Hasanov Zohid Yoqub o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turbina kondensatorlarini sovitish tizimi suv kimyoviy rejimlarini samaradorligini oshirish” (Toshkent IEM misolida), 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3157.
Ilmiy rahbar: Isaxodjaev Xayrulla Sunatullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Matchanov Erkin Kazakbaevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “Issiqlik elektr loyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turbina kondensatorining sovitish tizimida kationit filtrlarini regeneratsiyalash jarayonida avtomatik boshqarish tizimini joriy etish orqali kimyoviy suv tozalash unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik elektr markazida elektrolit eritmalari nazariyasiga asoslanib, turbina kondensatorini sovitish suvi tarkibidagi tuz miqdorini kamaytrishga imkon beruvchi matematik model qizdirish sirtlarini tozalash hamda ularni korroziyadan himoya qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
issiqlik elektr markazi filtrlarida suv tarkibidagi tuz miqdorini o‘lchash asosida reagentlar sarfini kamaytrishga imkon beruvchi suv tarkibidagi tuz miqdorini nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
suv tozalash filtrlari to‘yinganligini suvning elektr o‘tkazuvchanligi asosida nasoslarda ortiqcha yuklama natijasidagi energiya iste’molini kamaytirish imkonini beruvchi kimyoviy rejim parametrlarini boshqarish usuli takomillashtrilgan;
suv-kimyoviy rejimlarda H-kationlangan namuna suvining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash natijalariga asoslanib, sulfat kislota konsentratsiyasini avtomatik nazorat qilish usuli elektr o‘tkazuvchanlikni hisobga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik jarayon intensivligini ta’minlashda suv kimyoviy rejimlarini monitoring qilishda H-kationit filtrlari jarayonining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik elektr markazida H- kationit filtrlarini avtomatik boshqarish tizimi “Toshkent issiqlik elektr markazi filiali” AJda joriy qilingan (“Toshkent issiqlik elektr markazi filiali” AJning 2024-yil, 7-avgust 04-10-6139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy suv tozalsh sehida regeneratsiya jarayoni uchun suv iste’molini 168,5 tonnaga kamaytirish va jarayonni amalga oshirish vaqti 3 soatdan 1 soat 20 minutga qisqartirish qilish imkoniyati yaratilgan;
kimyoviy suv tozalash sehida H-kationit filtrlarni qayta tiklashda suv-kimyoviy rejimlarini avtomatik boshqarish usuli “Toshkent issiqlik elektr markazi filiali” AJda joriy qilingan (“Toshkent issiqlik elektr markazi filiali” AJning 2024-yil, 7-avgust 04-10-6139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada H-kationit fultrlarini avtomatik boshqarish asosida yiliga kimyoviy reagentlar miqdorini 294 tonnaga va elektr energiya istemolini 9909,3 kVt⸱soatga qisqartirish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish