O‘rinboeva Kumushoy Sultonbek qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanib talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha  falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11541 
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich - fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM/T.15.05.
Rasmiy opponentlar: 
a)    Abdullaev Safibullo Xabibullaevich – Namangan davlat pedagogika instituti, pedagogika fanlari doktori, professor.
b)    Salim Madrahimovich Otajonov – Farg‘ona davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanib talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanib talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning ijodiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va tizimli, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanish asosida talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modeli o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qiyosiy qayta ishlash, xulosalar chiqarishga mustaqil yo‘naltirish, ijodiy muloqotga kirishish faolligini oshirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarni yaratish hamda faoliyatga tayyorgarlik natijadorligini ta’minlashning nazariy, amaliy, metodik, texnologik tarkibiy qismlarini adekvat tarzda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
integratsion yondashuv asosida tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanib talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish fizika o‘qitishning an’anaviy usullaridan farqli ravishda, talabalarning mustaqil izlanish, muammoli vaziyatni tahlil qilish, gipoteza ilgari surish va uni tekshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish komponentlarining  integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanish asosida talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi ta’lim jarayonini rejalashtirish, rivojlantirish, tadbiq etish kabi tashkiliy-pedagogik komponentlar uzviyligini kasbiy tayyorgarlik darajasining amaliy va mantiqiy mushohada elementlariga maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanish asosida talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanish asosida talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflari “6053050-Fizika” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 27-noyabrdagi №02/01-01-524-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanish asosida talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy, pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanish asosida talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qiyosiy qayta ishlash, xulosalar chiqarishga mustaqil yo‘naltirish, ijodiy muloqotga kirishish faolligini oshirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarni yaratish hamda faoliyatga tayyorgarlik natijadorligini ta’minlashning nazariy, amaliy, metodik, texnologik tarkibiy qismlarini adekvat tarzda optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanib talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga sharoit yaratilgan;
integratsion yondashuv asosida tabiiy fanlarni o‘qitishda kvest texnologiyasidan foydalanib talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish fizika o‘qitishning an’anaviy usullaridan farqli ravishda, talabalarning mustaqil izlanish, muammoli vaziyatni tahlil qilish, gipoteza ilgari surish va uni tekshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish komponentlarining  integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid takliflari asosida “Mexanika” nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil, 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №381747 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish