Biykuzieva Aziza Abdunabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarda qad-qomat buzilishlarni erta tashxislash va oldini olish gigienik tamoyillarini ishlab chiqishga yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5433.
Ilmiy rahbarlar: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universitet huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Li Marina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Marxabo Rasulovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarda tayanch xarakat tizimidagi patologik o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida ularning qad-qomat buzilishlarini korreksiya qilish va oldini olish tibbiy-profilaktik dasturini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qad-qomat buzilishlarining yuqori tarqalganligi, jumladan kombinirlangan shakllar, giperkifoz va skoliotik deformatsiyalar ustunligi, maxsus mashg‘ulot yuklamalari ta’sirida mushak tonusining yaqqol assimetriyasi hamda organizmning funksional zaxiralari pasayishi (egiluvchanlik, chidamlilik va nafas olish ko‘rsatkichlarining kamayishi) isbotlangan;
yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi 9–12 yoshli sportchilarda qomat buzilishlarining shakllanishida mashg‘ulot jarayonining nooqilona tashkil etilishi, tiklanish tadbirlarining etishmasligi va mashg‘ulotlar davomida qomatni tizimli nazorat qilishning mavjud emasligi kabi o‘quv-mashg‘ulot muhitining noqulay sharoitlari yetakchi o‘rin tutishi asoslangan;
kasallik belgilari paydo bo‘lgunga qadar o‘zgarishlarni aniqlash va xavf guruhlarini shakllantirishni ta’minlaydigan antropometrik, funksional va gigienik mezonlar integratsiyasiga asoslangan qomat buzilishlarini erta aniqlash algoritmi va kompleks tibbiy-gigienik profilaktika dasturi ilmiy asoslangan;
yosh sportchilarda qomatning morfometrik ko‘rsatkichlarini ishonchli yaxshilashni ta’minlash va organizmning adaptatsion-funksional imkoniyatlarini oshirishda kompleks tibbiy-gigienik profilaktika dasturining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarda qad-qomat buzilishlarni erta tashxislash va oldini olish gigienik tamoyillarini ishlab chiqishga yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qad-qomat buzilishlarining yuqori tarqalganligi, jumladan kombinirlangan shakllar, giperkifoz va skoliotik deformatsiyalar ustunligi, maxsus mashg‘ulot yuklamalari ta’sirida mushak tonusining yaqqol assimetriyasi hamda organizmning funksional zaxiralari pasayishi (egiluvchanlik, chidamlilik va nafas olish ko‘rsatkichlarining kamayishi) isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 mayda 2533-son bilan tasdiqlangan «Mediko-gigienicheskie metodi profilaktiki narusheniy osanki u detey 9–12 let, zanimayushhixsya edinoborstvami» hamda 2025 yil 14 mayda 2564-son bilan tasdiqlangan «Algoritm ranney diagnostiki narusheniy osanki u detey, zanimayushhixsya sportom» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent shahar sport boshqarmasi Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi bo‘yicha 17.09.2025 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar sport boshqarmasi Sergeli tumani sport maktabi bo‘yicha 16.09.2025 yil 251-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi bolalarda qad-qomat buzilishlarini oldini olish va korreksiya qilishga qaratilgan erta tashxislash algoritmi va mul`tidissiplinar dasturning joriy etilishi nafaqat jismoniy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishini, balkim garmonik rivojlanishi, sog‘lom odatlarning shakllanishi, motivatsiyaning o‘sish va sport tayyorgarligi sifatining oshishi, dasturning amalga oshirilishi sport maktablari va yakkakurash seksiyalari sharoitida uning samaradorligi, maxsuldorligi va amaliy axamiyatini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qomat buzilishini erta tashxislash algoritmini va kompleks profilaktik dasturini bolalar sport maktablarining mashg‘ulot amaliyotiga joriy etish natijasida olti oylik mashg‘ulot sikli davomida bitta sportchi uchun 375000 so‘m iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi 9–12 yoshli sportchilarda qomat buzilishlarining shakllanishida mashg‘ulot jarayonining nooqilona tashkil etilishi, tiklanish tadbirlarining etishmasligi va mashg‘ulotlar davomida qomatni tizimli nazorat qilishning mavjud emasligi kabi o‘quv-mashg‘ulot muhitining noqulay sharoitlari yetakchi o‘rin tutishi asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 mayda 2533-son bilan tasdiqlangan «Mediko-gigienicheskie metodi profilaktiki narusheniy osanki u detey 9–12 let, zanimayushhixsya edinoborstvami» hamda 2025 yil 14 mayda 2564-son bilan tasdiqlangan «Algoritm ranney diagnostiki narusheniy osanki u detey, zanimayushhixsya sportom» hamda  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent shahar sport boshqarmasi Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi bo‘yicha 17.09.2025 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar sport boshqarmasi Sergeli tumani sport maktabi bo‘yicha 16.09.2025 yil 251-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi bolalarda qad-qomat buzilishlarini oldini olish va korreksiya qilishda yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi 9–12 yoshli sportchilarda qomat buzilishlarining shakllanishida mashg‘ulot jarayonining nooqilona tashkil etilishi, tiklanish tadbirlarining etishmasligi va mashg‘ulotlar davomida qomatni tizimli nazorat qilishning mavjud emasligi kabi o‘quv-mashg‘ulot muhitining noqulay sharoitlari yetakchi o‘rin tutishiga qaratilgan erta tashxislash algoritmi va mul`tidissiplinar dasturning joriy etilishi nafaqat jismoniy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi, balkim garmonik rivojlanish, sog‘lom odatlarning shakllanishi, motivatsiyaning o‘sish va sport tayyorgarligi sifatining oshishiga xizmat qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qomat buzilishini erta tashxislash algoritmini va kompleks profilaktik dasturini bolalar sport maktablarining mashg‘ulot amaliyotiga joriy etish natijasida olti oylik mashg‘ulot sikli davomida bitta sportchi uchun 375000 so‘m iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: kasallik belgilari paydo bo‘lgunga qadar o‘zgarishlarni aniqlash va xavf guruhlarini shakllantirishni ta’minlaydigan antropometrik, funksional va gigienik mezonlar integratsiyasiga asoslangan qomat buzilishlarini erta aniqlash algoritmi va kompleks tibbiy-gigienik profilaktika dasturi ilmiy asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 mayda 2533-son bilan tasdiqlangan «Mediko-gigienicheskie metodi profilaktiki narusheniy osanki u detey 9–12 let, zanimayushhixsya edinoborstvami» hamda 2025 yil 14 mayda 2564-son bilan tasdiqlangan «Algoritm ranney diagnostiki narusheniy osanki u detey, zanimayushhixsya sportom» hamda  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent shahar sport boshqarmasi Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi bo‘yicha 17.09.2025 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar sport boshqarmasi Sergeli tumani sport maktabi bo‘yicha 16.09.2025 yil 251-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik belgilari paydo bo‘lgunga qadar o‘zgarishlarni aniqlash va xavf guruhlarini shakllantirishni ta’minlaydigan antropometrik, funksional va gigienik mezonlar integratsiyasi, qomat buzilishlarni erta aniqlash algoritmi va kompleks tibbiy-gigienik profilaktika dasturining amalga oshirilishi sport maktablari va yakkakurash seksiyalari sharoitida uning samaradorligi, maxsuldorligi va amaliy axamiyatini isbotladi. Iqtisodiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qomat buzilishini erta tashxislash algoritmini va kompleks profilaktik dasturini bolalar sport maktablarining mashg‘ulot amaliyotiga joriy etish natijasida olti oylik mashg‘ulot sikli davomida bitta sportchi uchun 375000 so‘m iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yosh sportchilarda qomatning morfometrik ko‘rsatkichlarini ishonchli yaxshilashni ta’minlash va organizmning adaptatsion-funksional imkoniyatlarini oshirishda kompleks tibbiy-gigienik profilaktika dasturining samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 14 mayda 2533-son bilan tasdiqlangan «Mediko-gigienicheskie metodi profilaktiki narusheniy osanki u detey 9–12 let, zanimayushhixsya edinoborstvami» hamda 2025 yil 14 mayda 2564-son bilan tasdiqlangan «Algoritm ranney diagnostiki narusheniy osanki u detey, zanimayushhixsya sportom» hamda  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Toshkent shahar sport boshqarmasi Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi bo‘yicha 17.09.2025 yildagi 120-son hamda Toshkent shahar sport boshqarmasi Sergeli tumani sport maktabi bo‘yicha 16.09.2025 yil 251-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi bolalarda qad-qomat buzilishlarini oldini olish va korreksiya qilishda, yosh sportchilarda qomatning morfometrik ko‘rsatkichlarini ishonchli yaxshilashni ta’minlash va organizmning adaptatsion-funksional imkoniyatlarini oshirishda kompleks tibbiy-gigienik profilaktika dasturining samaradorligi isbotlash orqali sport maktablari va yakkakurash seksiyalari sharoitida uning samaradorligi, maxsuldorligi va amaliy axamiyatini o‘rnini baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yakkakurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qomat buzilishini erta tashxislash algoritmini va kompleks profilaktik dasturini bolalar sport maktablarining mashg‘ulot amaliyotiga joriy etish natijasida olti oylik mashg‘ulot sikli davomida bitta sportchi uchun 375000 so‘m iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish