Nasirova Nigora Ramazanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotidan kumush ajratib olish darajasini oshirishni tadqiq qilish”, 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5276.
Ilmiy rahbar: Xujakulov Nurmurod Botirovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Toshqodirova Rano Erkinjonovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotidan kumush ajratib olish darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotini nitrat kislota bilan ishlov berish jarayonining eng yaxshi texnologik ko‘rsatkichlariga erishish uchun harorat 85oC va HNO3 konsentratsiyasi 20g/l ekanligi aniqlangan;
kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotini nitrat kislotaning 20 g/l konsentratsiyasida qayta ishlash natijasida sulfidlarning kristall panjarasi buzilishi, zarrachalar yuzasida mikroyoriqlar, g‘ovaklar hosil bo‘lishi va ularning solishtirma yuzasini oshishi aniqlangan;
kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotini nitrat kislota bilan ishlov berish jarayonida aniqlangan optimal parametrlarda kumush eritmaga o‘tmasligi va shu sharoitda 60 g/l konsentratsiyasida 0,14 mg/l o‘tishi aniqlangan;
kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotini nitrat kislotada qayta ishlash va sorbsion sianlashni o‘z ichiga oladigan va buning natijasida kumushni 31,2 % ga ajratib olish darajasini oshirish imkonini beradigan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotidan kumushni ajratib olish darajasini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuyindini sorbsion sianlash jarayoni mahsulotlarini nitrat kislota bilan ishlov berish usuli NKMK AJning Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 21 iyuldagi 23/01-01-07/501-son ma’lumotnomasi). Natijada, kumushning ajralish darajasini 31% ga oshirish imkonini bergan;
nitrat kislota bilan ishlov berilgan mahsulotni sorbsion sianlash texnologiyasi NKMK AJning Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 21 iyuldagi 23/01-01-07/501-son ma’lumotnomasi). Natijada, kumushning ajralishini 53,6% dan 84,8% ga oshirish imkonini bergan.