Xalmuratov Batir Xalbay uli
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi sharoitida Orolbo‘yi hududida qum-chang bo‘ronlarining davomiyligini bashoratlash”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Gr414.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 18/2025.27.12.T.01.01. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor, G‘afforov Husen Shirinovich, texnika fanlari falsafa doktori,katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi hududida qum-chang bo‘ronlarining shakllanishi va davomiyligini ularning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy meteorologik omillar bilan bog‘liq holda aniqlash, zamonaviy statistik va sun’iy intellektga asoslangan yondashuvlar yordamida oldindan prognozlash hamda olingan natijalarni ekologik monitoring va erta ogohlantirish tizimlarida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi hududida qum-chang bo‘ronlarini qisqa muddatli prognozlashda meteorologik ma’lumotlarni statistik tahlil qilish, qayta ishlash va real vaqtga yaqin sharoitda operativ uzatishlarni inobatga olib to‘liq avtomatlashtirilgan konseptual modeli ishlab chiqilgan;
Qum-chang bo‘ronlarining yuzaga kelish sharoitlarini aniqlashda maksimal shamol tezligi, o‘rtacha havo harorati, minimal nisbiy namlik va PCA orqali asosiy komponentlari va statistik hamda mashinaviy modellarni integratsiyalash orqali hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
Orolbo‘yi hududida qum-chang bo‘ronlarini prognozlash uchun SARIMA va XGBoost modellarini integratsiyalash orqali test segmentida ECE 0,078 dan 0,028 gacha, out-of-time segmentida 0,092 dan 0,034 gacha kamayishi hisobiga gibrid prognoz modeli ishlab chiqilib, model prognozi aniqligi 78,8–93 % oshganligi isbotlangan;
Orolbo‘yi hududi sharoitida qum-chang bo‘ronlari hodisasini 7 kun oldindan qisqa muddatli bashorat qilish imkonini beruvchi, ilmiy asoslangan va foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan (@Batir_dusstorm_orol_bot) axborot-dasturiy tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qum–chang bo‘ronlarini bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
Orolbo‘yi hududi uchun ishlab chiqilgan qum-chang bo‘ronlarini qisqa muddatli prognozlashning to‘liq avtomatlashtirilgan konseptual modeli real vaqtga yaqin sharoitda ma’lumotlarni operativ uzatish imkoniyatlarini inobatga olgan holda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 21-avgustdagi 02/08-182-2709-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi hududida qum-chang bo‘ronlarini oldindan aniqlash va qisqa muddatli prognozlashning aniqligi hamda tezkorligi oshirilgan;
Orolbo‘yi hududi uchun qum-chang bo‘ronlari prognozining aniqligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan, maksimal shamol tezligi, o‘rtacha havo harorati, minimal nisbiy namlik ko‘rsatkichlari hamda PCA orqali aniqlangan asosiy komponentlar asosida statistik va mashinaviy modellarni integratsiyalashga yo‘naltirilgan hisoblash usuli amaliyotga joriy etilgan. Mazkur usul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining shimoliy tumanlari — Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq bo‘limlari faoliyatiga tatbiq qilingan (2025-yil 21-avgustdagi 02/08-182-2709-son ma’lumotnoma). Natijada hududda qum-chang bo‘ronlarini oldindan prognozlashning aniqligi oshirilib, soha mutaxassislari uchun tezkor va ishonchli prognozlash tizimidan keng miqyosda foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Orolbo‘yi hududida qum-chang bo‘ronlarini prognozlash uchun ishlab chiqilgan SARIMA modeli va XGBoost modeli integratsiyasiga asoslangan gibrid prognoz modeli amaliyotga joriy etilgan. Mazkur model Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida qo‘llanilmoqda (2025-yil 21-avgustdagi 02/08-182-2709-son ma’lumotnoma). Natijada model prognozlash aniqligi 78,8–93 % gacha oshganligi qum-chang bo‘ronlarini oldindan aniqlash, ularning xavf darajasini ishonchli baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyati yaratilgan.
Orolbo‘yi hududi sharoitida qum-chang bo‘ronlari hodisasini 7 kun oldindan qisqa muddatli bashorat qilish imkonini beruvchi, foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot-dasturiy tizim — @Batir_dusstorm_orol_bot nomli telegrambot tizimi amaliyotga joriy etilgan. Mazkur tizim Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida qo‘llanilmoqda (2025-yil 21-avgustdagi 02/08-182-2709-son ma’lumotnomasi). Natijada qum-chang bo‘ronlarini 7 kun oldindan prognozlash, aholiga hamda soha mutaxassislariga tezkor va ishonchli axborot yetkazish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan boshqaruv choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.