Amirov Elmurod Mansuriddin o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Auminza-Beltov va Sharqiy Bukantov tog‘lari magmatik hosilalari, ularning asl-nodirmetalli ma’dandorligi (Markaziy Qizilqum)”, 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/GM57.
Ilmiy maslahatchi: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Geologiya va geofizika instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.GM/FM.12.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Gafurzoda Farxod Giyos, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Auminza-Beltov va Sharqiy Bukantov tog‘laridagi gersin tektonik-magmatik bosqichi intruziv magmatizm hosilalarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari hamda asl-nodir metalli ma’danlashuvga aloqadorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Auminza-Beltov, Sharqiy Bukantov tog‘larida tarqalgan intruziv magmatizm hosilalarining geologik, petrografik, mineralogik, petrokimyoviy tavsiflari va ularning o‘zaro munosabatlari hamda shakllanish xususiyatlari aniqlangan;
magmatik hosilalarni petro-geokimyoviy tavsiflash orqali ularning hosil bo‘lish sharoitlari hamda granitoid intruziv fazalarining asl-nodir va ularga hamroh ma’danlashuvlarga bo‘lgan petrometallogenik ixtisoslashuvlari hamda turli tarkib va yoshdagi magmatik jinslarning potensial ma’dandorliklari aniqlangan;
birinchi marta hududdagi endogen ma’danlashuvning shakllanishida asl metalli ma’danlar magmatik tanalardan birmuncha uzoqroqda, daykali hosilalar bilan uyg‘unlashgan makonda, nodirmetalli ma’danlashuv esa granitoidli majmualarning kontakt qismlarida rivojlanganligi aniqlangan;
oltin, oltin-kumushli va oltin-nodirmetalli konlardagi ma’danli zonalarda magmatik, ma’dan-metasomatik hosilalar tarkibiy xususiyatlari asosida yondosh maydonlarda va chuqurlik sari yashirin ma’danlashuvni qidirishda qo‘llaniladigan ishonchli petrologik-geokimyoviy mezon guruhlari ajratilgan;
birinchi marta tadqiqot hududida istiqbolli maydonlarni ajratish va bashorat qilish ishlariga asos bo‘luvchi, o‘zida qidiruv-baholash me’zonlarini mujassam etgan hamda endogen ma’danlashuvning shakllanishi, joylashuv xususiyatlari, moddiy tarkibini aks ettiruvchi asl va nodirmetalli ma’danlashuvning geologik-genetik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auminza-Beltov va Sharqiy Bukantov tog‘laridagi magmatik hosilalarning geologik, petrologik-petrogeokimyoviy, mineralogik xususiyatlari hamda asl-nodirmetalli obektlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
 Auminza-Beltov va Sharqiy Bukantov tog‘laridagi magmatik hosilalarning geologik, petrografik, mineralogik va geokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 08-5204-son ma’lumotnomasi). Natijada, magmatik tog‘ jinslarini tizimlashtirish va o‘zaro yoshi bo‘yicha ketma-ketlik munosabatlarini aniqlashga imkon bergan;
magmatik hosilalarning tarkibiy xususiyatlari, geokimyoviy ixtisoslashuvlari va endogen ma’danlashuvning o‘zaro munosabatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 08-5204-son ma’lumotnomasi). Natijada, intruziv hosilalarning alohida fazalari va turli tarkibli daykalarning ma’dandorligini aniqlash imkonini bergan;
magmatik hosilalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil endogen ma’danlashuvlarning shakllanishi, hudud rivojlanishining yagona tektonik-magmatik siklining ketma-ket bosqichlarda namoyon bo‘lishi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 08-5204-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosan granitoid intruziyalar atrofida oltin-nodirmetalli, granitoid tanalarga nisbatan uzoqroq makonda er yoriqlari va daykali hosilalar bilan uyg‘unlashgan asl metalli ma’danlashuv kuzatilishini aniqlashga yordam bergan; 
turli tarkibdagi qamrovchi jinslar, ma’danlar va ma’danoldi makonda petrografik, mineralogik va geokimyoviy majmualarining o‘zgarish xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 08-5204-son ma’lumotnomasi). Natijada, endogen ma’danlashuvi genetik jihatdan granitoid intruziyalarning shakllanishi va ularning postmagmatik jarayonlarining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlashga imkon bergan;
tavsiya qilingan asl-nodirmetalli ma’danlashuvining qidiruv-baholash me’zonlari majmuasi va bashoratlash modeli “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 08-5204-son ma’lumotnomasi). Natijada, endogen ma’danlashuvining bashorat-qidiruv belgilari majmuasi yondosh hududlarda geologik-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish