Mirzanova Nozima Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida integratsiyalashgan logistika tizimini takomillashtirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt1771
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Shermuhammedov Abbos Toirovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida integratsiyalashgan logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “integratsiyalashgan logistika tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyot miqyosida moddiy, moliyaviy, axborot va xizmat oqimlarini yagona boshqaruv mexanizmi doirasida optimallashtirishga qaratilgan logistika funksiyalarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti tizimida integratsiyalashgan logistika xizmatlari iqtisodiy samaradorligini baholashning integral samaradorlik indeksi modelini qo‘llashda “yuqori” (0,75-1,00), “o‘rta” (0,50-0,75), “qoniqarli” (0,30-0,50), “qoniqarsiz” (0-0,30) baholash mezonlaridan ta’minot, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish kabi logistika funksiyalarini bajaruvchi integratsiyalashgan logistika tashkilotlarida foydalanish taklifi asoslangan;
zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida integratsiyalashgan temir yo‘l logistikasi tizimlarida optimal tashish jarayonlarini bajarishning VRPCD asosidagi konseptual modeli va algoritmining dasturiy amalga oshirilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida yuk tashish jarayonlari aniqligi va xavfsizlik darajasini oshirish hamda transport operatsiyalarini rejalashtirishga ketadigan vaqt, ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston temir yo‘llari va logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ma’lumotlari asosida VRPCD asosidagi integratsiyalashgan logistika dasturiy vositasini qo‘llash sharoitida temir yo‘l tizimlari xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarning ko‘p o‘zgaruvchili ekonometrik modeli asosida temir yo‘l logistikasi sohasining iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida integratsiyalashgan logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “integratsiyalashgan logistika tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyot miqyosida moddiy, moliyaviy, axborot va xizmat oqimlarini yagona boshqaruv mexanizmi doirasida optimallashtirishga qaratilgan logistika funksiyalarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirishga doir ilmiy taklifi Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Blokcheyn texnologiyasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 23-sentyabrdagi 369-son buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida logistika jarayonlarini boshqarishda tizimli yondashuv, transport, ta’minot, omborxona va axborot almashinuvi jarayonlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasi, resurslardan foydalanish samaradorligi hamda logistika operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti tizimida integratsiyalashgan logistika xizmatlari iqtisodiy samaradorligini baholashning integral samaradorlik indeksi modelini qo‘llashda “yuqori” (0,75-1,00), “o‘rta” (0,50-0,75), “qoniqarli” (0,30-0,50), “qoniqarsiz” (0-0,30) baholash mezonlaridan ta’minot, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish kabi logistika funksiyalarini bajaruvchi integratsiyalashgan logistika tashkilotlarida foydalanish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etildi (2025-yil 4-noyabrdagi 07/4370-25-sonli ma’lumotnoma). Mazkur modelni amaliyotga joriy etish natijasida logistika xizmatlari samaradorligini baholash aniqligi o‘rtacha 19–23 foizga, logistika jarayonlarini boshqarishning tizimlilik darajasi 16–18 foizga, transport-logistika operatsiyalarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish samaradorligi esa 14–17 foizga oshirilgan;
zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida integratsiyalashgan temir yo‘l logistikasi tizimlarida optimal tashish jarayonlarini bajarishning VRPCD asosidagi konseptual modeli va algoritmining dasturiy amalga oshirilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida yuk tashish jarayonlari aniqligi va xavfsizlik darajasini oshirish hamda transport operatsiyalarini rejalashtirishga ketadigan vaqt, ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish taklifi O‘zbekiston temir yo‘llari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston temir yo‘llarining 2025-yil 4-noyabrdagi 07/4370-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston temir yo‘llari korxonasida yuk tashish jarayonlarining aniqligi va xavfsizlik darajasi 9 foizga oshgan, transport operatsiyalarini rejalashtirishga sarflanadigan vaqt hamda ekspluatatsiya xarajatlari 7–12 foizga qisqartirilgan;
O‘zbekiston temir yo‘llari va va logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ma’lumotlari asosida 2030-yilga qadar VRPCD asosidagi integratsiyalashgan logistika dasturiy vositasini qo‘llashda temir yo‘l tizimlari xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarning ko‘p o‘zgaruvchili ekonometrik modeli asosida temir yo‘l logistikasi sohasining iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 4-noyabrdagi 07/4370-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuvni amaliyotga tatbiq etish natijasida logistika xarajatlarini rejalashtirish aniqligi 15–18 foizga oshishi, transport-logistika operatsiyalarini boshqarish samaradorligi 12–16 foizga yaxshilanishi, investision faollik darajasi ortishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifati takomillashishi hamda raqamli logistika infratuzilmasini strategik rivojlantirish imkoniyatlarining izchil oshishiga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish