Juraev Jasurbek Begmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tolani iflosliklardan aeromexanik usulda tozalashni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4 PhD/T6226
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Shergozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Elmonov Sirojiddin Mamadiyarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani jinlashdan so‘ng tolani uzlyuksiz aeromexanik tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxtadan tola ajratilgandan so‘ng uning kolosniklar bilan ta’sirini tahlil qilish asosida tozalovchi kolosniklarni taroqsimon shaklda o‘zgartirilib takomillashgan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tolani arradan havo yordamida ajratgunga qadar uning takomillashgan kolosniklar bilan ta’sir kuchlari o‘rtasidagi bog‘lanishlari qurilgan harakat differensial tenglamalarini echish asosida olingan;
jin va tozalagich o‘rtasidagi quvurda tolaning sirt yuzasi bilan ta’sirlashish kuchlari va tolalar oqimini to‘siqlarga urilishi natijasidagi harakati traektoriyasi undan ajralib chiqayotgan iflosliklar massasini o‘zgarishini tahlil qilish asosida aniqlangan;
tolani tozalash samaradorligini arra va kolosnik orasidagi masofa, yon tomondagi masofa hamda kolosniklarni arrali silindr o‘qiga joylashish burchagiga bog‘lanishining regression tenglamalari qurilgan, ularning ratsional qiymatlari- masofalari 3 mm, joylashish burchagi 450  bo‘lishligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Arrali jinlashda aeromexanik usulda tozalashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan arrali jin uskunasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi “Real Agro Cotton” paxta tozalash korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 15-yanvardagi 02/06-69-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan takomillashtirilgan arrali jin va quvur qo‘llanilganda tolaning tabiiy sifat va miqdor ko‘rsatkichlari saqlanib, ishlab chiqarilayotgan tola tarkibida nuqson va iflos aralashmalarini tozalash samaradorligi 6.4 % gacha oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish