Xoliqov Bahodir Aliqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jahon xalqlari badiiy ijodida dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasi (ingliz va o‘zbek manbalari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.DSc/Fil1070.
Ilmiy maslahatchi: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xsanov Qahramon Rahimboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek mifologiyasida dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasini aniqlash, folklor va yozma adabiyotdagi vazifasini belgilash, uni O‘zbekiston va Evropa xalqlari eposlarida mavjud bo‘lgan obrazlar bilan qiyoslash hamda uyg‘un, umumiy va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek mifologiyasidagi dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasi o‘zbek adabiyotshunosligida ilk marotaba qiyosiy-tipologik usulda tizimli ravishda ochib berilgan hamda mifologik obrazlarning paydo bo‘lishida umuminsoniy arxetiplar asosiy omil ekanligi ilmiy asoslangan;
ingliz va o‘zbek mifologiyasidagi demonologik obrazlar (dev, jin, shayton, yalmog‘iz, alvasti, yovuz ruh) ilk bor qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy mentalitetga bog‘liq ma’noviy farqlari aniqlangan hamda G‘arb va Sharq mifologiyasida turlicha talqin qilinishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
angelologiya va demonologiya obrazlarining umumiy mifologik tafakkurdagi o‘zaro qarama-qarshi nuqtada turishi, biroq vazifaviy jihatdan bir-birini to‘ldiruvchi tizim ekanligi ochib berilgan hamda jin, pari, dev obrazlarining o‘zbek va ingliz mifologiyasidagi vazifaviy, ma’noviy yaqinligi misollar asosida qiyosiy tekshiriib, uning madaniy transformatsiya bosqichlari aniqlangan;
bo‘ri obrazining qadimgi turkiy mifologiyada muqaddas totem, ingliz mifologiyasi hamda badiiy adabiyotida esa yovuzlik va qo‘rquv ramzi sifatida shakllangani milliy dunyoqarash farqi bilan bog‘liq holda ilmiy ahamiyati ochib berilgan;
mifologik obrazlarning xalq og‘zaki ijodidan asta-sekinlik bilan yozma adabiyotga, keyinchalik zamonaviy fentezi janriga o‘tishi jarayoni badiiy transformatsiya sifatida yoritilgan hamda dominant obrazlarning jamiyat tomonidan belgilab qo‘yilgan axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qoidalarni shakllantirishda tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jahon xalqlari badiiy ijodida dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek mifologiyasida dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasini aniqlash, shuningdek, yozma adabiyotdagi vazifasini belgilash va uni dunyo xalqlari eposlarida mavjud bo‘lgan obrazlar bilan qiyoslash hamda uyg‘un, umumiy va farqli jihatlari ochib berishga doir ilmiy natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030. “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 28-yanvardagi 04/1-476-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek mifologiyasida dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasini aniqlash, shuningdek, yozma adabiyotdagi vazifasini belgilash va uni dunyo xalqlari eposlarida mavjud bo‘lgan obrazlarni qiyosiy-tipologik, ilmiy-nazariy metodlar asosida o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
ingliz va o‘zbek mifologiyasidagi dominant mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasining o‘zbek adabiyotshunosligida ilk marotaba qiyosiy-tipologik usulda tizimli ravishda tadqiq etilishi hamda mifologik obrazlarning paydo bo‘lishida umuminsoniy arxetiplar muhim o‘rin tutishiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 29-yanvardagi 409/02-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyosiy adabiyotshunoslikda angelologiya va demonologiya obrazlarining umumiy mifologik tafakkurdagi o‘zaro qarama-qarshi nuqtada turishi, biroq vazifaviy jihatdan bir-birini to‘ldiruvchi tizim ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda jin, pari, dev obrazlarining o‘zbek va ingliz mifologiyasidagi vazifaviy, ma’noviy yaqinligi misollar asosida boyitilgan;
jahon adabiyotshunosligida mifologik obrazlarning xalq og‘zaki ijodidan asta-sekinlik bilan yozma adabiyotga, keyinchalik zamonaviy fentezi janriga o‘tishi jarayoni badiiy transformatsiya sifatida yoritilgan tahliliy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474. “Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 3-martdagi 04/1-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ingliz va o‘zbek mifologiyasidagi dominant obrazlarning genezisi xalq an’ana va qadriyatlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, dev, feya, alvasti obrazlarining ingliz va o‘zbek mifologiyasidagi va demonologik tasavvurlar tizimidagi o‘rniga doir materiallar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek mifologik dominant obrazlarining (pari/fairy, dev/demon, yalmog‘iz/witch, bo‘ri/werewolf, jin) qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy mentalitetga bog‘liq ma’noviy farqlari aniqlangan hamda G‘arb va Sharq mifologiyasida turlicha talqin qilinishiga oid ilmi-nazariy xulosalardan O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2021-2024-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-21-24 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy tili va aloqalari” mavzusidafi fundamental loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2026-yil 10-martdagi № 49-4/AZE raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek mifologik obrazlarning folklordan yozma adabiyotga hamda fentezi janriga oʻtish jarayonini ko‘rsatuvchi xronologik va konseptual sxemalar, jadvallar asosidagi tahliliy qarashlar ishlab chiqilgan;
bo‘ri obrazining qadimgi turkiy mifologiyada muqaddas totem, ingliz mifologiyasi hamda badiiy adabiyotida esa yovuzlik va qo‘rquv ramzi sifatida shakllangani milliy dunyoqarash farqi bilan bog‘liq holda ilmiy ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand” madaniy-ma’rifiy tonggi dasturi va “Radio intervyu” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 2-fevraldagi 01-07/35-son guvohnomasi). Natijada mifologik obrazlar genezisi, evolyusiyasi va transformatsiyasi hamda ularning badiiy adabiyotga kirib kelish yo‘llari, turli millatlar o‘rtasidagi aloqalarning paydo bo‘lishi kabi muhim ma’lumotlar ko‘rsatuv va eshittirishning ilmiy saviyasini oshirgan.