Ismailov Alisher Abdulxaevichning 
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani quritish va tola tozalash texnologiyasini takomillashtirishning ilmiy va amaliy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/T978 
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Sherqul Shergozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Alisher Ashuralievich, texnika fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Namangan Davlat texnika Universiteti. 
Dissertatsiya yo’nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yuqori sifatli tola olish maqsadida, paxtani quritish va tolasini tozalash texnologiyasi va uskunalarini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish maqsaddan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxtani quritish uchun yuqori energo va resurstejamkorlik ko‘rsatkichlariga ega tasmali quritish uskunasi takomillashtirilgan, uning geometrik (tasmaning uzunligi 3200 mm, eni 1400 mm), kinematik (tasmaning tezligi) va texnologik ko‘rsatkichlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
paxtaning namligini, quritish harorati, uskunaning ish unumdorligi va paxta qatlami qalinligiga bog‘liqlik qonuniyatlari to‘liq omilli tajriba usuli asosida ishlab chiqilgan hamda uskunaning ish unumdorligini tasmasining uzunligi va tezligiga bog‘liqlik tenglamalari kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlangan;
takomillashgan quritish uskunasida paxtani quritish jarayonining matematik modeli tuzilgan va uskunasining muqobil ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regression modellarini tahlillari asosida aniqlangan hamda quritish uskunasining quritish rejimlari ishlab chiqilgan;
paxta tolasining tozalagich ishchi qismlari bilan yuqori tezlikdagi o‘zaro ta’sirlashuvidagi zarba jarayonini o‘rganish natijasida, turli tolalar uchun deformatsiyaning kuchlanishga bog‘liqliri, tolalarga ta’sir qiluvchi kuchning o‘zgarishini tolalar massasini turli xil qiymatlarida tola tutamiga kirish chuqurligiga bog‘liqliklari olingan, paxta tolasi uchun plastik deformatsiya boshlanadigan to‘qnashuv tezligi 57,6 m/s ekanligi aniqlangan;
tola tutamini tozalagich arra tishlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish natijasida, arrali baraban tishi old qiyalik burchagining tola tutami massasiga bog‘liqliklari  olingan, tola tutamini bir kolosnikdan ikkinchisiga urilib o‘tishida arra tishi bo‘ylab siljish bo‘lmasligi va tola tushib ketmasligi uchun, tola tutamining tish bo‘ylab ruxsat etilgan harakatlanishi tenglamasi asosida kolosniklar qadamini Hk = 30÷35 mm oralig‘ida tanlash lozimligi aniqlangan;
tolali materialning tozalash uskunalarining ishchi qismlari bilan o‘zaro ta’sir jarayonini taxlili asosida to‘g‘ri oqimli tola tozalash uskunasi takomillashtirilgan,  arrali silindr va tarash qurilmasi tezligi, arralar orsidagi oraliq masofani, tozalash samaradorligi va chiqindilarning toladorligiga bog‘liqlik qonuniyatlari to‘liq omilli tajriba usuli asosida ishlab chiqilgan, tola tozalash  jarayonining matematik modeli tuzilgan hamda uskunasining muqobil ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regression modellarni tahlillari asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani quritish uskunasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
resurstejamkor takomillashgan paxtani quritish uskunasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi “Yangi to’rtko’l tolasi” paxta tozalash, Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Andijon best seeds” MChJ urug‘lik chigit ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilgan. (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 6-martdagi №01/06-384-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxtani quritish jarayonida 50% issiqlik tejamkorligiga va bu orqali esa elektroenergiya sarfining ikki baravar kamayishiga, paxta tolasini sifat ko‘rsatkichlari saqlab qolinishiga va tabiiy gazga bo‘lgan extiyojni bartaraf etilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish