Nekboev Xurshid Xoliyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediata’lim asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-tanqidiy yondashuvini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped652.    
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc. 03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Husniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasbiy-tanqidiy yondashuvni mediata’lim asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlashda tabiiy va umumkasbiy fanlarni “in’eksiya”, “semiotik” va “estetik” kabi nazariy yondashuvlar asosida integratsiyalash orqali kasbiy-tanqidiy yondashuvini rivojlantirishning axboriy-didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
axborotlashgan mediata’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-tanqidiy yondashuvini motivatsion-maqsadli, metodologik yondashuvlar asosida rivojlantirishning tashkiliy-funksional komponentlari (texnologik va tashxislash) mazmunan takomillashtirilgan;
pedagogik kasbiy faoliyatda ikkinchi darajali ma’lumotlarni (reklama, fil`mlar anonsi, spam) qabul qilish va sintezlashga qaratilgan “Bumerang”, “Muammoli”, “Labirint” kabi interfaol dasturiy vositalarni ishlab chiqish orqali talabalarning media va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarning kasb-hunar egallashga moyillik, yaratuvchanlik va tanqidiy yondashuvchanlik kabi qobiliyatlarini namoyon qilish orqali mediata’lim muhitida pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlashda kasbiy-tanqidiy yondashuvning rivojlanganlik darajalarini (yuqori, o‘rta, past) baholash mezonlari (illyustrativ, reproduktiv, evristik) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mediata’lim asosida bo‘lajak  o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda  kasbiy-tanqidiy yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“in’eksiya”, “ta’lim oluvchilar ehtiyojlarini qondirish manbasi”, “mafkuraviy”, “semiotik”, “estetik (badiiy)” kabi nazariy yondashuvlarni mediata’lim asosida bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida ularning kasbiy-tanqidiy yondashuvini rivojlanganlik darajasini namoyon qiluvchi muhim sifatlar (illyustrativ, reproduktiv, evristik)ning funksional xususiyatlarini optimallashtirishga doir takliflardan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2015–2017 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-90-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash va talabalar kasbiy-tanqidiy yondashuvini takomillashtirish imkonini yaratishga xizmat qilgan.
“Bumerang”, “Muammoli”, “Labirint” kabi interfaol ta’lim texnologiyalarini mediata’limda qo‘llash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasbiy-tanqidiy yondashuvini takomillashtirish metodikasiga oid tavsiyalar “Bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatiga kasbiy-tanqidiy yondashuv” va “Pedagogik kasbiy faoliyatga mediata’lim texnologiyalari” elektron-metodik ta’minot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining     2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-90-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida kasbiy-tanqidiy yondashuvini mediata’lim asosida rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlashda bo‘lajak o‘qituvchilarning ikkinchi darajali ma’lumotlarga kasbiy-tanqidiy yondashuvini mediata’lim asosida takomillashtirishga qaratilgan vazifalar va mashqlar tizimidan tashkil topgan “Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasbiy-tanqidiy yondashuv” nomli maxsus kurs ishlab chiqilgan va amalga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-90-son ma’lumotnomasi). Mazkur maxsus kurs bo‘lajak o‘qituvchilarni mediata’lim asosida o‘qitishning samarali tashkil etish va o‘tkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish