Atamurodova Dilfuza Toshmurodovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida “Do‘stlik” konseptining lingvokulturologik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Fil3823
Ilmiy rahbar: Tojieva G.N., filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Kuchkarova Xafiza Sherbabaevna.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “do‘stlik” konseptining o‘zbek va nemis tillarida lingvokulturologik jihatdan qiyosiy tahlilini amalga oshirish, uning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash va ikki tilda semantik-pragmatik ifodalanishning o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“do‘stlik” konseptining kognitiv va semantik strukturasi ikki tilda qiyosiy tahlil qilinib, o‘zbek tilida kollektiv-jamoaviy, nemis tilida individual-shaxsiy komponentlarning ierarxik tuzilishi aniqlanib, konseptning yadroviy hamda periferiya zonalarining lingvokulturologik xususiyatlari ochib berildi, shuningdek, do‘stlik kategoriyasining milliy ongdagi funksional rolini belgilovchi semantik komponentlar (ishonch, sadoqat, yordam, yaqinlik, o‘zaro mas’uliyat va vaqt davomiyligi) tizimlashtirilib, bunda o‘zbek tilida konseptning ko‘p qatlamli semantik maydoni oilaviy va qarindoshlik tushunchalari atrofida, nemis tilida esa ixtiyoriy tanlov va shaxsiy avtonomiya g‘oyalari doirasida shakllanganligi dalillandi;
o‘zbek va nemis madaniyatlarida “do‘stlik” tushunchasining tarixiy rivojlanishi va zamonaviy talqinlarini qiyosiy tahlil qilish orqali har bir xalqning do‘stlikka nisbatan aksiologik pozisiyasi aniqlanib, islom qadriyatlari va evropa individualizmi tamoyillarining do‘stlik konseptiga ta’sirining lingvokulturologik mexanizmlari ochib berilib, globallashuv jarayonlari va raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelgan yangi semantik qatlamlar va ularning ikki tildagi ifodalanish farqlari asoslandi;
“do‘stlik” konseptining nemis va o‘zbek tillarida paremiologik va frazeologik ifodalanish tizimi keng qamrovli tahlil qilinib, maqol va matallar orqali xalq donishligi va hayotiy tajribaning konseptualizatsiyasi mexanizmlari, frazeologik birliklarda metaforik transferning milliy-madaniy kodlar bilan bog‘liqligi, bu jarayonda o‘zbek madaniyatida do‘stlikni oilaviy bog‘liqlik va birodarlik metaforalari orqali konseptuallashtirishga qarshi nemis madaniyatida ratsional tanlov va o‘zaro majburiyatlar metaforalari orqali ifodalash tendensiyasi ikki xil diskursiv strategiyani yaratganligi aniqlandi;
“do‘stlik” konseptining ekstralingvistik razmetkasi ishlab chiqilib, tarixiy, ijtimoiy, psixologik, madaniy, iqtisodiy va siyosiy parametrlar bo‘yicha ko‘p o‘lchovli tasniflash tizimi yaratildi, konseptning korpus materiallarida semantik teglash algoritmi va avtomatik tahlil uchun metodologiya ishlab chiqildi, o‘zbek va nemis tillarida konseptning kollokatsion profili va birlamchi birikuvchilarining statistik xususiyatlari, madaniy-spesifik semantik komponentlarning korpusda ifodalanish mexanizmlari hamda tillararo ekvivalentlik masalasining qiyosiy-tipologik echimi ilmiy asoslandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1.Nemis va o‘zbek tillarida “do‘stlik” konseptining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy xulosalar va amaliy natijalar asosida, dissertatsiyasining ilmiy natija va xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda olib borilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli ilmiy loyihada foydalanilgan.
2.Tadqiqot ishida aniqlangan lingvokulturologik xulosalar va konseptual tahlillar 2025-yil 11-aprel sanasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokanali “Oltin Voha” radiosining “E’zoz” eshittirishini tayyorlashda muhim nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan.
3.Qarshi davlat universitetining 2021–2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181-sonli “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida ushbu dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan foydalanilgan. 
4.Shuningdek, “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan amaliy loyiha va anjumanlarda ilmiy tadqiqotchilar va doktorantlar nemis va o‘zbek tillarida o‘rganilayotgan do‘stlik konseptini qiyoslab, uning o‘xshashlik va farqlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan.
5.Germaniya Federativ Respublikasi Toshkentdagi Gyote instituti “PASCh” (Maktablar kelajak hamkorlari) tashabbusi doirasida nemis tilini o‘rganuvchi yoshlar hamda o‘qituvchilarda og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron saytida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish