Solijonov Hojiakbar Solijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyolar asosida olingan quruq qurilish qorishmalarining xususiyatlari va texnologiyasi”, 05.09.05 – «Qurilish materiallari va buyumlari» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5168
Ilmiy rahbar: Mirzajanov Ma’murjon Alimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona davlat texnika universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.19.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Raximboy Atajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Shavkat Turdimurotovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy asbestsement sanoati hamda kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindilari asosida binolar suvoq qatlamlari va pardozlash uchun namga chidamli quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy asbestsement chiqindilari (67%), ohak chiqindilari (28%) va MK-85 markali mikrokremnezem (5%)ni 600 °C haroratda termomexanik faollashtirilgan holda siqilishdagi mustahkamligi 26,5 MPa bo‘lgan asbestsement chiqindili bog‘lovchi olingan;
asbestsement chiqindili bog‘lovchi tarkibiga to‘ldiruvchi sifatida 50% gacha mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisini qo‘shish orqali fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari bo‘yicha GOST 31357-2007 talablariga javob beruvchi suvoqbop quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqilgan;
quruq qurilish qorishmasi tarkibiga 0,3% miqdorida “Poliplast SP-1” va MPQ (gidroksipropilmetilselluloza) markadagi kompleks polimer-mineral qo‘shimchalar kiritilganda suv ushlab turish ko‘rsatkichi 94-99% ga etishi aniqlangan;
asbestsement va ohak chiqindilarini 600°C da termomexanik faollashtirish natijasida quruq qurilish qorishmasini qotishi va yopishqoqligini oshiruvchi kalsiyli silikat (CS), kalsiyli alyumosilikat (CAS) va kalsiyli alyumoferrit (CAF) turdagi minerallar hosil bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida olingan quruq qurilish qorishmalarining xususiyatlari va texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy asbest-sement sanoati chiqindilari, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindilari va MK-85 markali mikrokremnezemni termomexanik faollashtirish asosida asbestsement chiqindili bog‘lovchi olingan hamda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “MARG‘ILON NODIR QURILISh” MChJ ishlab chiqarish tarmog‘ida joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 5-fevraldagi 02/15-348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mustahkamligi 26,5 MPa bo‘lgan sement o‘rnini bosuvchi asbestsement chiqindili bog‘lovchi quruq qurilish qorishmasi korxona qurilish ishlarida qo‘llanilgan.
asbestsement chiqindili bog‘lovchi tarkibiga to‘ldiruvchi sifatida 50% gacha mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi ohak chiqindisini qo‘shish orqali olingan quruq qurilish qorishmasi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “MARG‘ILON NODIR QURILISh” MChJ ishlab chiqarish tarmog‘ida joriy etilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 5-fevraldagi 02/15-348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1 tonna miqdorda GOST 31357-2007 bo‘yicha B30 sinfdagi, beton va g‘ishtli asoslar bilan tishlashish mustahkamligi 0,44 va 0,38 MPa ga teng bo‘lgan, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha F75 markadagi suvoqbop quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqarildi hamda uning korxonada ishlab chiqarilayotgan quruq qurilish qorishmasiga nisbatan 82 500 so‘m yoki ≈11% iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
asbestsement chiqindili bog‘lovchi asosida olingan quruq qurilish qorishmasi tarkibiga 0,3% miqdorida “Poliplast SP-1” va MPQ (gidroksipropilmetilselluloza) markadagi kompleks polimer-mineral qo‘shimchalar kiritilib Marg‘ilon shahridagi “MARG‘ILON NODIR QURILISh” MChJning ishlab chiqarish tarmog‘ida joriy etilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 5-fevraldagi 02/15-348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv ushlab turish ko‘rsatkichi 94-99% ga teng bo‘lgan, o‘lchamlari bo‘yicha bir xil taqsimlangan mayda g‘ovakli quruq qurilish qorishmasi olinib suvoq ishlarida qo‘llanilgan.