Karimova Barnoxon Narmatalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bolalarda uratli nefropatiya kasalligini oldini olish usullarini takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3143.
Ilmiy rahbarlar: Otajonov Ilxom Otaboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurmatova Nargiza Fatxullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universitet huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsalixova Nargis Xayrullaevna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda uratli nefropatiyalarning klinik-immunologik hususiyatlarini o‘rganish, kasallik rivojlanishida tibbiy, ijtimoiy, gigienik omillarni tadqiq qilish asosida davolash va oldini olishda parhez usulini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda uratli nefropatiyaning yosh va jinsga bog‘liq tarqalishi (o‘g‘il bolalarda – 67,5%, qiz bolalarda – 32,5%) hamda mavsumiy xususiyatlari, kasallik rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari (onadagi preeklampsiya/gestoz, arterial gipertenziya, erta tug‘ilish, metabolik buzilishlar) aniqlanib, interkurrent (surunkali pielonefrit, dismetabolik nefropatiya, surunkali glomerulonefrit) va hamroh kasalliklar (tonzillit, bronxit, gastroduodenit, qaytalanuvchi laringotraxeit, otit) chastotasi taqqoslama guruhga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda uratli nefropatiyaning asosan asimptomatik kristalluriya va dizurik sindrom bilan kechishi, maktab yoshida esa og‘riq sindromi, nefrolitiaz, metabolik buzilishlar va podagrik artralgiya ustunligi, maktab yoshidagi bolalarda buyrak funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar (sutkalik diurez oshishi, proteinuriya, glomerulyar fil`tratsiya tezligining pasayishi, siydikda uratlar konsentratsiyasining ortishi) hamda immunologik disbalans kuzatilishi isbotlangan;
glomerulyar fil`tratsiya tezligi, mochevina va kreatinin kabi klinik-laborator ko‘rsatkichlarga asoslanib, bolalar ovqatlanish ratsionida mikroelementlar etishmasligi tufayli modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi va uratli nefropatiya shakllanishi o‘rtasida bog‘liqlik isbotlangan;
kichik maktab yoshidagi bolalarda uratli nefropatiyani davolash uchun ilk bor Kanefron preparati va milliy taomlar asosida shakllantirilgan maxsus parhezni o‘z ichiga olgan kompleks davolash usuli ishlab chiqilib, uning buyrakning asosiy funksiyalarini me’yorlashtirishdagi yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda uratli nefropatiyalarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda uratli nefropatiyaning yosh va jinsga bog‘liq tarqalishi (o‘g‘il bolalarda – 67,5%, qiz bolalarda – 32,5%) hamda mavsumiy xususiyatlari, kasallik rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari (onadagi preeklampsiya/gestoz, arterial gipertenziya, erta tug‘ilish, metabolik buzilishlar) aniqlanib, interkurrent (surunkali pielonefrit, dismetabolik nefropatiya, surunkali glomerulonefrit) va hamroh kasalliklar (tonzillit, bronxit, gastroduodenit, qaytalanuvchi laringotraxeit, otit) chastotasi taqqoslama guruhga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiet universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/295-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda uratli nefropatiyani tashxislash va davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.06.2024 yildagi 87-son, Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 04.06.2024 yildagi 95-i-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 30.05.2025 yildagi 99-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda uratli nefropatiyaning rivojlanishidagi xavf omillarni erta aniqlash, kasallikni asoratlarini kamaytirish, bolalar salomatligini yaxshilash va davolash xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 345000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalarda uratli nefropatiya kasalligida optimallashtirilgan olib borish taktikasini qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: maktabgacha yoshdagi bolalarda uratli nefropatiyaning asosan asimptomatik kristalluriya va dizurik sindrom bilan kechishi, maktab yoshida esa og‘riq sindromi, nefrolitiaz, metabolik buzilishlar va podagrik artralgiya ustunligi, maktab yoshidagi bolalarda buyrak funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar (sutkalik diurez oshishi, proteinuriya, glomerulyar fil`tratsiya tezligining pasayishi, siydikda uratlar konsentratsiyasining ortishi) hamda immunologik disbalans kuzatilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiet universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/295-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda uratli nefropatiyani tashxislash va davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.06.2024 yildagi 87-son, Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 04.06.2024 yildagi 95-i-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 30.05.2025 yildagi 99-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda uratli nefropatiya kechishining klinik immunologik, xususan sitokinlar (IL-2 va IL-4) ishlab chikarish hususiyatlari, tez-tez kasallanuvchi bolalarda uratli nefropatiyalar rivojlanishi ehtimoli tutilgan patogenetik algoritm organizm reaktivligining pasayish jarayonlarini ko‘rsatadi va kasallik belgilariga ko‘ra erta aniqlash va o‘z vaqtida kerakli davolash usullarini to‘g‘ri tayinlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 345000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalarda uratli nefropatiya kasalligida optimallashtirilgan olib borish taktikasini qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: glomerulyar fil`tratsiya tezligi, mochevina va kreatinin kabi klinik-laborator ko‘rsatkichlarga asoslanib, bolalar ovqatlanish ratsionida mikroelementlar etishmasligi tufayli modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi va uratli nefropatiya shakllanishi o‘rtasida bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiet universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/295-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda uratli nefropatiyani tashxislash va davolash usuli» va 2025 yil 28 aprelda № 04-25/551-t-son bilan tasdiqlangan «Uratli nefropatiya bilan kasallangan bolalar uchun parhez usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.06.2024 yildagi 87-son, Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 04.06.2024 yildagi 95-i-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 30.05.2025 yildagi 99-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda uratli nefropatiyaning rivojlanishida buyrak faoliyatining aniq biokimyoviy va immunitet tizim o‘zgarishlariga ko‘ra ularning kunlik ovqatlanish ratsionini to‘g‘rilash, bolada sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari, xususan parhez orqali bolada to‘g‘ri ovqatlanish odatlari shakllanib boradi. Oila a’zolarining parhez, gigiena va profilaktika haqida bilimga ega bo‘lib, bola tez-tez kaasallanuvchi bolalar guruhidan chiqariladi. Bu esa bolalar salomatligini yaxshilash va samarali davolash imkoniyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 345000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalarda uratli nefropatiya kasalligida optimallashtirilgan olib borish taktikasini qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kichik maktab yoshidagi bolalarda uratli nefropatiyani davolash uchun ilk bor Kanefron preparati va milliy taomlar asosida shakllantirilgan maxsus parhezni o‘z ichiga olgan kompleks davolash usuli ishlab chiqilib, uning buyrakning asosiy funksiyalarini me’yorlashtirishdagi yuqori samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiet universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 aprelda 04-24/295-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda uratli nefropatiyani tashxislash va davolash usuli» va 2025 yil 28 aprelda № 04-25/551-t-son bilan tasdiqlangan «Uratli nefropatiya bilan kasallangan bolalar uchun parhez usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 29.06.2024 yildagi 87-son, Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 04.06.2024 yildagi 95-i-son hamda Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 30.05.2025 yildagi 99-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan va taklif etilgan bolalarda UN ni olib borish sxemasi kasallikni erta bosqichda tashxislash, individual davolashni amalga oshirish va uning og‘ir kechishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 345000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalarda uratli nefropatiya kasalligida optimallashtirilgan olib borish taktikasini qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.