G‘anieva Dilnoza Muqumjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olma navlarini zamonaviy texnologiyalar asosida etishtirish va saqlash jarayonlarini takomillashtirish”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik, 06.01.11 - Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1737
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.M. Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor, Boboeva Xilola Abduraximovna. qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olmaning mevalarida turli xildagi qog‘oz qopchalarning biologik, texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini hamda mevalarni saqlanuvchanligini tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyati sharoitida olma mevalariga turli qog‘oz qopchalarni o‘rash ta’sirida pishish muddatlarini nazoratga nisbatan Musu navida 8-40 kun, Starkrimson navida 6-9 kun, King Devid navida 2-6 kun va Vilyams Prayd navida 2-7 kungacha cho‘zilishi hamda mevalarning shakli o‘zgarishi aniqlangan;
qog‘oz qopchalar o‘rash ta’sirida Vilyams Prayd va King Devid navlarida antotsianlar miqdori eng yuqori bo‘lganligi, meva po‘stlog‘i quyoshdan zararlanmaganligi, shuningdek sariq qog‘oz qopchalar o‘rash ta’sirida bir tupdagi hosil bo‘yicha nazoratga nisbatan Pink ledi navida 7 kg, Gala navida 25 kg, Starkrimson navida 15 kg, Red Chif navida 13 kg gacha yuqori hosil olinganligi isbotlangan;
olma mevalariga sariq va qora qog‘oz qopchalarni o‘rash orqali olma qurti va gunafsharang qalqondor (0-0,1 ball) zararkunandalari hamda kalmaraz va un shudring kasalliklar bilan (0,1-0,2 ball) deyarli zararlanmay, biokimyoviy tarkibini o‘zgaruvchanligi bo‘yicha qog‘oz qopchalar ta’sirida mevalarning umumiy kislotalik 0,8%gacha oshganligi hamda umumiy qand miqdori 2% gacha kamayganligi aniqlangan;
qog‘oz qopchalar bilan o‘ralgan olma mevalarini saqlash davomiyligi nazoratga nisbatan 15 kundan (tabiiy omborxona) 25 kungacha (sovutish kamerasi) ko‘proq saqlanib, tabiiy kamayishi nazoratga nisbatan 4,6% (tabiiy omborxona) va 4,5% (sovutish kamerasi) pasayishi isbotlangan;
oq qog‘oz qopchada olma mevalari po‘sti qattiqligi 30 kun saqlangandan so‘ng, 8,3-9,5 kg/sm², 60 kun saqlanganda – 7,6-9,1 kg/sm², 90 kun saqlanganda esa, 6,9-8,5 kg/sm² bo‘lib, meva eti bo‘yicha ham mos ravishda 7,2-8,5; 6,5-8,0 va 5,8-7,4 kg/sm² tashkil qilgan;
olma mevalarining organoleptik ko‘rsatkichlari qog‘oz qopchalar bilan o‘ralganda o‘rtacha 0,2-0,8 ballga pastroq bo‘lganligi bilan nazorat varianti yuqori bo‘lganligi, shuningdek 30 kun, 60 va 90 kun saqlanganda, mevalarning organoleptik ko‘rsatkichlari oq qog‘oz qopchalarda yuqoriroq bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olma navlarini zamonaviy texnologiyalar asosida etishtirish va saqlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Asaka xonlar bog‘i” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar,“Kujgan oltin dalasi” fermer xo‘jaligining 12,0 gektar maydonida etishtirilgan olmaning Pink ledi, Gala, Starkrimson, Vilyams Prayd, King Devid, Musu va Red Chif navlarini sariq va qora qopchalar bilan o‘rab saqlash ishlanmasi “Asatillo fayz” MChJga qarashli omborida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/06-04-901-son ma’lumotnomasi). Natijada, vegetatsiya davrida olma mevalarini sifatli etishtirish imkonini bergan va iqtisodiy ko‘rsatkichlari 55-70% yuqori bo‘lgan.
Andijon viloyati Xo‘jabod tumanidagi “Niyat-1” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar maydonida etishtirilgan olmaning Pink ledi, Gala, Starkrimson, Vilyams Prayd, King Devid, Musu va Red Chif navlarini sariq va qora qopchalar bilan o‘rab saqlash ishlanmasi “Kuvvot Murod” MChJga qarashli omborida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/06-04-901-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha 95 mln. so‘m daromad olishga erishilgan. Mevalarni qog‘oz qopchalar bilan o‘rash bo‘yicha ishlanmani joriy qilish evaziga qo‘shimcha 60-65% daromad olingan.