Mamadiyarov Akmal Jurakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metall kesish dastgohlarining dinamikasini tadqiq qilish va texnik holatini baholash usullarini asoslash”, 05.02.05 – «Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob uskunalar» ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5362
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich texnika fanlari doktori, professor, Nomanjonov Soxibjon Nomanjon o‘g‘li texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Olmaliq davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Metall kesish dastgohlarining nazorat qilish usullarini ishlab chiqish asosida ularning texnik holatini va qoldiq resursini baholash hamda dastghlar ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall kesuvchi dastgoh uzellarining dinamik xususiyatlarini aniqlash usuli tebranish shakllari asosida ishlab chiqilgan;
dastgohlar shpindel tayanchlari, tishli uztmalari, elastik tizimlarini diagnostika qilish, nuqsonlar va zaif qismlarni aniqlash usullari metall kesish stanoklarining to‘xtovsiz va avariyasiz ishlashining davomiyligi asosida ishlab chiqilgan;
dastgoh detallarining xususiy tebranishlar chastotalarini hisobga olgan holda detallar qismlarida xosil bo‘ladigan rezonans chastotalari aniqlangan;
dastgoh tezliklar qutisi tishli g‘ildiraklari va podshipniklarining ma’lumotlarga boy chastota diapazonlari xar bir chastotadagi tishli g‘ildirak va podshipniklarning beradigan vibratsiyasi asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metall kesish dastgohlarining dinamikasini tadqiq qilish va texnik holatini baholash usullarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall kesuvchi dastgoh uzellarining dinamik xususiyatlarini aniqlash usuli “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 25 martdagi 23/01-01-07/232-son ma’lumotnomasi). Natijada amplituda - chastotali xususiyatlar, tebranish shakllari, dissipativ xususiyatlar parametrlarini aniqlash imkonini bergan.
dastgohlar shpindel tayanchlari, tishli uztmalari, elastik tizimlarini diagnostika qilish, nuqsonlar va zaif qismlarni aniqlash usullari “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 25 martdagi 23/01-01-07/232-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall kesish stanoklarining to‘xtovsiz va avariyasiz ishlashini 15-18% ga oshirish imkonini bergan.
real ishlab chiqarish sharoitida nuqsonlar mavjudligini aniqlash va buning natijasida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradigan metallarga ishlov berish dastgohlarining texnik holatini tezkor diagnostika qilish usullari “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 25 martdagi 23/01-01-07/232-son ma’lumotnomasi). Natijada mashinasozlik uskunalarining resurslarini 17-20% ga oshirish hamda uning to‘xtovsiz va avariyasiz ishlashi ta’minlangan.