Normuminov Utkir Ishmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ma’naviyatini ifodalovchi atov birliklarning lingvomadaniy, lingvoma’naviy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1 PhD/Fil 2280
Ilmiy rahbar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Xursanov Nurislom Iskandarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va ingliz tillarida shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklarining lingvomadaniy, lingvoma’naviy tadqiqini amalga oshirish, ularning leksikografik talqinini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning ingliz lisoniy tasvirida o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” konseptini ifodalovchi maxsus leksema mavjud emasligi, spirituality, moral kabi leksemalar uning bir qisminigina qamrab olishi ingliz va o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili vositasida aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tilida shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklari mohiyatan har doim ham muvofiq bo‘lmasligi xalqlarning dunyoqarashi, mentaliteti turlicha ekanligiga bog‘liqligi lingvomadaniy, lingvoma’naviy qiyos vositasida dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklarining ingliz tilidagi lug‘atlarda berilishi tahlili leksik birlikning bosh so‘z izohi ilmiy, rasmiy, publisistik uslublarda, o‘quvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat shaklida murojaatlarni ham o‘z ichiga olishi, illyustrativ misollar manbasi aniq emasligi; o‘zbek tilida illyustrativ misollar manbasi aniq ekanligi ikki tildagi lug‘atlar tahlili vositasida asoslangan;
shaxs ma’naviyatini ifodalovchi atov birliklarining ikki tilli lug‘atini yaratishda uning keng qamrovli bo‘lishi, leksik birlikning barcha ma’nolarini qamrab olishi, leksik birlik ma’nosi va tartibining to‘g‘ri berilishi, uslubiy va grammatik ma’nolarning to‘g‘ri tanlanishi asosiy tamoyillar bo‘lishi lug‘at materiallari tahlili orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz hamda o‘zbek tillarida shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklarining lingvomadaniy, lingvoma’naviy tadqiqi natijalar asosida:
– olamning ingliz lisoniy tasvirida o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” konseptini ifodalovchi maxsus leksema mavjud emasligi, spirituality, moral kabi leksemalar uning bir qisminigina qamrab olishi ingliz va o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili vositasida aniqlanganligi xususidagi fikrlaridan, shuningdek, o‘zbek va ingliz tilida shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklari mohiyatan har doim ham muvofiq bo‘lmasligi, xalqlarning dunyoqarashi, mentaliteti turlicha ekanligiga bog‘liqligi, lingvomadaniy, lingvoma’naviy qiyos vositasida dalillanganligiga oid ma’lumotlar kiritilishi masalasiga doir qarashlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-iyundagi
№ 01/4-2648-raqamli ma’lumotnomasi).
Natijada loyiha materiallari shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklarining o‘zaro tarjimasi, ularning lug‘atlarda berilishiga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan.
– ingliz va o‘zbek tillaridagi shaxs ma’naviyatini ifoda etuvchi atov birliklarining ingliz tilidagi lug‘atlarda berilishi, tahlili, leksik birlikning bosh so‘z izohi, ilmiy, rasmiy, publisistik uslublarda, o‘quvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat shaklida murojaatlarni ham o‘z ichiga olishi, illyustrativ misollar manbasi aniq emasligi; o‘zbek tilida illyustrativ misollar manbasi aniq ekanligi, ikki tildagi lug‘atlar tahlili vositasida asoslangan ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi “IL-52 tur-21091433. “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Wikipedia elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-iyundagi
№ 01/4-12647-raqamli ma’lumotnomasi).
Bu ma’lumotlar innovatsion loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan.
– shaxs ma’naviyatini ifodalovchi atov birliklarining ikki tilli lug‘atini yaratishda uning keng qamrovli, leksik birlikning barcha ma’nolarini qamrab olishi, leksik birlik ma’nosi va tartibining to‘g‘ri berilishi, uslubiy va grammatik ma’nolarning to‘g‘ri tanlanishi, asosiy tamoyillar bo‘lishi, lug‘at materiallari tahlili orqali dalillanganiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi “Ochiq muloqot” eshittirishida efirda yoritilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 09-aprel 17-05/66-sonli ma’lumotnomasi).
Natijada mazkur radiodastur mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan.