To‘ramatov Rustam G‘opurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy muddat uchun qovoq navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasini ayrim elementlarini takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1392
Ilmiy rahbar: Shokirov Alisher Djurabavich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.05.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Rafiqjon Abdunabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, Yunusov Salohiddin Adxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takroriy ekinda etishtirish uchun qovoq nav namunalarini tanlash, maqbul ekish muddati va sxemasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor, takroriy ekinda qovoqning (3 ta ertapishar, 13 ta o‘rtapishar va 4 ta kechpishar) nav namunalarini ko‘chatidan ekib etishtirilib, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholangan; takroriy ekinda etishtirish uchun qovoq mahalliy (st) Palov kadu 268 (116 kun) naviga nisbatan 15-18 kun ertapishar:- “Original” (101 kun), № 17731 (101 kun) va “Red Gowed” (98 kun) namunalari ajratilgan;
standart Palov kadu 268 navi (32,5 t/ga) hosildorligiga nisbatan: - 25,2 - 31,4% gacha yuqori hosildor: - “Original” (40,7 t/ga), № 17731 (40,9 t/ga), “Red Gowed” (42,7 t/ga) namunalari tanlangan;
qovoqni 20 kunlik ko‘chatlarini 1-iyunda ekilgan variantda tovarbop hosildorlik Shirintoy navida (34,1 t/ga) o‘rtacha ko‘rsatkichga (24,4 t/ga) nisbatan 39,7% ga; Palov kadu 268 navida (38,2 t/ga) o‘rtacha (28,9 t/ga) ko‘rsatkichga nisbatan 32,2% ga, rentabellik ko‘rsatkichlari: Shirintoy navida – 78,3% ga; Palov kadu 268 navida - 55,0% gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
qovoqni 20 kunlik ko‘chatlarini (280+70)/2×50 sm sxemada ekilganda tovarbop hosil barcha variantlarga nisbatan: Shirintoy navida - 12,0-21,0% ga, Palov kadu 268 navida 13,0-19,5% ga, rentabellik ko‘rsatkichlari: - Shirintoy navida - 24,4-59,3% ga, Palov kadu 268 navida - 24,3-39,7% ga yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takroriy muddat uchun qovoq navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasini ayrim elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
takroriy ekinda qovoq (Cucurbita L.) ekinini ko‘chatidan ekib etishtirish uchun ustiqbolli navlari tanlangan, maqbul ekish muddatlari va sxemalari ishlab chiqilgan va ushbu ishlanmalar ishlab chiqarishga joriy qilingan: 2023-yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumandagi “Tusmatovlar bog‘i” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Yulduz” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar va “Qo‘shtepa Qoraqum” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Duraxshon Azim Daryo” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar, “Husanjon-Shoxista hamkor” fermer xo‘jaligida 2,8 gektar, Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “G‘ulomnazar Tabarruk Agro” fermer xo‘jaligida 3,3 gektar, 2024-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Oqdaryo Agro Ishonch Invest” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Toshev Anvar 777” fermer xo‘jaligida 1,8 gektar va “Ravshan bobo” fermer xo‘jaligida 1,2 gektar, jami 26,3 gektar maydonlarda ishlab chiqarishda amaliyotga joriy qilingan. Jumladan: takroriy ekinda qovoq ekini (Cucurbita L.) navlarini ishlab chiqarishda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-03-493-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan yangi Red Gowed, Original, №1773 va Ulibka navlaridan mahalliy (st) Palov kadu 268 naviga nisbatan 20,0-45,0% gacha yuqori hosil olishga erishilgan;
takroriy ekinda qovoqdan yuqori hosil olishda qulay ekish sxemasi aniqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-03-493-son ma’lumotnomasi). Natijada, qovoqning Palov kadu 268 navini (280+70)/2×50 sm sxemada - 34,9 t/ga, (nazorat) (280+70)/2×70 sm sxemada – 28,5 t/ga va Shirintoy navida (280+70)/2×50 sm sxemada – 32,5 t/ga, (nazorat) (280+70)/2×70 sm sxemada - 29,7 t/ga hosil olingan. Joriy qilingan (280+70)/2×50 sm sxemasida nazoratga nisbatan Palov kadu navida – 22,4%, Shirintoy navidan – 9,4% yuqori hosil olishga erishilgan;
takroriy ekinda qovoq ko‘chatlarini maqbul ekish muddatlari aniqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-03-493-son ma’lumotnomasi). Natijada, Palov kadu navini 1-iyun ekish muddatida 37,8 t/ga, 10-iyunda – 31,3 t/ga, Shirintoy navida 1-iyunda - 32,3 t/ga, 10-iyunda – 26,7 t/ga tovar hosil olingan. Joriy etilgan muddatda barcha variantlarga nisbatan mos ravishda: – 20,7- 20,9% ga yuqori hosil olishga erishilgan.