Axmedov Davronjon Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Momiq ajratish mashinasini takomillashtirish asosida ish unuumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yahshilash” mavzusidagi 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2910
Ilmiy rahbar: Sabirov Ilxom Kaxromonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent To‘qimachilik va engil sanoat instituti hamda Guliston Davlat Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.08/2025.27.12.T.14.01
Rasmiy opponentlar: Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institutidan texnika fanlari doktori, professor Djamolov Rustam Kamolidinovich, Termez davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidan texnika fanlari doktori, professor Urozov Mustafokul Kulturaevich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyasida chigitdan momiqni ajratish vaqtida toza va butun chigitlar ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun takomillashtirilgan ishchi kamerali resurstejamkor linter uskunasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitidan momiq ajratishni yaxshilash maqsadida jin ishchi kamerasi va uning kerakli o'lchamgacha yupqalashtirilgan kolosniklardan foydalanilgan xolda takomillashtirilgan ishchi kamerali va chigit to‘zitgich elementli linter uskunasi ishlab chiqilgan;
arrali silindr bilan chigit to‘zitgich o‘rtasida kechadigan momiq ajratish jarayonida chigitga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch, ishqalanish kuchi, siqilish kuchi va havo oqimi ta’sirlari hisobga olingan holda, ularning o‘zaro bog‘lanishini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
linter kamerasidagi tukli chigitlarni ichki va tashqi radiuslar oralig‘ida ularning spiral harakatini ifodalovchi fizik-matematik modellar asosida tasvirlanish orqali kamera geometriyasi, to‘zitgich va arrali silindr ta’siri hamda zichlikni turlicha qatlamlarda hisobga olish natijasida kamera parametrlarini optimallashtirish uchun nazariy baza ishlab chiqilgan;
momiq ajralish jarayonini mo''tadil kechishini ta’minlash shartidan ko‘p omilli tajribalar asosida takomillashtirilgan ishchi kamerali linterning optimall konstruktiv parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta tozalash korxonalarida momiq ajratish uchun yuqori samarali uskunalarni yaratishda olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan ishchi kamerali 5LP rusumli momiq ajratish mashinasi “MAX GREEN” MChJga qoshidagi paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 5 martdagi №01/06-358- ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi uskunalarga nisbatan chigitning mexanik shikastlanishi 0,76–0,14 (abs.) % ga, momiq tarkibidagi begona aralashmalar va butun chigitlar ulushi 1,12 (abs.) % ga kamaygan.