Abdikarimova Zilola Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish” 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1. PhD/Iqt6258
Ilmiy rahbar: Ollanazarov Bekmurod Davlatmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyusupov Bunyod Sheripbaevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqabotbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlashda segmentlarga mos ravishda individual hududiy identifikatsiya samaradorlik cheklovlarini bartaraf etishga xizmat qiladigan agro-iqtisodiy va iqtisodiy segmentlar xususiyatlarini inobatga olgan holda «agro-iqtisodiy - manzilli moslashtirish - pozisiyalash» zanjirli differensial marketing strategiyalari konsepsiyasi taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing va bozor mexanizmlarini o‘zaro uyg‘unlikda shakllantiruvchi integral model asosida mahsulotlarning kompozit raqobatbardoshlik indeksini past raqobatbardoshlik (0<x<40), o‘rta raqobatbardoshlik (40<x<70) va yuqori raqobatbardoshlik (71<x<100) mezon qiymatlariga guruhlash taklif etilgan;
marketing strategiyalarining sinergetik tizimga integratsiyalashgan institutsional, ekologik va texnologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun barqaror brend qiymatini shakllantirishning multifunksional algoritmi taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing strategiyalarining ta’sirini aniqlash imkonini beruvchi ekonometrik model asosida 2026-2030-yillar uchun alternativ (pessimistik, real va optimistik) ssenariylar kesimida eksport hajmlarini prognozlash usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiya hamda takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlashda segmentlarga mos ravishda individual hududiy identifikatsiya samaradorlik cheklovlarini bartaraf etishga xizmat qiladigan agro-iqtisodiy va iqtisodiy segmentlar xususiyatlarini inobatga olgan holda «agro-iqtisodiy - manzilli moslashtirish - pozisiyalash» zanjirli differensial marketing strategiyalari konsepsiyasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga tadbiq etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 4-martdagi 05-6-09/2112-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar va segmentlar xususiyatlariga mos marketing yondashuvlarini qo‘llash, mahsulotlarning bozordagi pozisiyasini mustahkamlash hamda raqobat ustunligini shakllantirish imkoniyati kengaygan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing va bozor mexanizmlarini o‘zaro uyg‘unlikda shakllantiruvchi integral model asosida mahsulotlarning kompozit raqobatbardoshlik indeksini past raqobatbardoshlik (0<x<40), o‘rta raqobatbardoshlik (40<x<70) va yuqori raqobatbardoshlik (71<x<100) mezon qiymatlariga guruhlash bo‘yicha taklif Xorazm viloyati xokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 4-martdagi 05-6-09/2112-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulotlarning raqobatbardoshlik darajasini aniq baholash, ularni toifalar bo‘yicha tizimli tasniflash hamda samarali marketing qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
marketing strategiyalarining sinergetik tizimga integratsiyalashgan institutsional, ekologik va texnologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun barqaror brend qiymatini shakllantirishning multifunksional algoritmi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati xokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 4-martdagi 05-6-09/2112-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy agrobrendlarni shakllantirish, mahsulotlarning iste’molchilar nazdidagi qiymatini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda ishonchli pozisiyani mustahkamlash hamda eksport salohiyatini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing strategiyalarining ta’sirini aniqlash imkonini beruvchi ekonometrik model asosida 2026-2030-yillar uchun alternativ (pessimistik, real va optimistik) ssenariylar kesimida eksport hajmlarini prognozlash usuli bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati xokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 4-martdagi 05-6-09/2112-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining istiqbolli ko‘rsatkichlarini oldindan baholash, ehtimoliy xavf va imkoniyatlarni aniqlash, shuningdek, samarali eksport va marketing strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini bergan.