Xidirov Baxrom Dobilovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologik va pedagogik bilimlar kontekstida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10334
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01
Rasmiy opponentlar: Respublika Milliy Pedagogika universiteti pedagogika fanlari doktori, professor Yakubjanova Dilovar Batirovna.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”-Milliy tadqiqot universiteti, t.f.d professor Ergashev Rustam Raximovich,
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — raqamli texnologik hamda pedagogik bilimlar integratsiyasi asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari tabiiy va texnik jarayonlarni tahlil qilish hamda hisoblash jarayonlarini amalga oshirishni “tarmoq–korxona–OTM” integratsiyasi sharoitida muhandislik echimlari asosida diagnostika qilish mexanizmlarini axborotli muhitda o‘rgatish orqali ilmiy jihatdan asoslangan;
muhandislik masalalarini raqamli va pedagogik texnologiyalar integratsiyasi asosida hal etishga yo‘naltirilgan vizual topshiriqlardan Project-Based Learning shakllarida qisqa intervalli monitoring asosida foydalanish orqali bo‘lajak muhandislarni tayyorlashning metodik modeli takomillashtirilgan.
muhandislik ta’limiga oid xalqaro tajribalarni strukturaviy tahlil qilish, ularni mahalliy sharoitga simulyativ moslashtirish hamda integrativ ta’lim, muammoli o‘qitish (PBL) va aralash o‘qitish (Blended Learning) kabi interaktiv metodlarni qo‘llash orqali kasbiy tayyorgarlik metodikasi yanada rivojlantirilgan;
Bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun diagnostik mezonlar va baholash ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish hamda olingan natijalarni tahlil qilish orqali taklif etilgan metodikaning pedagogik samaradorligi matematik-statistik usullar asosida ishonchli dalillar bilan tasdiqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni raqamli texnologik hamda pedagogik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi ishlanmalar amaliyotga joriy etildi:
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda zarur kompetensiyalar — asosiy kasbiy kompetensiyalar (kasbiy-texnologik, loyihaviy, tahliliy-tanqidiy fikrlash, ekologik) hamda umumta’limiy va shaxsiy kompetensiyalar (axborot-kommunikatsion savodxonlik, ijodkorlik va tashabbuskorlik, jamoada ishlash va kommunikativlik) mazmunini aniqlashga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Raqamli texnologik va pedagogik bilimlar kontekstida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy xulosalari, metodik yondashuvlari hamda amaliy tavsiyalaridan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda estetik xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (2022–2025 yillar)” mavzusidagi amaliy loyihasidan samarali foydalanilgan hamda talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qildi;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar, interfaol o‘qitish metodlari, keyslar to‘plami, kasbiy-amaliy yo‘nalishdagi mashqlar hamda ijodiy topshiriqlarni o‘z ichiga olgan “Raqamli texnologik va pedagogik bilimlar kontekstida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy xulosalari, metodik yondashuvlari hamda amaliy tavsiyalaridan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda estetik xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (2022–2025 yillar)” mavzusidagi amaliy loyihasi
metodika va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifatini oshirishga xizmat qildi;
raqamli texnologik va pedagogik bilimlar integratsiyasi sharoitida muhandislik ta’limida kompetensiyalar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan metodik model ishlab chiqildi hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Buxoro davlat texnika universitetida pedagogik tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 5-mart 02/01-14989-01-567-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu metodik model texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirish hamda innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qildi.