Masharipova Intizor Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rezus manfiy homilador ayollarda rezus tizimi genotipi va immunoglobulinlarning tarkibini o‘rganish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1983.
Ilmiy rahbar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Sapura Zoxidovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Anti-D antitanachalarining titri yuqori bo‘lgan rezus-manfiy homilador ayollarning plazmasidan antirezus Rho(D) preparatini ishlab chiqarish uchun izoimmun plazma tayyorlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
donorlar orasida rezus manfiy guruhlari 7-8% ni tashkil qilib, ularining zahirasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lganligi va taqchilligi sababli homilador ayollardan ajratib olingan plazmadan xomashyo sifatida rezusga qarshi zardob ishlab chiqarishda foydalanish asoslangan;
antitanachalar titri yuqori bo‘lgan rezus manfiy xomilador ayollarda plazmaferez usulida davolash muolajalarini o‘tkazish orqali izoimmun plazma tayyorlanib, olingan plazmani qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkazish bilan rezusga qarshi immunoglobulin ishlab chiqarish uchun xomashyo tayyorlash imkoni aniqlangan;
plazmaferez usulida xomilador ayollarning qonidan plazmaning ajratib olinishi bilan rezusga qarshi antitanachalar titrini kamaytirish yoki ko‘payishini oldini olish mumkinligi asoslangan;
rezus manfiy homilador ayollarning eritrotsitlari fenotipi bo‘yicha 75% xolatda transfuziya uchun xavfsiz dccee fenotipi uchrashini, shu bilan birga, taxminan 25% hollarda transfuziya uchun xavfli antigenlar - C, E va hatto Kell mavjudligi, shuningdek rezus tizimidagi ziddiyatni oldini olish uchun fenotiplashni o‘tkazish  - C, c, E, e va Kellni aniqlash zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rezus manfiy homilador ayollarda rezus tizimi genotipi va immunoglobulinlarning tarkibini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: donorlar orasida rezus manfiy guruhlari 7-8% ni tashkil qilib, ularining zahirasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lganligi va taqchilligi sababli homilador ayollardan ajratib olingan plazmadan xomashyo sifatida rezusga qarshi zardob ishlab chiqarishda foydalanish asoslanganligi Xorazm viloyati qon quyish stansiyasining 22.05.2025y. dagi 65-1-sonli buyrug‘i, xamda Navoiy viloyati qon quyish stansiyasining 19.05.2025y. dagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon xizmatidagi juda tanqis bo‘lgan rezus manfiy donorlar va rezus manfiy qon tanqisligini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: rezus-manfiy donorlarni bir marta immunizatsiya qilish uchun sarflanuvchi mablag‘ni xomilador ayollarda bu jarayonni tabiiy yo‘l bilan bo‘lganligi sababli shuncha mablag‘ iqtisod qilinadi. Donorlardan 1 yil davomida ishlab chiqarilgan rezusga qarshi zardobning 70% xom ashyosi rezus-manfiy xomilador ayollardan tayyorlanishini hisob-kitob qilsak,o‘rtacha 80 litr rezusga qarshi zardob ishlab chiqariladi. Xulosa: qon xizmatida keng qo‘llaniladigan, donorlar va bemorlarni rezus omilini aniqlash uchun zarur – reaktiv – rezusga qarshi zardob ishlab chiqarish ko‘payishi, reaktiv muammosi hal bo‘lishi asoslandi.  
ikkinchi  ilmiy yangilik: antitanachalar titri yuqori bo‘lgan rezus manfiy xomilador ayollarda plazmaferez usulida davolash muolajalarini o‘tkazish orqali izoimmun plazma tayyorlanib, olingan plazmani qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkazish bilan rezusga qarshi immunoglobulin ishlab chiqarish uchun xomashyo tayyorlash imkoni aniqlanganligi Xorazm viloyati qon quyish stansiyasining 22.05.2025y. dagi 65-1-sonli buyrug‘i, xamda Navoiy viloyati qon quyish stansiyasining 19.05.2025y. dagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon xizmatidagi juda tanqis bo‘lgan rezus manfiy donorlar va rezus manfiy qon tanqisligini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: rezus-manfiy donorlarni bir marta immunizatsiya qilish uchun sarflanuvchi mablag‘ni xomilador ayollarda bu jarayonni tabiiy yo‘l bilan bo‘lganligi sababli shuncha mablag‘ iqtisod qilinadi. Donorlardan 1 yil davomida ishlab chiqarilgan rezusga qarshi immunoglobulinning 80% xom-ashyosi rezus-manfiy xomilador ayollardan tayyorlanganini hisob-kitob qilsak,o‘rtacha  800 doza rezusga qarshi immunoglobulin ishlab chiqariladi. Xulosa: rezus sensibilizatsiya bo‘lgan xomilador ayollarda tug‘ruqdan keyingi 72 soatda qo‘llaniladigan rezusga qarshi immunoglobulin ishlab chiqarish ko‘payishi va ayolni keyingi xomiladorligi asoratsiz o‘tishi va chaqaloqni sog‘lom tug‘ilishi uchun immunizatsiya qilish imkoniyati oshishi isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: plazmaferez usulida xomilador ayollarning qonidan plazmaning ajratib olinishi bilan rezusga qarshi antitanachalar titrini kamaytirish yoki ko‘payishini oldini olish mumkinligi asoslanganligi Xorazm viloyati qon quyish stansiyasining 22.05.2025y. dagi 65-1-sonli buyrug‘i  xamda Navoiy viloyati qon quyish stansiyasining  19.05.2025y. dagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: antitanachalar titri yuqori bo‘lgan  xomilador ayollarni plazmaferez muolajasi natijasida salomatligi yaxshilanib, xomilani saqlab qolinishiga va tug‘ruqni asoratsiz kechishiga, chaqaloqni sog‘lom tug‘ilishiga zamin yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: rezus-konflikt tufayli xomilaning tushib qolishi, o‘lik tug‘ilishi, asoratlar bilan tug‘ilishi kamayadi, chaqaloqning gemolitik  kasalligi bilan tug‘ilgan bolalarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘ iqtisod qilinadi.Xulosa: rezus manfiy qon guruhli ayollarda xomiladorlikda bo‘ladigan rezus-konflikt xolatlarini oldini olish uchun plazmaferez usuli samara berishi isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: rezus manfiy homilador ayollarning eritrotsitlari fenotipi bo‘yicha 75% xolatda transfuziya uchun xavfsiz dccee fenotipi uchrashini, shu bilan birga, taxminan 25% hollarda transfuziya uchun xavfli antigenlar - C, E va hatto Kell mavjudligi, shuningdek rezus tizimidagi ziddiyatni oldini olish uchun fenotiplashni o‘tkazish  - C, c, E, e va Kellni aniqlash zarurligi asoslanganligi Xorazm viloyati qon quyish stansiyasining 22.05.2025y. dagi 65-1-sonli buyrug‘i, xamda Navoiy viloyati qon quyish stansiyasining  19.05.2025y. dagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 02-dekabrdagi 30/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rezus manfiy donorlarni, shu jumladan ayollarni qon guruhlarini aniqlashda  fenotiplashni o‘tkazish  - C, c, E, e va Kellni aniqlash zarur, shunday tekshiruvlar resipient qonida ham o‘tkazilishi va natijasiga ko‘ra donor-resipient qoni mutanosibligi masalasi hal qilinadi. Iqtisodiy samaradorligi: rezus-konflikt tufayli bemorlarda o‘lim xolati oldi olinadi, transfuzion reaksiyalar va asoratlar oldi olinadi, bunda bemorlarga shoshilinch reanimatsion yordam berish, gemodializ amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq mablag‘lar sarfi iqtisod qilinadi. Xulosa: xomilador ayollarda rezus tizimining fenotipini aniqlash qon komponentlarini quyishda xar xil asoratlarni oldini olishi isbotlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish