Usanov Abdulxakim Eshanqulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Changli havoni tozalash samarasini oshirish maqsadida paxtani tozalash agregati UXK ning aspiratsiya tizimini  takomillashtirish” 
05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5353
Ilmiy rahbar: Nazirov Raxmatjon Rasuljonovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03./2025.27.12.T.14.02       
Rasmiy opponentlar: Akramov Alisher Ashuralievich, texnika fanlari doktori, professor; Toshbekov Odil Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash vaqtida ajraladiganshangli havoni tozalash samarasini oshirish maqsadida paxtani tozalash agregati UXK ning aspiratsiya tizimini takomillashtirish, boshlang‘ich pnevmatik changni so‘rish va asosiy katta diametrdagi aspirasiya quvurlarini parametrlarini asoslashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
UXK agregatini xar bir seksiyasidan ajraluvchi iflosliklarni so‘ruvchi pnevmatik quvurlarni agregatning bosh va oxirgi qismlaridan o‘rtasiga yo‘naltirib takomillashtirilgan xolda birlashtiruvchi katta diametrdagi quvurga ulanuvchi aspirasiya tizimi ishlab chiqilgan.
UXK paxta tozalash agregatining aspiratsiya tizimi boshlang‘ich pnevmoquvuridagi ifloslik zarrachalariga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar natijasidagi harakat traektoriyalarini aniqlovchi differensial tenglamalar keltirib chiqarilgan; 
UXK paxtani tozalash agregatining aspiratsiya tizimidagi pnevmoquvurlarda qo‘shiluvchi havo oqimlari harakat yo‘nalishi bir-biriga parallel bo‘lgan holat uchun, qo‘shiluvchi changli havo oqimlarining o‘rtacha tezligini massaviy zichliklariga bog‘liqlik tenglamasi olingan;
UXK agregatining aspiratsiya tizimidagi markazdan qochma ventilyator diffuzorining kengayish burchagi ɑ ning maqbul qiymati 6,0 m3/s sig‘imli siklonda changni havodan ajratish samarasini ta’minlash talabidan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: UXK paxtani tozalash agregatidan ajraluvchi iflosliklarni tozalovchi aspiratsiya tizimi va texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
ishlab chiqilgan UXK agregatini takomillashtirilgan aspirasiya tizimi Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi "LUX YaN TEX" MChJ korxonasiga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 25-apreldagi №03/25-891 sonli ma'lumotnomasi). Natijada, UXK agregatining takomillashtirilgan aspiratsiya tizimida kerakli havo miqdori nisbatan kamroq bo‘lib, 4,5 m3/s ni tashkil etgani va paxta tarkibidagi mayda ifloslik miqdori nisbatan ko‘p bo‘lgani uchun markazdan qochma siklonga tushadigan havoning changlanish miqdori, takomillashtirilgan aspiratsiya tizimiga nisbatan ko‘proq bo‘lib, 236,2  mg/m3 ni tashkil etgani holda, changli havoni tozalash samarasi amaldagiga nisbatan 75,4 % dan 88,2 % gacha oshishiga erishildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish