Xudoyorov Laziz Niyozovichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasi”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1086
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodirjon Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayorov Piratdin Otaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish metodologiyasiga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
mintaqada aholining tadbirkorlik tashabbuslarini maqsadli-moliyaviy rag‘batlantirish tizimida mukammallik darajasini baholashning Bias-Variance dekompozisiyasi nisbat indeksining BVR<0,8 murakkab yondoshuv, BVR>1,2 sodda yondoshuv, 0,8≤BVR≤1,2 optimal yondoshuv  mezonlariga asoslanib kichik biznes subektlarini yangi tashkil etishda resurs taqsimoti samaradorligini oshirish usuli taklif etilgan;
hududlararo ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sharoitida ijtimoiy, iqtisodiy, institutsional va infratuzilmaviy omillar sinergetik ta’sirida shakllangan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati rivojlanganlik reyting indeksining RI<42,4 past, 42,4≤RI<76,6 o‘rtacha, RI≥76,6 yuqori darajalariga nisbatan tarmoqlararo tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini optimallashtirish Y(〖X,β〗_1≤RI≤β_2)→max  modeli taklif etilgan;
mintaqada kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining bandlik salohiyati, resurs intensivligi, kooperativ hamkorlik faoliyati ko‘rsatkichlarini integrallashtirgan potensial rivojlanish indeksi (PRI)ning (0,15; 0,74) sobit chegaralangan intervalidan olingan LV (Lagged variable) komponentiga bog‘liq Δ〖RD〗_t=0,034+0,385∙Δ〖RD〗_(t-1)+0,240∙〖PRI〗_(t-1) modeli asosida kichik biznes subektlarining raqobatbardoshlilik darajasini oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarini samarasiz va yuqori salohiyatli faoliyati bo‘yicha aniq segmentatsiyalash mexanizmini RF (Random Forest) algoritmiga asoslangan a_N (x)=1/N ∑_(n=1)^N▒〖b_n (x)  〗modeli negizida takomillashtirish yordamida mintaqaviy biznes loyihalariga investisiya yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish usuli taklif etilgan; 
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlarining MEM va ARIMA modellari asosida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada aholining tadbirkorlik tashabbuslarini maqsadli-moliyaviy rag‘batlantirish tizimida mukammallik darajasini baholashning Bias-Variance dekompozisiyasi nisbat indeksining BVR<0,8 murakkab yondoshuv, BVR>1,2 sodda yondoshuv, 0,8≤BVR≤1,2 optimal yondoshuv  mezonlariga asoslanib kichik biznes subektlarini yangi tashkil etishda resurs taqsimoti samaradorligini oshirish usuli Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-fevraldagi 07-07/2140-son ma’lumotnomasi). Berilgan taklif asosida mintaqada aholining tadbirkorlik tashabbuslarini maqsadli-moliyaviy rag‘batlantirish tizimida mukammallik darajasini baholashning Bias-Variance dekompozisiyasi nisbat indeksining 0,8≤BVR≤1,2 optimal yondoshuv mezonlariga asoslanib kichik biznes subektlarini yangi tashkil etishda resurs taqsimoti samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hududlararo ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sharoitida ijtimoiy, iqtisodiy, institutsional va infratuzilmaviy omillar sinergetik ta’sirida shakllangan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati rivojlanganlik reyting indeksining RI<42,4 past, 42,4≤RI<76,6 o‘rtacha, RI≥76,6 yuqori darajalariga nisbatan tarmoqlararo tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini optimallashtirish Y(〖X,β〗_1≤RI≤β_2)→max modeli Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-fevraldagi 07-07/2140-son ma’lumotnomasi). Berilgan taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida hududlararo ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish darajasini baholashda ijtimoiy, iqtisodiy, institutsional hamda infratuzilmaviy omillarning o‘zaro sinergetik ta’siriga asoslangan kompleks hududiy reyting yondashuvidan foydalanib resurslarni tarmoqlar kesimida samarali taqsimlash va tarkibiy o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga imkon bergan;
mintaqada kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining bandlik salohiyati, resurs intensivligi, kooperativ hamkorlik faoliyati ko‘rsatkichlarini integrallashtirgan potensial rivojlanish indeksi (PRI)ning (0,15; 0,74) sobit chegaralangan intervalidan olingan LV (Lagged variable) komponentiga bog‘liq Δ〖RD〗_t=0,034+0,385∙Δ〖RD〗_(t-1)+0,240∙〖PRI〗_(t-1) modeli asosida kichik biznes subektlarining raqobatbardoshlilik darajasini oshirish mexanizmi Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-fevraldagi 07-07/2140-son ma’lumotnomasi). Berilgan taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining bandlik salohiyati, resurs intensivligi hamda kooperativ hamkorlik faoliyati ko‘rsatkichlarini integrallashtirgan PRIdan foydalanish orqali kichik biznes subektlarining raqobatbardoshlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
kichik biznes subektlarini samarasiz va yuqori salohiyatli faoliyati bo‘yicha aniq segmentatsiyalash mexanizmini RF (Random Forest) algoritmiga asoslangan a_N (x)=1/N ∑_(n=1)^N▒〖b_n (x)  〗modeli negizida takomillashtirish yordamida mintaqaviy biznes loyihalariga investisiya yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish usuli Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-fevraldagi 07-07/2140-son ma’lumotnomasi). Berilgan taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya resurslarini yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish, moliyaviy xavflarni kamaytirish va mintaqaviy biznes loyihalarining natijadorligini oshirish imkoniyatini bergan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlarining MEM va ARIMA modellari asosida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 19-fevraldagi 07-07/2140-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz natijalaridan mintaqada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning istiqbolli ko‘rsatkichlarini baholashda va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish