallashgan audit tizimi to‘qimachilik korxonalari uchun shunchaki tekshiruv vositasi emas, balki strategik qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi boshqaruv mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Buning natijasida resurslardan foydalanish samaradorligini o‘rtacha 10-15% ga oshirishga va kutilmagan moliyaviy risklarni 20-25% ga kamaytirishga erishildi.
O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalarining xarajatlari, mahsulot tannarxi va moliyaviy natijalariga ta’sir etuvchi omillar asosida 2030 yilgacha bulgan istiqbolli ko‘rsatkichlari taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi  korxonalar, “BETLIS TEKSTIL” MChJ, “OSIYo GRAND TEKSTIL” MChJlarning faoliyatiga joriy qilingan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 2-dekabrdagi 02/06-2808-son, “BETLIS TEKSTIL” MChJning 2025-yil 1-dekabrdagi 208-son, “OSIYo GRAND TEKSTIL”MChJning 2025-yil 1-dekabrdagi 578-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025–2030 yillar uchun shakllantirilgan prognoz ma’lumotlari asosida xarajatlar o‘sishi yildan-yilga 9,86 foizga ortib borishini va qarz hajmi o‘sishini  40,50 foiz pasaytirishga erishildi. Buning natijasida  to‘qimachilik korxonalari tashqi qarz mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirib, ichki moliyaviy resurslardan kengroq foydalanish imkoniyatiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish