Berdieva Muhabbat Meylievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish”, 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped146.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshillaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori; Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash tamoyillari (qadriyatlarning istiqbolliligi, ta’limning insoniy xarakteri, bolalar hayoti va salomatligining xavfsizligi hamda intellektual darajasiga mosligi)ga ustuvorlik berish asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini intellektual rivojlantirish mazmuni ishlab chiqilgan;
tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanish ko‘rsatkichlari va bilim darajasiga mos pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida ularning intellektualligi (dunyoqarash, zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlash)ni rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari shaxsga yo‘naltirilganlik, muloqotga undash, ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish va o‘zaro hamkorlik yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” o‘quv dasturlariga muvofiq pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida "logical game", "intellectual competition" va "fun puzzle" kabi interfaol metodlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash orqali maktabgacha yoshdagi bolalar intellektual rivojlanishida duch keladigan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari kengaytirilgan;
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlari bilan yosh va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda aqliy va ijodiy rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mazmuni (o‘quv dasturi, mashq va topshiriqlar tizimi)ni ishlab chiqish orqali ularning intellektual rivojlanganlik darajalari (yuqori, o‘rta va past)ni baholash mezonlari (o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv va kreativ) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida ularning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tarbiyalanuvchilarning intellektual rivojlanganligi darajasi bilan yoshi va fiziologik kabi xususiyatlarini integratsiyalash asosida ularning aqliy va psixologik tayyorgarliklarini baholash mezonlari (o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv va kreativ)ga oid takliflardan “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 03-01/1-4222-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash asosida intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish jarayoni mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining aqliy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari va bilim darajasiga muvofiq pedagogik qo‘llab-quvvatlash doirasida ularning intellektual imkoniyatlari (zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlash)ni rivojlantirishga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish yo‘llari” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 03-01/1-4222-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari bolalarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish jarayonida “"logical game", "intellectual competition" va "fun puzzle" kabi interfaol metodlardan foydalanishga doir takliflaridan BVF-1-001 raqamli “Voyaga etmaganlar axborot xavfsizligini ta’minlashda sohalararo yondashuvning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 03-01/1-4222-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tavsiyalar bolalarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishda ularning tayyorgarlik darajalarini ob’ektiv baholashga xizmat qilgan.