Shermuhammedov Abdumajid Mavlyanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning profilaktikasini takomillashtirish”, “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Yu1872.
Ilmiy rahbar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti DSc. 25/2025.27.12.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Babaev Akmal Abdukarimovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar va ularning profilaktikasini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga engil shikast etkazish uchun javobgarlik takomillashtirilishi zarurligi asoslantirilgan;
bolalarni taʼlimga jalb etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda qonunbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish sohasidagi vazifalarini samarali tashkil etish maqsadida respublika umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilar bilan ishlashning sifat jihatdan yangicha tizimini joriy etish orqali ular o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish bo‘yicha taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish funksiyalarini belgilash kerakligi asoslantirilgan;
har bir maktab bo‘yicha surunkali ravishda dars qoldiruvchi o‘quvchilar ro‘yxati tuzilib, ular toifalarga ajratilishi (dars mashg‘ulotiga 3 kundan ortiq sababsiz qatnashmagan o‘quvchilar surunkali dars qoldirgan hisoblanishi), darsda surunkali (muntazam) qatnashmaydigan o‘quvchilar “qizil” toifaga, kechikib keluvchilar “sariq” toifaga ajratilishi lozimligi asoslantirilgan;
maktabga biriktirilgan inspektor-psixologlar maktab psixologlari bilan birgalikda o‘quvchilar (ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan manzilli ishlashni tashkil etish maqsadida ularni toifalarga ajratish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida bolaga tan jarohati etkazish “oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” sifatida kvalifikatsiya qilish lozimligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktyabrdagi “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-978-son Qonunning 1-moddasi 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan 1261-modaning birinchi qismi)da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025-yil 10-fevraldagi №3/dn-18-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mamlakatimizda bolalarning huquqlari, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institusiyaviy hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
bolalarni ta’limga jalb etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda qonunbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish sohasidagi vazifalarini samarali tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2024 yil 18 martdagi 73-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Repsublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni Bolalar bilan ishlash boshqarmasi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bobi 6-bandini birinchi xatboshisida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025 yil 21 yanvardagi 760/B-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bolalarni ta’limga jalb etish va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif qilingan funksiyalarning Nizomda aks etishi bolalar bilan ishlashda sifat jihatdan yangi tizim yaratish imkonini beradi. Ushbu mexanizmlar maktab o‘quvchilari o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilgan;
har bir maktab bo‘yicha surunkali ravishda dars koldiruvchi o‘quvchilar ro‘yxati “qizil” va“sariq” toifalarga ajratilishi lozimligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiyasining 2024 yil 26 fevraldagi 4q/q va 5q/q-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkorlik Konsepsiyasi”ning 1-bobi 3-bandida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025 yil 21 yanvardagi 758/B-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bolalarni ta’limga jalb etish va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif qilingan funksiyalarning Nizomda aks etishi bolalar bilan ishlashda sifat jihatdan yangi tizim yaratish imkonini beradi. Ushbu mexanizmlar maktab o‘quvchilari o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilgan;
maktabga biriktirilgan inspektor-psixologlar maktab psixologlari bilan birgalikda o‘quvchilar (ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan manzilli ishlashni tashkil etish maqsadida ularni toifalarga ajratish lozimligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiyasining 2024 yil 26 fevraldagi 4q/q va 5q/q-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkorlik Konsepsiyasi”ning 3-bobi 31-bandida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025 yil 21 yanvardagi 758/B-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bolalarni ta’limga jalb etish va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif qilingan funksiyalarning Nizomda aks etishi bolalar bilan ishlashda sifat jihatdan yangi tizim yaratish imkonini beradi. Ushbu mexanizmlar maktab o‘quvchilari o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilgan.