Kenjaev Qudduz Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konlarni ishlatishning oxirgi bosqichlarida quduqlardagi korroziyalar va tuz yotqiziqlarini oldini olish samaradorligini oshirish», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3865.
Ilmiy rahbar: Tursunov Maqsad Abdijalilovich, texnika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.36/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nazirila Nasimxanovich. texnika fanlari doktori, professor; Asadova Xulkar Boymanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqishning oxirgi bosqichida boʻlgan konlar uchun tuz yotqiziqlari va korroziyadan himoya qiluvchi ingibitorlarni yaratish hamda ularni qoʻllash texnologiyalarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konlarni ishlatishning oxirgi bosqichlarida quduq mahsulotlarining yuqori darajada suvlanganligi hamda qatlam suvlarining mineralizatsiyasi ortishi sharoitida neft quvurlari, va kon jixozlarini tuz yotqiziqlari va korroziyadan himoya qilishda qo‘llanilayotgan ingibitorlarning himoya samaradorligi kamayib borishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
neft quvurlari va kon jixozlariga o‘rnatilgan nazorat namunalarida korroziyaning turi, shakli hamda boshqa diagnostik koʻrsatkichlar asosida uning paydo boʻlish sabablari asoslangan;
tuz yotqiziqlari intensiv hosil bo‘ladigan, qatlam suvlarining mineralizatsiyasi ortib borishi bilan tavsiflanadigan konlarning turli geologik-fizik va texnologik sharoitlarida hamda ishlatishning oxirgi bosqichlarida xam, yuqori samara beradigan, tuz yotqiziqlariga qarshi GRDC-0621 markali ingibitor ishlab chiqilgan;
qatlam suvlari mineralizatsiyasi yuqori, agressiv komponentlarga boy muhit va korroziyaviy faol konlarning geologik-fizik va texnologik sharoitlari mos quduq jixozlari neft quvurlari, qatlam bosimini ushlab turish tizimlarini korroziyadan himoya qiluvchi yuqori samarali GRDC-0421 markali korroziya ingibitori ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konlarni ishlatishning oxirgi bosqichlarida quduqlarning korroziyalanishi va tuz yotqiziqlarining oldini olish, samaradorligini oshirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida;
ishlab chiqilgan tuz yotqiziqlari ingibitori GRDC-0621 Chegara va Kruk konlarida joriy etilgan (“Sanoat Energetika Guruhi” MChJning 2025 yil 18 noyabrdagi 047-0750-2463-2025-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, quduqlarni 93.9-95% ximoya samaradorligiga erishish imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan korriya ingibitori GRDC-0421 Shimoliy O‘rtabuloq va Kruk konlarida joriy etilgan (“Sanoat Energetika Guruhi” MChJning 2025 yil 18 noyabrdagi 047-0750-2463-2025-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, 90% ximoya samaradorligiga hamda ,bir quduqdan yiliga iqtisodiy foyda olish imkoniyatini bergan.