Ismadiyorov Komil Maxamadiyorovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul asosida falsafa fanini o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8661 
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Serobjon Urmonalievich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida falsafa fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafa fanini kredit-modul tizimida o‘qitishning pedagogik mazmuni ECS modulli ta’lim jarayonining tarkibiy strukturasiga talabalarni tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning o‘ziga xosligi va afzalliklari parametrlariga falsafiy dunyoqarashni yuksaltirish va analitik tafakkurni shakllantirish imkoniyatlarini adaptatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;  
kredit-modul tizimi asosidagi falsafiy ta’limning tashkiliy paradigmalari talabalarda protsessuallik-tanqidiy tafakkurni shakllantirish va shaxs falsafiy-intellektual salohiyatini yuksaltirishning dinamik mezonlari (analiz, argumentlash, baholash) orqali aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimidagi falsafiy ta’lim texnologiyalari talabalarning mutaxassislik (aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar) xususiyatlaridan kelib chiqib va xorijiy tajribalarini tatbiq etgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning “Yuzma-yuz”, “Nisshecha so‘nish”, “Falsafa diffuziyasi” metodlari ishlab chiqilgan va “Lotsi”, “Insert”, “VEER”, “PBL – Project-based”, “KBI”, “JIF” kabi samarali metodlari takomillashtirilgan;
talabalarning falsafiy tafakkurini rivojlantirish metakognitiv kompetensiyani (fikrlash haqida fikrlash – falsafani tizimli anglash) shakllantirishga yo‘naltirilgan interaktiv dars usullari hamda sun’iy intellekt asosidagi xalfa.uz ta’lim platformasi integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida falsafa fanini kredit-modul tizimida o‘qitish metodikasiga doir tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
falsafa fanini kredit-modul tizimida o‘qitishning pedagogik mazmuni ECS modulli ta’lim jarayonining tarkibiy strukturasiga talabalarni tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning o‘ziga xosligi va afzalliklari parametrlariga falsafiy dunyoqarashni yuksaltirish va analitik tafakkurni shakllantirish imkoniyatlarini adaptatsiyalash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan “60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 119934-raqamli ruxsatnomasi). Natijada falsafa darslarida modulli ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda talabalarni ijtimoiy faol shaxs qilib shakllantirishning didaktik ta’minoti oshirilgan;
talabalarda protsessuallik-tanqidiy tafakkurni shakllantirish va shaxs falsafiy-intellektual salohiyatini yuksaltirishning dinamik mezonlari orqali aniqlangan kredit-modul tizimi asosidagi falsafiy ta’limning tashkiliy paradigmalaridan  “60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishining malaka talabini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 2-iyuldagi 02/01-01-252-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kredit-modul tizimida falsafa fanini o‘qitishning asosiy mohiyati hamda tashkiliy pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha metodik ta’minoti boyitilishiga erishilgan;
kredit-modul tizimida falsafa o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali metodlari mutaxassislik (aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar) xususiyatlaridan kelib chiqqan hamda xorijiy tajribalarini tatbiq etgan holda ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan metodik tavsiyalar “Falsafa” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 119934-raqamli ruxsatnomasi). Natijada falsafa fani o‘qituvchilarining modulli ta’lim jarayonida oliy ta’lim talabalarining natijadorligi va samaradorligining oshirilishiga erishilgan;
metakognitiv kompetensiyani (fikrlash haqida fikrlash – falsafani tizimli anglash) shakllantirishga yo‘naltirilgan interaktiv dars usullarini qo‘llash metodikasiga hamda sun’iy intellekt va ta’lim platformalari imkoniyatlaridan foydalanishga oid ilmiy tavsiyalari asosida innovatsion topshiriqlarga komporativistik (qiyosiy – o‘xshashlik va farqlar) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan talabalarda mustaqil va tahliliy qarashni yuksaltirish “Falsafa” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 119934-raqamli ruxsatnomasi). Natijada talabalarda falsafiy tushunchalarni anglash va tushunish, shuningdek, ushbu bilimlardan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish