Payg‘amov Shoxruxbek Bahodirjon o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Bo‘lajak o‘qituvchilarni teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash metodikasi” (Tarix yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9359
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyoxon Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning  tarixiy tafakkurini rivojlantirish faoliyatining zamonaviy yondashuvlari, strategiyalari va  tamoyillari tarix fanini o‘qitishning konseptuallik, integrativlik, vaziyatlilik, muloqotchanlik jihatlarini  drama, rolli o‘yinlar va teatr texnikalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan; 
teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitlari  drama, eksperiment teatr, jamoaviy sahna, immersiv teatr elementlarini o‘quvchilarning interfaolligini ta’minlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish hamda individuallik, motivatsional preferensiyalarini  muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish faolyatini teatr pedagogikasi bilan integratsiyasi asosidagi metodik ta’minoti xronologik, tahliliy, empatik, komporativ hamda tanqidiy tafakkur mazmunini yakka, guruhiy, jamoaviy ish shakllari hamda didaktik drama strategiyasini tarixiy vaziyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniklashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga doir  metodik kompetentligi mazmuni manba tahlili, tarixiy vaqtning muayyan aspketlariga fokuslash, muhokama va munozara, masala mohiyatini turli aspektlarda tahlil qilish kabi tarixiy tafakkurni rivojlantirish usullarini forum teatr, improvisatsiya, hissiy empatiya, didaktik drama bilan  rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurni rivojlantirishga tayyorlashning metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
tarix fanini o‘qitishning konseptuallik, integrativlik, vaziyatlilik, muloqotchanlik jihatlarini  drama, rolli o‘yinlar va teatr texnikalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning  tarixiy tafakkurini rivojlantirish faoliyatining zamonaviy yondashuvlari, strategiyalari va  tamoyillariga oid xulosa va tavsiyalardan 60220300 – Tarix yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “O‘zbekiston tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 228025-son guwohnoma ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘quvchilarning tarixiy ongi, tafakkurini rivojlantirishning mazmuni, maqsad va vazifalariga doir tushunchalarga doir bilimlari rivojlanishiga erishilgan;   
drama, eksperiment teatr, jamoaviy sahna, immersiv teatr elementlarini o‘quvchilarning interfaolligini ta’minlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish hamda individuallik, motivatsional preferensiyalarini  muntazam baholab borish asosida takomillashtirilgan teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va pedagogik shart sharoitlariga oid tavsiyalardan “O‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishda aktyorlik va rejissyorlik madaniyati hamda teatr ssenariylarini shakllantirish texnologiyasi” DGU mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi berilgan №DGU 46643 sonli guvohnoma). Natijada talabalarning teaatr pedagogikasining pedagogik, metodik, didaktik imkoniyatlarini tizimli tahlil qilish, tadbiq etishga doir kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlanishiga erishilgan; 
xronologik, tahliliy, empatik, komporativ hamda tanqidiy tafakkur mazmunini yakka, guruhiy, jamoaviy ish shakllari hamda didaktik drama strategiyasini tarixiy vaziyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish faolyatini teatr pedagogikasi bilan integratsiyasi asosidagi metodik ta’minotiga oid tavsiya va xulosalardan  uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora -tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xuzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2025 yil 11 iyuldagi 10/423 dalolatnomasi). Natijada talabalarning o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan dars mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim hamda sinfdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish qobiliyati rivojlantirilgan;   
manba tahlili, tarixiy vaqtning muayyan aspketlariga fokuslash, muhokama va munozara, masala mohiyatini turli aspektlarda tahlil qilish kabi tarixiy tafakkurni rivojlantirish usullarini forum teatr, improvisatsiya, hissiy empatiya, didaktik drama bilan  rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda teatr pedagogikasi vositasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga doir  metodik kompetentligi mazmuni “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” loyihasida qo‘llanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025 yil 14 iyuldagi №01-758-804 ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning metodik kompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish