Safarova E’zozxon Ramazon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ayrim d-metallar bilan kompleks hosil qiluvchi bifunksional tarkibli ionitlar sintezi va ularni sorbsiyaga tadqiq qilish», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1063.
Ilmiy rahbar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Muqumova Gulvar Jumaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Nuralieva Go‘zal Abduhamidovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim d-metallarning tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi bifunksional polimer ligandlar bilan sorbsiya usuli yordamida olingan kompleks birikmalarining tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
azot, kislorod va oltingugurtni o‘z ichiga olgan komplekslar hosil qiluvchi yangi bifunksional polimer ligandlar - poli-2,4,6-tri-N'-karbamidil-metilamino-1,3,5-triazin-N''-il (L1); poli-2,4,6- tri-N'-tiokarbamidil-metilamino-1,3,5-triazin-N''-il (L2); poli-2,4,6-trikarbamid-N'-il-2-gidroksipropil-amino-1,3,5-triazin-N''-il (L3) va poli-2,4,6-tritiokarbamid-N'-il-2-gidroksipropilamino-1,3,5-triazin-N''-il (L4) sintez qilib olingan;
sintez qilib olingan ko‘p dentatli polimer ligand molekulalarining elektron tuzilishi zichlik funksional nazariyasi (DFT, B3LYP, 6-311++G(2d,p) yordamida kvant-kimyoviy hisoblangan va ulardagi koordinatsion bog‘lanishning asosiy lokallashuv markazlari aniqlangan;
sintez qilingan polimer ligandlarning Cu (II), Zn (II), Cd (II), Ag (I) ionlari uchun statik almashinuv sig‘imlari aniqlangan va ushbu metal ionlarining sorbsiya qatori tuzilgan;
Cu (II), Zn (II), Cd (II) va Ag (I) ionlari sintez qilingan polimer ligandlar bilan olingan xelat turidagi 16ta kompleks birikmalarining tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
olingan kompleks birikmalarning suvli muhitdagi barqarorlik doimiyliklari ligandlar bo‘yicha L1L3L2L4 qatorida, metall ioni bo‘yicha Zn(II)Cd(II)Cu(II)Ag(I) tartibida ortib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompleks hosil qiluvchi ionitlar sintez qilish usuli va sorbsiyada qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompleks hosil qiluvchi ionitlar «Xandiza» kon boshqarmasi boyitish fabrikasi laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan va sanoat oqava suvlarini tozalash hamda yumshatish uchun joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2025-yil 24-oktyabrdagi 10-25/01-01425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi bifunksional ionitlar asosida olingan ionitlar oqava suvlarni og‘ir metallardan ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushigacha samarali tozalashga imkon bergan;
yangi sintez qilingan kompleks hosil qiluvchi ionitlar yordamida kamyob metallarni ajratish uchun ishlab chiqilgan usul «Olmaliq KMK» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan. («Olmaliq KMK» AJning 2025-yil 24-oktyabrdagi 10-25/01-01425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p komponentli eritmalardan qimmatbaho metallarni ajratish imkonini bergan.