Abdikayumov Zaynilabiddin Abdivoxidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda gilosning (Cerasus avium L.) intensiv bog‘larini innovatsion texnologiyalar asosida barpo etishning ilmiy asoslari”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Qx370
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Normuratov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Abduramanova Salomat Xudaybergenovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda gilosning (Cerasus avium L.) intensiv bog‘larini innovatsion texnologiyalar asosida barpo etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor gilos payvandtaglari o‘sish kuchidagi farqlanish ularning o‘tkazuvchi naylari diametriga bog‘liq ekanligi isbotlangan: o‘rtacha kuchli o‘suvchi payvandtaglarda yirik diametrli naylar – kamxastak olcha (54,68 mkm), MAXMA Delbard-14 (45,13 mkm), oddiy nordon olcha (41,67 mkm); o‘rtacha o‘suvchi payvandtaglarda mayda o‘tkazuvchi naylar – VSL-2 (21,55 mkm), CAB-6P (22,05 mkm), Colt (30,51 mkm) va Gisella-5 (30,56 mkm); 
gilosning vegetativ yo‘l bilan ko‘paya oluvchi VSL-2 va CAB-6P payvandtaglarini yashil qalamchasidan etishtirish uchun o‘sishni boshqaruvchi Sprintalga, Radifarm moddalaridan foydalanish, ushbu preparat tarkibidagi aminokislotalar, vitaminlar, fitogormonlar, betainlar, mikroelementlar va boshqalarning maqbul uyg‘unligi tufayli ildiz oluvchanlikni mos holda 87,4; 84,3 va 93,1; 88,6% dan oshirishi aniqlangan; 
kuchsiz o‘suvchi gilos ko‘chatlarini kurtak payvand usulida etishtirishda tutuvchanlikni oshirish uchun kambiy hujayralarining faolligi 7 balldan oshishini ta’minlovchi harorat diapazonida (r ≈ -0,43): 25-30°S (janubda – avgust oxiri sentyabr boshi, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida avgustning birinchi yarmi) amalga oshirish zarurligi ilmiy asoslangan; 
intensiv bog‘larda gilos daraxti shox-shabbasiga “Kim Grin bush” usulida shakl berishda hosil bo‘ladigan barg assimilyasion yuzasi eng yuqori fotosintez mahsuldorlikni (r=0,243 (R2=0,0592)) va hosildorlikni (R2=0,9774) ta’minlashi korrelyasion aloqadorlik ko‘rsatkichi bilan isbotlangan; 
intensiv gilos bog‘larini mineral ozuqaga bo‘lgan fiziologik talabini yuqori darajada qondirish uchun bog‘larni N180P150K50 kg/ga me’yorida o‘g‘itlash eng yuqori hosildorlikni (8 yoshli bog‘larda 15,9 tonna, sh.j. tovar hosil 14,5 tonna) ta’minlashi aniqlangan; 
intensiv gilos bog‘lari barpo qilish uchun umumqabul qilingan agrotexnik kartaga nisbatan ko‘chat etishtirishdan bog‘ barpo qilish va uni parvarishlashgacha bo‘lgan barcha tadbirlar kiritilganligi bilan farqlanuvchi mukammal agrotexnologik karta ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda gilosning (Cerasus avium L.) intensiv bog‘larini innovatsion texnologiyalar asosida barpo etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun «Intensiv gilos bog‘lariga shakl berish texnologiyasi» va «O‘zbekistonda gilosning intensiv bog‘larini barpo qilish» nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02-870-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida intensiv gilos bog‘larini barpo qilish uchun nav tanlash, ularda daraxtlarning shox-shabbasiga shakl berish va oziqlantirish me’yorini to‘g‘ri tanlashda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
gilosning vegetativ yo‘l bilan ko‘paya oluvchi VSL-2 klon payvandtagini yashil qalamchasidan etishtirish uchun o‘sishni boshqaruvchi Sprintalga, Radifarm moddalaridan foydalanish ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumani «Norchontol» fermer xo‘jaligida 0,1 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02-870-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida har bir gektar hisobidan nazorat – parxish novdalarni o‘stirishga nisbatan 9,5 ming dona ko‘proq payvandtag materiali olishga erishilgan;
kuchsiz o‘suvchi VSL-2 (Krimskiy 5) klon payvandtagiga gilos navlarini ilmiy asoslangan muddatda (avgust oyining 1-yarmi) kurtak payvand qilish ishlanmasi Parkent tumani «Norchontol» fermer xo‘jaligida 1,5 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02-870-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida umumqabul qilingan muddatga nisbatan 6,7 ming ko‘proq ko‘chat olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 102% ni tashkil etgan;
intensiv gilos bog‘lariga KGB (“Kim Grin bush”) usulida shakl berish ishlanmasi Namangan viloyati Chust tumani «Mo‘minjon ota yangi navlari» MChJ da 1 gektar, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Javlonbek Agrofirmasi» MChJ da – 1 gektar; «Fayozbek Surxon Kuchatzori» fermer xo‘jaligida – 0,5 gektar, Toshkent viloyati Parkent tumani «Boyqozon Parkent bog‘i» fermer xo‘jaligida 1 gektar, jami 3,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02-870-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy usulda shakl berishga nisbatan har bir tup daraxtdan 10 kg atrofida qo‘shimcha hosil olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 129% ni tashkil etgan;
intensiv gilos bog‘larini ilmiy asoslangan me’yorda (N180P150K50 kg/ga) o‘g‘itlash ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumani «Boyqozon Parkent bog‘i» fermer xo‘jaligida 1 gektar, Namangan viloyati Chust tumani «Mo‘minjon ota yangi navlari» MChJ da 1 gektar, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Javlonbek Agrofirmasi» MChJ da – 1 gektar; «Fayozbek Surxon Kuchatzori» fermer xo‘jaligida – 1 gektar, jami 4 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02-870-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida umumqabul qilingan o‘g‘itlash me’yoriga nisbatan har bir tup daraxtdan 7-15 kg atrofida qo‘shimcha hosil olishga, maydon birligidan 150 sentnerdan ortiq ertagi eksportbop gilos hosili etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 130% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish