Nazarov Jalolitdin Sulton Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dori vositalariga multi va keng rezistent birlamchi hamda ikkilamchi silning qiyosiy immunobiologik tavsifi”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1298.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tib.26.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dori vositalariga multi va keng rezistent birlamchi hamda ikkilamchi silning qiyosiy immunobiologik tavsifini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pka sili bilan kasallangan bemorlar qon zardobida (IgA, IgM, IgG, IgE) immunoglobulinlar miqdori kasallik shaklidan (birlamchi yoki ikkilamchi sil) qat’i nazar sog‘lom shaxslarga nisbatan ishonchli darajada yuqoriligi aniqlangan;
birlamchi o‘pka sili bilan kasallangan bemorlar immun tizimida yallig‘lanish jarayonining keskin namoyon bo‘lishi sababli IL-1β, IL-6, TNF-α sitokinlari miqdorlari sog‘lom shaxslarga nisbatan keskin ortishi fonida IL-4 va IL-10 sitokinlari miqdori me’er darajada qolishi isbotlangan;
birlamchi sil bilan ikilamchi sil bilan kasallangan bemorlar kiyoslanganda birlamchi silda sitokinlar (IL-1β, IL-6, TNF-α) miqdorining keskin ortishi kuzatilsa, ikkilamchi silda esa IL-6 miqdorining keskin ortishishi fonida IL-1β, TNF-α, IL-4 sitokinlari miqdorining ishonarli kamayishi aniqlangan;
ilk bor bemorlar qon zardobi immunoglobulinlari (IgA, IgM, IgG, IgE) va sitokinlari (IL-1β, IL-6, TNF-α) miqdorlarining qiyosiy tahlillash asosida (IgE/IL-6, IgA/IL-6, IgE/IL-1β, IgE/TNFα, IgA/IL-1β, IgM/IL-6, IgA/TNFα) birlamchi va ikkilamchi o‘pka sil kasalligini differensiatsiya qilish uchun kuchli korrelyasion aloqalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Dori vositalariga multi va keng rezistent birlamchi hamda ikkilamchi silning qiyosiy immunobiologik tavsifini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘pka sili bilan kasallangan bemorlar qon zardobida (IgA, IgM, IgG, IgE) immunoglobulinlar miqdori kasallik shaklidan (birlamchi yoki ikkilamchi sil) qat’i nazar sog‘lom shaxslarga nisbatan ishonchli darajada yuqoriligi aniqlanganligi bo‘yicha «Sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 22 maydagi 24-m/076-sonli xulosasi bilan tasdiqlagan). Mazkur taklif Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 26.04.2024 yildagi 39-sonli xamda Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 07.05.2024 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/19-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi birlamchi va ikkilamchi o‘pka silini tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, statsionar davolanish muddatini qisqartirish, asoratlar xolatini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Navoiy viloyatlari ftiziatriya va pul`monologiya markazlari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usulini qo‘llash turli darajadagi dori chidamliligiga ega birlamchi va ikkilamchi sil kasalligi bilan kasallangan xar bir bemorlarni immunotashxislash uchun sarflangan mablag‘ni 600000 so‘mgacha tejashga imkon yaratadi; xulosa: o‘pka sili bilan kasallangan bemorlar qon zardobida immunoglobulinlar miqdori kasallikning birlamchi yoki ikkilamchi sil shaklidan qat’i nazar sog‘lom shaxslarga nisbatan ishonchli darajada yuqoriligi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlamchi o‘pka sili bilan kasallangan bemorlar immun tizimida yallig‘lanish jarayonining keskin namoyon bo‘lishi sababli IL-1β, IL-6, TNF-α sitokinlari miqdorlari sog‘lom shaxslarga nisbatan keskin ortishi fonida IL-4 va IL-10 sitokinlari miqdori me’er darajada qolishi isbotlanganligi bo‘yicha «Sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 22 maydagi 24-m/076-sonli xulosasi bilan tasdiqlagan). Mazkur taklif Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 26.04.2024 yildagi 39-sonli xamda Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 07.05.2024 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/19-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi birlamchi va ikkilamchi o‘pka silini tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, statsionar davolanish muddatini qisqartirish, asoratlar xolatini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Navoiy viloyatlari ftiziatriya va pul`monologiya markazlari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usulini qo‘llash turli darajadagi dori chidamliligiga ega birlamchi va ikkilamchi sil kasalligi bilan kasallangan xar bir bemorlarni immunotashxislash uchun sarflangan mablag‘ni 600000 so‘mgacha tejashga imkon yaratadi; xulosa: birlamchi o‘pka sili bilan kasallangan bemorlar immun tizimida yallig‘lanish jarayonining keskin namoyon bo‘lishi sababli IL-1β, IL-6, TNF-α sitokinlari miqdorlari sog‘lom shaxslarga nisbatan keskin ortishi fonida IL-4 va IL-10 sitokinlari miqdori me’er darajada qolishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlamchi sil bilan ikilamchi sil bilan kasallangan bemorlar kiyoslanganda birlamchi silda sitokinlar (IL-1β, IL-6, TNF-α) miqdorining keskin ortishi kuzatilsa, ikkilamchi silda esa IL-6 miqdorining keskin ortishishi fonida IL-1β, TNF-α, IL-4 sitokinlari miqdorining ishonarli kamayishi aniqlanganligi bo‘yicha «Sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 22 maydagi 24-m/076-sonli xulosasi bilan tasdiqlagan). Mazkur taklif Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 26.04.2024 yildagi 39-sonli xamda Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 07.05.2024 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/19-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi birlamchi va ikkilamchi o‘pka silini tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, statsionar davolanish muddatini qisqartirish, asoratlar xolatini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Navoiy viloyatlari ftiziatriya va pul`monologiya markazlari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usulini qo‘llash turli darajadagi dori chidamliligiga ega birlamchi va ikkilamchi sil kasalligi bilan kasallangan xar bir bemorlarni immunotashxislash uchun sarflangan mablag‘ni 600000 so‘mgacha tejashga imkon yaratadi; xulosa: birlamchi silda sitokinlar (IL-1β, IL-6, TNF-α) miqdorining keskin ortishi kuzatilsa, ikkilamchi silda esa IL-6 miqdorining keskin ortishishi fonida IL-1β, TNF-α, IL-4 sitokinlari miqdorining ishonarli kamayishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bemorlar qon zardobi immunoglobulinlari (IgA, IgM, IgG, IgE) va sitokinlari (IL-1β, IL-6, TNF-α) miqdorlarining qiyosiy tahlillash asosida (IgE/IL-6, IgA/IL-6, IgE/IL-1β, IgE/TNFα, IgA/IL-1β, IgM/IL-6, IgA/TNFα) birlamchi va ikkilamchi o‘pka sil kasalligini differensiatsiya qilish uchun kuchli korrelyasion aloqalar aniqlanganligi bo‘yicha «Sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 22 maydagi 24-m/076-sonli xulosasi bilan tasdiqlagan). Mazkur taklif Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 26.04.2024 yildagi 39-sonli xamda Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 07.05.2024 yildagi 43-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/19-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi birlamchi va ikkilamchi o‘pka silini tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, statsionar davolanish muddatini qisqartirish, asoratlar xolatini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Navoiy viloyatlari ftiziatriya va pul`monologiya markazlari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida sil kasalligini kompleks laboratoriya tashxislashning yangi usulini qo‘llash turli darajadagi dori chidamliligiga ega birlamchi va ikkilamchi sil kasalligi bilan kasallangan xar bir bemorlarni immunotashxislash uchun sarflangan mablag‘ni 600000 so‘mgacha tejashga imkon yaratadi; xulosa: bemorlar qon zardobi immunoglobulinlari va sitokinlari miqdorlarining qiyosiy tahlillash asosida birlamchi va ikkilamchi o‘pka sil kasalligini differensiatsiya qilish uchun kuchli korrelyasion aloqalar asoslangan.