Rizaev Abdulla Aminjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karerlarda portlatish ishlarini olib borishda quduqlarning tiqin qismida ko‘pik- gel hosil qiluvchi tarkiblarni qo‘llashni texnologik asoslash», 04.00.17 - Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6328.
Ilmiy rahbar: Nutfulloev G‘afur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq filiali huzuridagi DSc.31/2025.27.12.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Vinnikov Vladimir Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: portlashning gazodinamik ta’sirini boshqarishni, kon massivini maydalash samaradorligini oshirishni, PM solishtirma sarfini kamaytirishni va atrof-muhitga chang-gaz ta’sirini kamaytirishni ta’minlaydigan PM skvajinali zaryadi konstruksiyasining o‘zgaruvchan agregat holatidagi ko‘pik-gel tiqinini ilmiy asoslash, ishlab chiqish va tajriba-sanoat sinovidan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan agregat holatdagi ko‘pik-gel tiqinini passiv yopuvchi element sifatida emas, balki rostlanadigan gazodinamik qarshilikni shakllantiruvchi va detonatsiya energiyasining maqsadli qayta taqsimlanishini ta’minlovchi "quduq zaryadi - kon massivi" tizimining faol boshqariladigan komponenti sifatida ko‘rib chiqish kerakligi isbotlangan;
quduq og‘zida boshqariladigan gazodinamik qarshilikni shakllantirishdan iborat o‘zgaruvchan agregat holatdagi ko‘pik-gel tiqinining gazodinamik detonatsiya mahsulotlari bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi aniqlangan;
ko‘pikning fizik-kimyoviy va reologik xususiyatlari (zichligi, g‘ovakligi, struktura hosil bo‘lish vaqti va qotish darajasi) portlatilgan kon massasining granulometrik tarkibi parametrlariga ta’sir qilish qonuniyatlari aniqlangan, bu esa tiqin konstruksiyasi va tarkibini optimallashtirish orqali maydalash jarayonini maqsadli boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
quduq tiqini materiali xususiyatlarining barqarorligini, portlatish natijalarining takrorlanuvchanligini oshirishni va texnologiyani karerlarning turli kon-geologik sharoitlariga moslashtirishni ta’minlaydigan ko‘pik-gel tayyorlashning mobil qurilmasidan foydalanishga asoslangan quduqlar tiqinini shakllantirishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. PM quduq zaryadi konstruksiyasida o‘zgaruvchan agregat holatidagi ko‘pik-gel tiqinini qo‘llashni nazariy va tajribaviy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agregat holati o‘zgaruvchan ko‘pik-gel tiqinidan foydalanib BPI ni olib borishning ishlab chiqilgan texnologik sxemasi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning "Qalmoqir" karerida amaliyotga joriy etilgan ("Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning 30.12.2025-yildagi 12-25/61-03092-son ma’lumotnomasi). Natijada, PM solishtirma sarfini 9-10% ga kamaytirish, maydalash sifatini 10% ga yaxshilash, chang konsentratsiyasini 4,0 marta CO konsentratsiyasini 3,4 marta kamaytirish va tiqinning otilib chiqish vaqtini 15,4% ga kamaytirish imkonini bergan;
kon-geologik sharoitlar va burg‘ilash parametrlariga qarab ko‘pik-gel tiqinining konstruksiyasi, tarkibi va balandligini tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning "Qalmoqir" karerida joriy etilgan ("Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning 30.12.2025-yildagi 12-25/61-03092-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlar og‘zida yopuvchi ta’sirning barqarorligi ta’minlangan, kon-geologik sharoitlar va quduqlar chuqurligi o‘zgarganda portlatish natijalari yaxshilangan, ikkilamchi maydalash hajmi qisqargan va chang-gaz chiqindilari konsentratsiyasi kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish