Alieva Munira Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘tkazilgan xiqildoq operatsiyalaridan keyingi disfoniyaning diagnostikasi vadavolashdagi yondoshuvlarni takomillashtirish" 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1687.
Ilmiy rahbar: Abduqayumov Abdumannon Abdumajidovich, tibbiyot fanlari doktori, professsor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Eugenius Lesinskas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: "Federal davlat byudjeti muassasasi "Otorinolaringologiya bo‘yicha Milliy tibbiy ilmiy-tadqiqot markazi" (Rossiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xiqildoqda o‘tkazilgan operatsiyalardan so‘ng bolalarda ovoz funksiyasi buzilishi diagnostikasini takomillashtirish va davolashni optimallashtirish orqali ularning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt asosidagi kompyuter spektal ovoz tahlili ovoz burmalarining fizik xususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni- ovoz hosil qilish kuchi, foydali va foydasiz shovqinlar kabi omillar ovoz barqarorligi bilan birga uning funksional va organik patologiyani differensiallash imkonini bergani aniqlangan;
bolalarda hiqildoqda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlari sababli disfoniya rivojlanishini belgilovchi yetakchi omillar shilliq qavat, mushak qatlami, tog‘ay karkasidagi chandiqli transformatsiyalar kabi strukturaviy o‘zgarishlar va ovoz boylamlari tebranishlari amplitudasi xamda chastotasining diskoordinatsiyasi aniqlangan;
hiqildoqdagi operatsiyalardan keyingi disfoniyalarda ovoz buzilishlarining mezonlari sifatida disfoniya darajasi ko‘rsatkichlari (ROC AUC=0,85), Jitter va Shimmer parametrlari (ROC AUC=0,83 va 0,77), spektral ovoz tahlili ko‘rsatkichlari - entropiya, zero va energiya (ROC AUC=0,77, 0,82 va 0,71) yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani isbotlangan;
spektral kompyuter ovoz tahlili akustik ovoz tahlili bilan birgalikda ovozni tekshirishning ob’ektiv va informativ usuli ekani hamda bemorlarni olib borish taktikasi xususiyatlarini aniqlash imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/35-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, 
birinchi ilmiy yangilik: sun’iy intellekt asosidagi kompyuter spektal ovoz tahlili ovoz burmalarining fizik xususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni- ovoz hosil qilish kuchi, foydali va foydasiz shovqinlar kabi omillar ovoz barqarorligini aniqlash bilan birga uning funksional va organik patologiyani differensiallash imkonini bergani aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.01.2024 yildagi 7 - son buyrug‘i hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.01.2024 yildagi 14 - I - son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sun’iy intellekt asosidagi spektral tahlil disfoniya etiologiyasini funksional va organik komponentlar bo‘yicha ob’ektiv differensial baholash, ovoz sifati ko‘rsatkichlarini raqamli formatda aniqlash hamda klinik qaror qabul qilishdagi sub’ektivlikni kamaytirish imkonini berdi. Mazkur yondashuv reabilitatsiyani individuallashtirishga, uzoq davom etuvchi disfoniya va takrorlanuvchi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: standart (differensirlanmagan) yondashuvda bemorlarda ko‘p hollarda morfologik - funksional omillar aniq ajratilmagani sabab KT + endoskopiyaga qo‘shimcha ravishda videolaringostroboskopiya ham tayinlanadi va takroriy murojaatlar kuzatiladi. Shu sabab xarajatlar 1115000 so‘mni tashkil etadi: 2 marta maslahat - 400000 so‘m, hiqildoq KT - 400000 so‘m, fibrolaringoskopiya - 165000 so‘m, videolaringostroboskopiya - 150000 so‘m. Taklif etilayotgan maqsadli yondashuvda (xarajatlar 515000 so‘mni tashkil etadi: 1 marta maslahat - 200000 so‘m, 1 marta fibrolaringoskopiya - 165000 so‘m, 1 marta videolaringostroboskopiya - 150000 so‘m. Natijada tejam 600000 so‘mni tashkil etib, har bir sarflangan 515000 so‘mga 600000 so‘m iqtisodiy foyda to‘g‘ri keladi (ya’ni 1,17 marta). Xulosa: hiqildoq operatsiyasidan keyingi disfoniyada struktur va funksional omillarni kompleks baholash erta va maqsadli reabilitatsiya taktikasini ta’minlaydi, takroriy murojaatlar hamda asossiz tekshiruvlarni kamaytiradi. Natijada har bir bemor hisobidan kamida 600000 so‘m mablag‘ tejaladi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda hiqildoqda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlari sababli disfoniya rivojlanishini belgilovchi yetakchi omillar shilliq qavat, mushak qatlami, tog‘ay karkasidagi chandiqli transformatsiyalar kabi strukturaviy o‘zgarishlar va ovoz boylamlari tebranishlari amplitudasi xamda chastotasining diskoordinatsiyasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.01.2024 yildagi 7 - son buyrug‘i hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.01.2024 yildagi 14 - I - son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hiqildoq operatsiyalaridan keyin disfoniya rivojlanishida strukturaviy va vibratsion buzilishlarning yetakchi o‘rni aniqlangani bolalarda xavf guruhini erta ajratish, uzoq davom etuvchi ovoz buzilishlarini oldindan bashorat qilish hamda kuzatuv va reabilitatsiya choralarini individuallashtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: KTni o‘z ichiga olgan tadqiqot uchun umumiy xarajatlar 600000 so‘mni tashkil etdi (xususiy klinikada har bir maslahat 200000 so‘m va hiqildoq KT 400000 so‘m). Taklif etilgan maqsadli yondashuvda bemor VHI shkalasi bo‘yicha tekshirildi, hosil bo‘lish xavfi bo‘lganda egiluvchan fibrolaringoskopiya - 165000 (mutaxassis maslahati bilan endoskopiya narxi), bu xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi, bunda IS - 0,71 ni tashkil etdi. Xulosa: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish asoratlar sonini kamaytiradi va operatsiyalar muvaffaqiyatini oshiradi hamda har bir bemor uchun 435000 so‘m miqdorida mablag‘ni tejaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: hiqildoqdagi operatsiyalardan keyingi disfoniyalarda ovoz buzilishlarining mezonlari sifatida disfoniya darajasi ko‘rsatkichlari (ROC AUC=0,85), Jitter va Shimmer parametrlari (ROC AUC=0,83 va 0,77), spektral ovoz tahlili ko‘rsatkichlari - entropiya, zero va energiya (ROC AUC=0,77, 0,82 va 0,71) yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.01.2024 yildagi 7 - son buyrug‘iga asosan hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.01.2024 yildagi 14 - I - son buyrug‘iga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi disfoniya monitoringida diagnostik va prognostik qiymati yuqori bo‘lgan parametrlar to‘plami (disfoniya darajasi, Jitter, Shimmer, entropiya, zero va energiya) ajratib berilgani ovoz funksiyasini baholashni standartlashtiradi, dinamik kuzatuv va reabilitatsiya samaradorligini ob’ektiv nazorat qilish imkonini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prognostik qiymati past mezonlar hisobiga takroriy tekshiruvlar ko‘payganda xarajatlar 1130000 so‘mgacha etadi (2 marta maslahat - 400000 so‘m, 2 marta fibrolaringoskopiya - 330000 so‘m, hiqildoq KT - 400000 so‘m). Taklif etilayotgan mezonlar asosida maqsadli baholashda xarajatlar 365000 so‘mni tashkil etadi (1 marta maslahat - 200000 so‘m, 1 marta fibrolaringoskopiya - 165000 so‘m). Natijada tejam 765000 so‘m bo‘lib, har bir sarflangan 365000 so‘mga 765000 so‘m iqtisodiy foyda to‘g‘ri keladi (ya’ni 2,10 marta). Bunda IS = 0,68. Xulosa: Jitter/Shimmer va spektral parametrlarga asoslangan baholash operatsiyadan keyingi disfoniyada ovoz holatini prognoz qilish va monitoringni ob’ektivlashtirish imkonini beradi, samarasiz taktik qarorlar ulushini kamaytiradi. Ushbu yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 765000 so‘m iqtisodiy tejamni ta’minlaydi (IS = 0,68), reabilitatsiya rejasini aniqlashda ishonchli mezonlar yaratadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: spektral kompyuter ovoz tahlili akustik ovoz tahlili bilan birgalikda ovozni tekshirishning ob’ektiv va informativ usuli ekani hamda bemorlarni olib borish taktikasi xususiyatlarini aniqlash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.01.2024 yildagi 7 - son buyrug‘i hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 23.01.2024 yildagi 14 - I - son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ovozning spektral kompyuterli tahlilini akustik tahlil bilan qo‘llash ovoz sifatini sub’ektiv tavsifdan ob’ektiv raqamli modelga o‘tkazib, kasallik dinamikasini aniqroq baholash, bolalarda erta diagnostika va individual kuzatuv hamda reabilitatsiya taktikasini kuchaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ob’ektiv monitoring etarli bo‘lmaganda takroriy murojaatlar va tekshiruvlar hisobiga xarajatlar 1330000 so‘mni tashkil etadi (3 marta maslahat - 600000 so‘m, 2 marta fibrolaringoskopiya - 330000 so‘m, hiqildoq KT - 400000 so‘m). Taklif etilayotgan usul qo‘llanilganda xarajatlar 365000 so‘mga tushadi (1 marta maslahat 200000 so‘m, 1 marta fibrolaringoskopiya 165000 so‘m). Natijada tejam 965000 so‘m bo‘lib, har bir sarflangan 365000 so‘mga 965000 so‘m iqtisodiy foyda to‘g‘ri keladi (ya’ni 2,64 marta). Bunda IS = 0,73. Xulosa: ovozning spektral kompyuterli tahlilini akustik tahlil bilan uyg‘un qo‘llash disfoniya diagnostikasi va dinamik kuzatuvning informativligini sezilarli oshiradi, klinik qaror qabul qilishni tezlashtiradi. Bu esa takroriy qimmat tekshiruvlar va ortiqcha vizitlar ehtiyojini qisqartirib, har bir bemor hisobidan kamida 965000 so‘m mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish