Axunova Maxfuza Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona viloyatida maktab o‘quvchilari salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini gigienik baholashni takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4066.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumaqulvich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atambaeva Raisa Minaxmedovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida maktab o‘quvchilari salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini gigienik baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarining kun tartibi gigienik talablarga to‘liq mos kelmasligi, asosiy vaqtning uyali aloqa vositalari va gadjetlardan foydalanishga sarflanishi, uy vazifasi va uyquga ajratilgan vaqtning qisqarishi o‘quvchilar organizmining yetakchi funksional tizimlari holatining buzilishiga olib kelishi hamda mazkur jarayonning o‘ziga xos gigienik xususiyatlari asoslangan;
maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlari pasayishi tartibsiz kun tartibi, o‘quv jarayonining nomutanosibligi, uyali aloqa vositalari va gadjetlardan foydalanish davomiyligi, uy vazifalarini bajarish vaqti hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlar vaqtining o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi statik charchash va dinamik faollikning pasayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
maktab ichki muhiti omillarining mavsumiy o‘zgarishi, xususan yoz-kuz mavsumidagi yuqori harorat, qish-bahor davridagi past harorat, havoda chang miqdorining ortishi, yoritilganlikning pastligi, karbonat angidrid, is gazi va formal`degid konsentratsiyalarining oshishi o‘quvchilarda yuqori nafas yo‘llari va allergik kasalliklar tarqalishi hamda miopiya darajasining ortishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
maktab o‘quvchilari kun tartibini me’yorlashtirish, o‘quv jarayonini reglamentlashtirish, maktab jihozlarini o‘quvchilar bo‘yiga moslashtirish, harorat, namlik va yoritilganlikning gigienik me’yorlarini ta’minlash, havo tarkibidagi chang, karbonat angidrid, is gazi va formal`degid miqdorini me’yorlashtirish orqali o‘quvchilar o‘rtasida kasallanish darajasini kamaytirish, jismoniy rivojlanish garmonikligini ta’minlash va o‘quv faolligini oshirish imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Farg‘ona viloyatida maktab o‘quvchilari salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini gigienik baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarining kun tartibi gigienik talablarga to‘liq mos kelmasligi, asosiy vaqtning uyali aloqa vositalari va gadjetlardan foydalanishga sarflanishi, uy vazifasi va uyquga ajratilgan vaqtning qisqarishi o‘quvchilar organizmining yetakchi funksional tizimlari holatining buzilishiga olib kelishi hamda mazkur jarayonning o‘ziga xos gigienik xususiyatlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instiiutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 mayda 01-024-t-49-son bilan tasdiqlangan «Maktab o‘quvilarning salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarni gigienik baholashning zamonaviy usuli (Farg‘ona vilyaoti misolida)» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 82-son hamda Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 05.2025 yildagi 62-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi maktab ichi omillaridan havoning tarkibidagi o‘zgarishlar, maktab jihozlarining o‘quvchilarning bo‘yiga mos kelmasligi, sinf va fan xonalarining tabiiy va sun’iy yoritilishining pasaygani yoshga mos ravishda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini standartlarga mos kelmasligi, o‘quvchilarning kun tartibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda salomatlik holati va jismoniy rivojlanishining izdan chiqishiga sharoit yaratilganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatini tiklash uchun statsionar sharoitida sarflanadigan 185000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlari pasayishi tartibsiz kun tartibi, o‘quv jarayonining nomutanosibligi, uyali aloqa vositalari va gadjetlardan foydalanish davomiyligi, uy vazifalarini bajarish vaqti hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlar vaqtining o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi statik charchash va dinamik faollikning pasayishi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instiiutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 mayda 01-024-t-49-son bilan tasdiqlangan «Maktab o‘quvilarning salomatlik holatiga  ta’sir qiluvchi xavf omillarni gigienik baholashning zamonaviy usuli (Farg‘ona vilyaoti misolida)» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 82-son hamda Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 05.2025 yildagi 62-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlariga tartibsiz kun tartibi, o‘quv jarayonining nomutanosibligi hamda statistik charchashning yuzaga kelishiga birinchi navbatda ota-onalar va maktab o‘qituvchilarning maktab sharoitidagi o‘zgarishlar, dars jadvali va kun tartibidagi nomutanosibliklar, yuqori changlanganlik, past darajdagi yoritilganlik, tizimlarning eskirganligi turli yosh va jins guruhlarida statistik charchashga etarli darajada sharoit yaratganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatini tiklash uchun statsionar sharoitida sarflanadigan 185000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar iqtisod qilinadi; 
uchinchi ilmiy yangilik: maktab ichki muhiti omillarining mavsumiy o‘zgarishi, xususan yoz-kuz mavsumidagi yuqori harorat, qish-bahor davridagi past harorat, havoda chang miqdorining ortishi, yoritilganlikning pastligi, karbonat angidrid, is gazi va formal`degid konsentratsiyalarining oshishi o‘quvchilarda yuqori nafas yo‘llari va allergik kasalliklar tarqalishi hamda miopiya darajasining ortishi bilan bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instiiutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 mayda 01-024-t-49-son bilan tasdiqlangan «Maktab o‘quvilarning salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarni gigienik baholashning zamonaviy usuli (Farg‘ona vilyaoti misolida)» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 82-son hamda Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 05.2025 yildagi 62-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab ichi omillarini o‘zgarishi natijasida ya’ni yoz-kuz mavsumidagi yuqori harorat, qish-bahor mavsumidagi past harorat, havoning tarkibidagi yuqori chang miqdori, past darajagi yoritilganlik, karbonat angidrid va formal`degid miqdorining o‘zgarishi o‘quvchilar orasida yuqori nafas yo‘llari kasallkilari guruhiga kiritilgan chang bilan bog‘liq bo‘lgan allergik kasalliklar, yoritilganlik bilan bog‘liq bo‘lgan miopiya darajasi ortishi bilan bog‘liqligi natijasida II-salomatlik va III-salomatlik guruhlariga kiritilgan o‘quvchilar darajasining ortishi bilan bog‘liqligi izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatini tiklash uchun statsionar sharoitida sarflanadigan 185000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilari kun tartibini me’yorlashtirish, o‘quv jarayonini reglamentlashtirish, maktab jihozlarini o‘quvchilar bo‘yiga moslashtirish, harorat, namlik va yoritilganlikning gigienik me’yorlarini ta’minlash, havo tarkibidagi chang, karbonat angidrid, is gazi va formal`degid miqdorini me’yorlashtirish orqali o‘quvchilar o‘rtasida kasallanish darajasini kamaytirish, jismoniy rivojlanish garmonikligini ta’minlash va o‘quv faolligini oshirish imkoniyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instiiutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 mayda 01-024-t-49-son bilan tasdiqlangan «Maktab o‘quvilarning salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi xavf omillarni gigienik baholashning zamonaviy usuli (Farg‘ona vilyaoti misolida)» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha  03.05.2025 yildagi 82-son hamda Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 05.2025 yildagi 62-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilar kun tartibini me’yorlashtrish, o‘quv jarayonini reglamentlashtirish, maktab ichi omillari jihozlarning bo‘yga moslashtirish, harorat, namlik, yoritilganlik darajasini, havoning tarikbidagi chang, karbonot angidrid va formal`degidning me’yoriy darajasini ta’minlash orqali maktab o‘quvchilari orasida kasallanish darajasini kamaytirish va jismoniy rivojlanishni gormonikligini ta’minlash, darslarning o‘quv faolligini oshirish maktab o‘quvchilari orasida kasallanish darajasini kamaytirish va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini qisman yaxshilashda etarli darajada tashkillashtirilgan kun tartibi, dars jadvali, tibbiy ko‘riklar orqali erishish imkonini berganligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatini tiklash uchun statsionar sharoitida sarflanadigan 185000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish