Ismoilova Marxabo Xamitovnaning Pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fitratning “oila” asari asosida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi (Pedagogika fanlari misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8663
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oriental universiteti.
Ilmiy rahbar: Saitxanova Dinara Ruslanovna. pedagogika fanlari falsafa doktori, dotesent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oriental universiteti. PhD.03/2025.27.12.Ped.36.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor To‘raboeva Muqaddas Yoqubjanovna, t.f.d., professor Mavlanov O‘ktam Maxmasabirovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fitratning “Oila” asari asosida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishning metodik asoslari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abdurauf Fitratning “Oila” asari negizida pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalar, talim jarayonlarining mazmuni, tamoyillari, metod va vositalari, shuningdek, samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-metodik asoslandi;
talabalarning axloqiy madaniyatini baholash mezonlari — kognitiv, aksiologik, xulq-atvor, refleksiv hamda ijtimoiy faoliyat komponentlarini ishlab chiqish asosida talabalarning axloqiy madaniyati darajasini kompleks diagnostika qilish imkonini beruvchi baholash tizimi ishlab chiqildi;
talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirish modeli kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish talablari, zamonaviy ta’lim paradigmalari, pedagogik keyslar hamda bosqichma-bosqich tashkil etiladigan o‘quv topshiriqlari asosida qayta loyihalashtirilib, oliy ta’lim amaliyotida samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan holda takomillashtirildi;
talabalarni axloqiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Axloqiy tanlov maydoni” va “Aksiologik strategiyalar” metodlari Fitratning “Oila” asarida ilgari surilgan axloqiy tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarni oliy ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiya qilish asosida ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fitratning “Oila” asari asosida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi mavzusi tadԛiԛi jarayοnida erishiӏgan iӏmiy natijaӏari asοsida:
Abdurauf Fitratning “Oila” asari negizida pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalar, talim jarayonlarining mazmuni, tamoyillari, metod va vositalari, shuningdek, samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari va ilmiy-metodik asoslari “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Resbuplikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 2- martdagi 11-05-1190/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mazmuni hamda baholash mexanizmlari tizimlashtirilib, uni OTM amaliyotida samarali qollash imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va Gender ilmiy—tadqiqot institutining JHBL-B-7” Oilalarda barqaror ma’naviy muhitni shaklllantirishga xizmat qiluvchi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” veb-portalini yaratish” mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va Gender ilmiy—tadqiqot instituti 2026-yil 12-yanvardagi №01-09/2982-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fitratning “Oila” asari asosida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi, ta’lim paradigmalarini rivojlantirishning metodik takomillashtirishga xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning “Oila” asari asosida talabalarda axloqiy madaniyatni rivojlantirish metodikasi (Pedagogika fanlari misolida) disertatsiya ishidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan S-202003161 raqamli “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” nomli ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (2025-yil 27-noyabrdagi 1/04-281-son ma’lumotnoma). Natijada, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan axloqiy ong, mas’uliyat va ijtimoiy faollikni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning “Oila” asari asosida talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli zamonaviy ta’lim paradigmalari, pedagogik keyslar va bosqichma-bosqich o‘quv topshiriqlari asosida konseptual jihatdan takomillashtirilib, axloqiy madaniyat indikatorlari hamda ularning miqdoriy va sifatiy parametrlariga tayangan baholash mezonlari tizimi ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan “Milliy tarbiya asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resbuplikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalart vazirligining 2024-yil 25- iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan 218–546-son nashr tavsiyanomasi), hamda “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resbuplikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalart vazirligining 2024-yil 25- iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan 218–554-son nashr tavsiyanomasi). Natijada talabalarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mazmunini oliy ta’lim amaliyotida samarali qo‘llash imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.