Rizaeva Shaxnozabonu Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “E.Xemingueyning “Chol va dengiz” hamda X.Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asarlarida ekzistensiya va absurd konsepti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6609
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: Damin To‘raev, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ikromova Feruza Ikromxonova, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyillik.
II. Tadqiqotning maqsadi: E.Xeminguey va X.Do‘stmuhammad asarlari misolida badiiy adabiyotda ekzistensializm va absurd konsepsiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshidagi jahon urushlari, millionlab odamlarning azob-uqubatlari, o‘limi, mislsiz fojialar, qirg‘inlar, jamiyatlardagi ijtimoiy tartibsizliklar, xaos ekzistensializm g‘oyalari hamda absurd falsafasining gumanistik harakat sifatida rivojlanishida yetakchi omillar ekanligi asoslangan;
ekzistensiallik va absurd konseptini ifodalaydigan yolg‘izlik, kurash, umid motivlarining, “engilmas qahramon” obrazining badiiy-epik talqinlaridagi umumiylik va xususiylik turli tarixiy-ijtimoiy davrlarda yashab ijod etgan, turli qadriyatlarga mansub bo‘lgan E.Xeminguey va X.Do‘stmuhammad asarlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
har ikkala adib ijodida hayot mazmuni, yashashdan maqsad, umid, kurashchanlikni odamning o‘zi va jamiyat uchun manfaatli ishlarga yo‘naltirish, umrning g‘animatligi, taqdir va unga ongli munosabat singari ijtimoiy-axloqiy motivlarni voqelantirishda muallif tafakkuri, ma’naviy va psixologik izlanishlari ekzistensial va absurdona haqiqatlarni voqelantirishda yetakchi o‘rin egallashi isbotlangan;
E.Xeminguey “Chol va dengiz” asarida absurdona va ekzistensial falsafa tamoyillari personajlar, ularning shaxsiyati, harakat joyi, vaqti, hatto o‘ta aniqlik bilan tasvirlangan vaziyatlar, bezak dizayni, ichkaridagi o‘sha abadiy voqelikni namoyish etishga mo‘ljallangan o‘ziga xos sahnada ifodalansa, X.Do‘stmuhammad “Donishmand Sizif” asarida milliy o‘zlik, g‘arb motivi asosida sharqona tafakkur, o‘zbekona dunyoqarash uyg‘unligida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
E.Xeminguey va X.Do‘stmuhammad asarlari misolida badiiy adabiyotda ekzistensializm va absurd konsepsiyasini tadqiq etish orqali erishilgan ilmiy natijalar asosida:
XX asr boshidagi jahon urushlari, millionlab odamlarning azob-uqubatlari, o‘limi, mislsiz fojialar, qirg‘inlar, jamiyatlardagi ijtimoiy tartibsizliklar, xaos ekzistensializm g‘oyalari hamda absurd falsafasining gumanistik harakat sifatida rivojlanishida yetakchi omillar ekanligiga oid nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida 2022-2024 yillarda bajarilgan APC2C/10 “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Ear)” mavzusidagi fundamental va xalqaro loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 2-iyundagi №ML01/01-32-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida absurdizm va ekzistensializm haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ekzistensiallik va absurd konseptini ifodalaydigan yolg‘izlik, kurash, umid motivlarining, “engilmas qahramon” obrazining badiiy-epik talqinlaridagi umumiylik va xususiylik turli tarixiy-ijtimoiy davrlarda yashab ijod etgan, turli qadriyatlarga mansub bo‘lgan E.Xeminguey va X.Do‘stmuhammad asarlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limida 2024-2025 yillarda bajarilgan 54-10/104 “Mitti yulduz jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limining 2025-yil 7-maydagi №29-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan to‘plangan materiallardan Ernest Xeminguey va Xurshid Do‘stmuhammadlarning realistik hamda mifologik yondashuv asosida bosh qahramon yaratish prinsiplari tavsiflashda foydalanilgan;
har ikkala adib ijodida hayot mazmuni, yashashdan maqsad, umid, kurashchanlikni odamning o‘zi va jamiyat uchun manfaatli ishlarga yo‘naltirish, umrning g‘animatligi, taqdir va unga ongli munosabat singari ijtimoiy-axloqiy motivlarni voqelantirishda muallif tafakkuri, ma’naviy va psixologik izlanishlari ekzistensial va absurdona haqiqatlarni voqelantirishda yetakchi o‘rin egallashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokanalida “Ma’naviyat ko‘zgusi” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining 2025-yil 8-maydagi №17-05/86-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
ingliz va o‘zbek adabiyotida ekzistensiallik va absurd konseptini ifodalaydigan yolg'izlik, kurash, umid motivlarining, “engilmas qahramon” obrazining badiiy-epik talqinlaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik turli tarixiy-ijtimoiy davrlarda yashab ijod etgan, turli qadriyatlarga mansub bo'lgan E.Xeminguey va X.Do‘stmuhammad asarlarining badiiy konsepsiyasi, g'oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi aniglangan. Ikki adib ijodida hayot mazmuni, yashashdan maqsad, umid, kurashchanlikni odamning o‘zi va jamiyat uchun manfaatli ishlarga yo‘naltirish, umrning g‘animatligi, tadir va unga ongli munosabat singari ijtimoiy-axloqiy motivlarni voqelantirishda muallif tafakkuri, ma'naviy va psixologik izlanishlari ekzistensial va absurdona haqiqatlarni vogelantirishda yetakchi o‘rin egallashi asoslangan va bu ilmiy natijalaridan Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘I asosida 2023-2024-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan AI-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihasida foydalanildi (2026-yil 6-mart. №03-17-09-788-sonli ma’lumotnomasi).