Elmirzaeva Maftuna Do‘smurod qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy himoyaga oid terminlarning struktur-semantik, leksikografik xususiyatlari va tarjima muammolari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.3.PhD/Fil5164  
Ilmiy rahbar: Nizomova Mohinur Baratboevna, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar:  Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor,   Qodirova Muqaddas Tog‘aevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy himoyaga oid terminlarning struktur-semantik, leksikografik xususiyatlari va tarjima muammolarini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari ijtimoiy himoyaga oid terminlarining leksik-semantik guruhlari benefit, subsidy, allowance, compensation, pension; o‘zbek tilidagi nafaqa, nafaqa puli, moddiy yordam, kompensatsiya, subsidiyalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi birliklarning mantiqiy-semantik qutblanishi, milliy-madaniy xususiyatlari, konseptual mazmuniy qamrovi hamda semantik sig‘imi, qo‘llanish sohasi, maqsadga yo‘naltirilgan kommunikativ vazifalari asosida voqelanishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari ijtimoiy himoyaga oid terminlarning konseptosferasi “davlat - jamiyat - shaxs” uchlik modeli asosida ularning ideologik-institutsional yuklamasi va ijtimoiy-madaniy tabiatini ifodalashga asos bo‘lishi isbotlangan;
ingliz-o‘zbek hamda o‘zbek-ingliz lug‘atlarida ijtimoiy himoyaga oid terminlarning semantik sig‘imi torayishi, ko‘p ma’noli birliklarning kontekstual qatlamlari, kollokativ birliklarining etarli aks etmaganligi, konnotativ belgilarning ko‘rsatilmaganligi kabi nomuvofiqliklar makro- va mikrostruktur talqini sinxron va diaxron mezonlarda ifodalnishi asoslangan;
ijtimoiy himoyaga oid terminlarni tarjima qilishda lingvistik, semantic hamda kognitiv yondashuvlarning integratsiyasida kontekstual moslikni ta’minlash, denominativ ekvivalentni yagonalashtirish, funksional ekvivalentni tanlash, tavsifiy (deskriptiv) tarjima, kalkalash, semantik adaptatsiya kabi uslublarning samaradorligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy himoyaga oid terminlarning struktur-semantik, leksikografik xususiyatlari va tarjima muammolarini tadqiq qilishda ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy himoya sohasiga oid terminlarning leksik-semantik guruhlari – benefit, subsidy, allowance, compensation, pension hamda o‘zbek tilidagi nafaqa, nafaqa puli, moddiy yordam, kompensatsiya, subsidiyalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash birliklarining mantiqiy-semantik qutblanishi, milliy-madaniy xususiyatlari, konseptual mazmun qamrovi va pragmatik-funksional talqini nuqtayi nazaridan tahlil qilinganligi, shuningdek, terminlarning semantik sig‘imi, qo‘llanish sohasi hamda maqsadga yo‘naltirilgan kommunikativ vazifalari asosida voqelanishi yuzasidan olingan ilmiy natija va xulosalardan A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-201704 – “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanildi (institutning 2025-yil 20-noyabrdagi № 03-17-09-993-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy himoya terminologiyasining struktur-semantik tuzilishiga doir ishlab chiqilgan ilmiy ta’lim sifatini baholash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy himoyaga oid terminlar konseptosferasining “davlat - jamiyat - shaxs” uchlik modeli asosida tahlil qilinishi, ularning ideologik-institutsional yuklamasi, diskursiv mavqei hamda ijtimoiy-madaniy mohiyatini ochib berishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanganligiga doir xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan SUZ-800-21GR3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” xorijiy loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 24-apreldagi № 04/1538-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida to‘plangan empirik materiallar ijtimoiy himoya terminlarining tarkibiy va mavzuviy tuzilishini batafsil tahlil qilish, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi terminologik tizimlarning struktur-semantik xususiyatlarini qiyosiy jihatdan ilmiy asosda yoritishga asos bo‘lgan;
ingliz-o‘zbek va o‘zbek-ingliz lug‘atlarida ijtimoiy himoyaga oid terminlarning semantik sig‘imi torayishi, ko‘p ma’noli birliklarning kontekstual qatlamlari etarli darajada ochib berilmaganligi, kollokativ birliklarning to‘liq aks ettirilmasligi hamda konnotativ belgilarning ko‘rsatilmaganligi kabi nomuvofiqliklarni makro- va mikrostruktur talqin asosida, sinxron va diaxron mezonlar yordamida yoritishga oid ilmiy xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi efirida uzatilgan “Ochiq muloqot” eshittirishi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 7-oktyabrdagi № 17-05/150-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirish uchun tayyorlangan materiallar mazmunan boyitilib, yoshlarning ma’naviy tafakkurini shakllantirishga xizmat qilagan

Yangiliklarga obuna bo‘lish