Qo‘ziboev Umarbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilmasini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6259
Ilmiy rahbar: Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.12.2025.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodirjon Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilmasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish va iste’mol bozorlarini o‘zaro bog‘lash, logistika xarajatlarini kamaytirish, investisiya jozibadorligini oshirish hamda mehnat resurslari harakatchanligini ta’minlash bo‘yicha transport infratuzilmasi ta’sirini aniqlashga qaratilgan kompleks ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan;
transport infratuzilmasidan foydalanishda hududlar kesimida transport tarmoqlari samaradorligi, yuk va yo‘lovchi oqimlari hajmi, o‘tkazuvchanlik darajasi hamda infratuzilmaning bandlik ko‘rsatkichlarini “yuqori” (0,8-1), “o‘rta” (0,5-0,7) va “quyi” (0,1-0,4) darajalarda baholash usuli va mexanizmi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotida transport tarmoqlari, logistika markazlari, ishlab chiqarish sub’ektlari va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yagona tizim asosida muvofiqlashtirishni nazarda tutadigan transport infratuzilmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishning tashkiliy-integratsion modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilmasini takomillashtirish ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish va iste’mol bozorlarini o‘zaro bog‘lash, logistika xarajatlarini kamaytirish, investisiya jozibadorligini oshirish hamda mehnat resurslari harakatchanligini ta’minlash bo‘yicha transport infratuzilmasi ta’sirini aniqlashga qaratilgan kompleks ilmiy-nazariy yondashuvlar bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1966-son ma’lumotnomasi). Natijada, transport infratuzilmasini mintaqa iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy qismi sifatida baholashga, sarflanadigan logistika xarajatlarining o‘rtacha 2-3 foizga qisqarishiga va transport xizmatlari samaradorligini o‘rtacha 5-7 foizga oshirishga hamda transport siyosatini barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda shakllantirishga ilmiy asos yaratgan; 
transport infratuzilmasidan foydalanishda hududlar kesimida transport tarmoqlari samaradorligi, yuk va yo‘lovchi oqimlari hajmi, o‘tkazuvchanlik darajasi hamda infratuzilmaning bandlik ko‘rsatkichlarini “yuqori” (0,8-1), “o‘rta” (0,5-0,7) va “quyi” (0,1-0,4) darajalarda baholash usuli va mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mintaqalarda transport tizimining rivojlanish darajasini obektiv baholash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish orqali hududlar kesimida muammoli yo‘nalishlarni tezkor aniqlash va resurslarni maqsadli taqsimlash imkonini bergan; 
mintaqa iqtisodiyotida transport tarmoqlari, logistika markazlari, ishlab chiqarish sub’ektlari va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yagona tizim asosida muvofiqlashtirishni nazarda tutadigan transport infratuzilmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishning tashkiliy-integratsion modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida transport tarmoqlari, logistika markazlari va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yagona tizimda boshqarishga va infratuzilma tarmog‘idan kompleks va muvofiqlashtirilgan tarzda foydalanishni ta’minlashga erishilgan; 
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilmasini takomillashtirish ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 27-fevraldagi 10-09/1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish mintaqada transport siyosatini uzoq muddatli istiqbolda rejalashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun xizmat qilib, transport infratuzilmasini takomillashtirish ko‘rsatkichlarini 1,3 barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish