Sharipov Baxrom Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik faoliyatida xo‘jalik yuritish shakllarini diversifikatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi korxonalari misolida)», 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/iqt790.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Ahror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatida xo‘jalik yuritish shakllarini diversifikatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotning turli tarmoqlari tarkibidagi korxonalar faoliyatining rentabellik hamda muayyan xo‘jalik yuritish shaklining tarmoqdagi salmog‘ini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari diversifikatsiyasi darajasini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
tarmoqdagi xo‘jalik yuritish shakllari diversifikatsiya indeksining eng quyi va eng yuqori chegarasi belgilanib, oraliq diapazondagi turli chegara darajalarining asosiy faoliyat ko‘rsatkichlaridagi ulush hamda monopol tuzilmalar hukmronligi jihatidan xususiyatli belgilari aniqlangan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi xo‘jalik yuritish shakllari diversifikatsiyasini iqtisodiy sub’ektlarga qo‘shimcha manfaatdorlik keltiruvchi korporativ, oilaviy va sheriklik munosabatlariga asoslangan tashkiliy-huquqiy shakllar hisobiga kengaytirish taklif qilingan;
ipakchilik tarmog‘i asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2025 yilga qadar  prognoz parametrlariga erishish uchun tashkil etilishi lozim bo‘lgan turli xo‘jalik yuritish shakllaridagi korxonalar soni uch xil ssenariy asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadbirkorlik faoliyatida xo‘jalik yuritish shakllarini diversifikatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtisodiyotning turli tarmoqlari tarkibidagi korxonalar faoliyatining rentabellik hamda xo‘jalik yuritish shaklining tarmoqdagi salmog‘ini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari diversifikatsiyasi darajasini baholash uslubidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 4-4/1952-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipakchilik tarmog‘idagi tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari diversifikatsiyasi darajasini yanada takomillashtirish orqali tarmoq iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatiga erishilgan;
tadbirkorlik faoliyati shakllari diversifikatsiyasi darajasiga baho berish va takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash maqsadida diversifikatsiya indeksining eng quyi va eng yuqori chegarasi hamda mezonlaridan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatini baholashda foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 4-4/1952-son ma’lumotnomasi). Natijada ipakchilik tarmog‘idagi tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari diversifikatsiyasi darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlashga erishilgan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning tadbirkorlik shakllari jihatidan tarkibi tahlil qilinib, tarmoq iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-huquqiy shakllar tarkibini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 4-4/1952-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipakchilik tarmog‘idagi korxonalarni tadbirkorlik faoliyatining samarali tashkiliy-huquqiy shakllariga o‘tkazish orqali tarmoq iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatiga erishilgan;
ipakchilik tarmog‘i asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2025 yilga qadar prognoz parametrlariga erishish uchun tashkil etilishi lozim bo‘lgan turli xo‘jalik yuritish shakllaridagi korxonalar sonini aniqlashning ko‘p ssenariylik asosidagi usulidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 4-4/1952-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tarmoqning isiqboldagi asosiy maqsadli yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan tarkibiy siyosatining samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish