Siddiqjonov Muxtorjon Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1566.
Ilmiy rahbar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti DSc.25/2025.27.12.Yu.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlashning ijtimoiy xavliligini zamonaviy baholash usullari ishlab chiqilgan;
ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining materiallari, atributlari va ramziy belgilarini tarqatish yoki namoyish etish maqsadida tayyorlash hamda saqlashning jinoiy-huquqiy ta’qiqlanishi javobgarlik muqarrarligini ta’minlashning yangi yuridik mexanizmini yaratilishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, Qurolli Kuchlar qo‘llanilishi va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi yolg‘on axborotni tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi davlatning jinoiy-huquqiy siyosatini axborot maydoniga tatbiq etilishiga va milliy xavfsizlikka zarar etkazuvchi dezinformatsiyaga qarshi jinoiy-huquqiy muhofaza choralar shakllantirilishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona va beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamoat xavfsizligiga qarshi qilmishlar sodir etishda dindan vosita sifatida foydalanish uchun jinoiy javobgarlikni belgilanishi e’tiqod erkinligi va diniy hissiyotlarni manipulyasiya qilish orqali ijtimoiy barqarorlikka zarar etkazishning oldini olishga hamda zamonaviy sekulyar davlatda diniy ekstremizmga qarshi jinoiy-huquqiy kurash strategiyasining takomillashtirilishiga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlashda ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 3 dekabrdagi qonuni bilan Jinoyat kodeksining 2441-moddasining birinchi qismiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 20-fevraldagi 3/dn-33-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi milliy jinoyat huquqi tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash samaradorligini oshirish, radikal mafkuraning tarqalishini ilk bosqichlaridayoq bloklash hamda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, jamoat xavfsizligini va fuqarolar huquqlarini kompleks himoya qilinishiga xizmat qilgan.
ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining materiallari, atributlari va ramziy belgilarini tarqatish yoki namoyish etish maqsadida tayyorlash hamda saqlashning jinoiy-huquqiy ta’qiqlanishi kengaytirish to‘g‘risdagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 3 dekabrdagi qonuni bilan Jinoyat kodeksining 2441-moddasining ikkinchi qismiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 20-fevraldagi 3/dn-33-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi preventiv jinoiy-huquqiy ta’sir ko‘rsatish imkonini yaratish orqali zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, Qurolli Kuchlar qo‘llanilishi va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi yolg‘on axborotni tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 3 dekabrdagi qonuni bilan Jinoyat kodeksining 2441-moddasining ikkinchi qismiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 20-fevraldagi 3/dn-33-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi davlatning jinoiy-huquqiy siyosatini axborot maydoniga tatbiq etilishiga va milliy xavfsizlikka zarar etkazuvchi dezinformatsiyaga qarshi jinoiy-huquqiy muhofaza choralar shakllantirilishiga xizmat qilgan;
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarning, shu jumladan, fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona va beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamoat xavfsizligiga qarshi qilmishlar sodir etishda dindan vosita sifatida foydalanishning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlovchi sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini zamonaviy baholash usullari ishlab chiqilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasi o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 4-bandini shakllantirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 23-dekabrdagi 04-12/3411-sonli dalolatnomasi). Natijalar ushbu nizom va u asosida faoliyat olib boradigan huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida jinoyatchilikni aniq mezonlar asosida baholashga va tegishli huquqiy xulosalarni ishlab chiqishda samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qilgan..

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish