Nomonov Jaloliddin Nosirxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning shimoli-sharqiy va sharqiy qismidagi baliqchilik xo‘jaliklaridagi hovuz baliqlarining parazitofaunasi”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V1393.
Ilmiy rahbar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.10.08. 
Rasmiy opponentlar: Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor; Ikromov Erkin Fayzullaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoli-sharqiy va sharqiy O‘zbekistonning baliqchilik xo‘jaliklaridagi hovuz baliqlari parazitofaunasining zamonaviy tur tarkibini aniqlash, ularning morfologik, ekologik va bioxilma-xillik xususiyatlarini ochib berish hamda asosiy parazitozlarga qarshi davolash va profilaktik choralar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning shimoli-sharqiy va sharqiy qismidagi baliqchilik xo‘jaliklarida etishtiriladigan hovuz baliqlarida parazitlarning zamonaviy tur tarkibi 8 sinf, 13 turkum, 15 oila, 15 avlodga mansub 17 turdan iborat ekani aniqlangan;
baliqchilik xo‘jaliklarida qayd etilgan 17 turdagi parazitlarning taksonomik tarkibi tahlil qilinib, ularning 4 turi monogeniyalar sinfiga (23,5%), 3 tadan turi sestodalar va nematodalar sinflariga (17,6% dan), 2 tadan turi infuzoriyalar, trematodalar va qisqichbaqasimonlar sinflariga (11,8% dan), 1 turi esa zuluklar sinfiga (5,9%) mansubligi asoslangan;
O‘zbekiston sharqiy hududlari baliqchilik xo‘jaliklarida tarqalgan nematoda va zuluklardan 2 tur (mos ravishda, Contracaecum quadripapillatum va Hemiclepsis sp.) O‘zbekiston faunasi uchun, infuzoriyalarning 2 turi esa (Trichodina reticulata va Ichthyopthirius multifiliis) aynan hudud uchun ilk marta asoslab berilgan;
baliqlarda parazitlik qiluvchi morfologik jihatdan ayrim munozarali turlarning ribosomal DNK 18S, IS1-5,8S-IS2 hamda mitoxondrial DNK NAD1 genlari nukleotid ketma-ketliklari asosida molekulyar identifikatsiyasi aniqlashtirilgan; 
baliqchilik havzalarida o‘rganilgan baliqlarning 32,0% parazit qisqichbaqasimonlardan Argulus foliaceus va Lernaea cyprinacea bilan zararlanishi aniqlangan;
O‘zbekistonning shimoli-sharqiy va sharqiy qismidagi baliqchilik xo‘jaliklaridagi hovuz baliqlarining parazitofaunasi shakllanishida va tarqalishida biotik hamda antropogen omillarning o‘rni baholangan; 
protozoalar, sestodalar, trematodalar, nematodalar va qisqichbaqasimonlar sinflariga mansub turlarning taksonomik guruhlari, dominant turlarning ekologik valentligi hamda ularning o‘zaro nisbatlanishi o‘rtasidagi muvofiqlik ochib berilgan;
baliqchilik xo‘jaliklarida zarar keltirayotgan infuzoriyalar, trematodalar, qisqichbaqasimonlar vakillariga qarshi dori vositalarini qo‘llash hamda parazitozlar profilaktikasining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
antiparazitar dori preparatlarining tajriba-sinov natijalari asosida karp baliqlarida argulyozga qarshi emamektin benzoat 10% preparatini qo‘llash orqali 80,0%, ixtioftiriozga qarshi “Disol-Na” preparatini qo‘llash orqali esa 85,0% biologik samaradorlikka erishishga qaratilgan davolash choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. O‘zbekistonning shimoli-sharqiy va sharqiy qismidagi baliqchilik xo‘jaliklaridagi hovuz baliqlarining parazitofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston va Belarus baliqchilik korxonalarida akvakultura obektlariga baliqlar kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari tomonidan yetkaziladigan zararni kamaytirish tavsiyanoma”si O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 9-iyuldagi 02/23-475-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyatidagi baliqchilik xo‘jaliklarida baliq parazitlarining turlari aniqlash, ularga qarshi kurashish, suv havzalaridagi argulyoz kasalliklariga qarshi emamektin benzoat 10% li preparati qo‘llash orqali kasallikni 79–80% ga bartaraf etish imkonini bergan;
Argulus foliaceus, Contracaecum quadripapillatum, Lernaea cyprinacea va Schezocotyle acheilognathi turlining 18S va IS1-5,8S-IS2 nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, ncbi.hlm.hih.gov, 2023-yil 6-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, PP275889, PV405354, OR643672 va PP734004 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda ushbu turlarning filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish