Umurzakova Nargiza Maksetbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston iqlim tuproq sharoitida sedana (Nigella sativa L.) etishtirish agrotexnologiyasini ilmiy asoslash”, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1755
Ilmiy rahbar: Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovichvich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash IIChM, PhD.32/2025.27.12.V/Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Xomidov Jasurbek Jamoldinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston tuproq iqlim sharoitida sedana (Nigella sativa L.)ni bioekologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida etishtirishning (ekish me’yori, muddatlari, sxemasi, sug‘orish me’yori) ilimiy asoslangan uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nigella sativa ning urug‘ unuvchanligi uchun eng maqbul harorat +150S ekanligi kuzatilib, unuvchanlik ko‘rsatkichi 97.8% ni tashkil etishi aniqlangan;
Nigella sativa ning ontogenez bosqichlari – latent, maysa, yuvenil, immatur, generativ davrdan iborat bo‘lib, umumiy vegetatsiya davri davomiyligi 115-124 kunni tashkil etishi aniqlangan.
Nigella sativa ni maqbul ekish muddati Nukus tumani sharoitida aprel oyining oxirgi dekadasi ekanligi tajribalar asosida ilmiy asoslanganib, qator oralig‘i N. sativa ning o‘sishi, shoxlanishi va urug‘ hosildorligiga muhim ta’sir ko‘rsatishi, qator oralig‘i 45 sm bo‘lgan variantda eng yuqori hosildorlikka (1,2 t/ga) erishilishi, 30 sm oraliqda o‘sish va hosildorlik pasayishi (0,95 t/ga). 60 sm oraliqda individual o‘sish yaxshi bo‘lsa-da, umumiy hosildorlik 1,05 t/ga ni tashkil etishi aniqlangan;
N. sativani tuplar orasi 15 sm oraliqda ekilganda o‘simliklar yaxshi rivojlanib, eng yuqori urug‘ hosildorlikka (1,18 t/ga) erishilishi, tuplar orasi 10 sm masofada o‘sish va hosildorlik pasayishi (0,90 t/ga), tuplar orasi 20 sm masofada individual o‘sish yuqori bo‘lsa-da, maydondagi umumiy tup soni kamaygani sababli hosildorlik 1,00 t/ga ni tashkil etishi aniqlanib, Nukus tumani sharoitida N. sativa ekin turi uchun eng samarali ekish me’yori 10 kg/ga deb aniqlangan va eng yuqori urug‘ hosildorligiga (828 kg/ga) erishilishi isbotlangan;
N. sativa ni sug‘orish rejimida tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60–70% darajada saqlangan shartlarda eng yuqori biometrik ko‘rsatkichlar va hosildorlikka erishishi imkoniyati mavjudligi aniqlanganib, bu me’yorda o‘simliklar nafaqat to‘liq fiziologik rivojlanish bosqichlaridan o‘tishi, balki etarli biomassa to‘plab, maksimal hosil shakllantirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston tuproq iqlim sharoitida sedana (Nigella sativa L.) etishtirish agrotexnologiyasini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston tuproq iqlim sharoitida sedana (Nigella sativa L.) etishtirish agrotexnologiyasi ishlanmasini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi davlat unitar muassasasining Samanbay tajriba maydonida hududining 0,1 gektar maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 23 oktyabrdagi № 02-01/18-2-3702-son ma’lumotnomasi). Natijada Nigella sativa turi yangi sharoitga moslashuvchanligini namoyon qilib, introduksiya sharoitida yuqori sifatli urug‘lar etishtirish imkonini bergan. Olingan urug‘lar Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida tashkil qilingan “O‘simliklar genbanki”ga topshiridi. Ushbu urug‘lar yordamida katta plantatsiyalarda etishtirish va resurslar bazasini yaratish imkoniyati yaratilgan. Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qora sedana (Nigella sativa L.) dorivor o‘simligini ko‘paytirish va etishtirish agrotexnologiyasi” nomli tavsiyanoma Resublikamizning dorivor o‘simliklarni o‘stirish, ko‘paytirish va ularni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘rmonchilik, fermer xo‘jaliklari erlarida N. sativa ning plantatsiyalarini yaratish va sifatli urug‘ xomashyosini olish imkonini bergan.
Qoraqalpog‘iston tuproq iqlim sharoitida sedana (Nigella sativa L.) etishtirish agrotexnologiyasi ishlanmasini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Orol bo‘yi xalqaro innovatsiya markazi davlat unitar muassasasining Samanbay tajriba maydonida hududining 0,1 gektar va “AGRO INPEX KEGEYLI” fermer xo‘jaligida 1.90 gektar maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 7 oktyabrdagi № 03-06/03-06-3839-son ma’lumotnomasi). Natijada Nigella sativa turi yangi sharoitga moslashuvchanligini namoyon qilib, introduksiya sharoitida yuqori sifatli urug‘lar etishtirish imkonini bergan. Olingan urug‘lar asosida tur uchun maxsus urug‘ banki tashkil etilgan. Ushbu urug‘lar yordamida katta plantatsiyalarda etishtirish va resurslar bazasini yaratish imkoniyati yaratilgan.