Inamidinova Dilarom Kiramidinovna
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi (Mashina detallari fanini o‘qitish misolida)”.
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2248.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umurzaqov Akramjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor, Boltaeva Muxayyo Lutfillaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Mashina detallari” fanini o‘qitish orqali bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik faoliyatining tashkiliy tuzilmasi yaratilgan (ijod mahsulining mazmuniy xususiyatlari, ijod tiplari, darajalari va shakllari) hamda muhandislik kompetensiyalari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli-jarayonli va refleksiv) jarayonlarning sinergetik uyg‘unligi asosida tizimlashtirilgan;
“Sanoatga bir qadam” metodi asosida bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4K, kreativlik kompetentligini bosqichma-bosqich (boshlang‘ich g‘oya tanlash, assortiment guruhlarini belgilash, konstruktiv variantni aniqlash hamda yakuniy artefakt-mahsulot yaratish) variativ amalga oshirish mexanizmini integratsiyalashtirilgan;
“Mashina detallari” fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan funksional model pedagogik-didaktik yondashuvlar va amaliy-kasbiy faoliyat mazmuni asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar, didaktik ta’minot hamda ularning samaradorligini aniqlashga yo‘naltirilgan baholash mezonlari ishlab chiqilgan va ta’lim amaliyotidagi natijadorligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnika oliy taʼlim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik faoliyatining tashkiliy tuzilmasi yaratilgan (ijod mahsulining mazmuniy xususiyatlari, ijod tiplari, darajalari va shakllari) hamda muhandislik kompetensiyalari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli-jarayonli va refleksiv) jarayonlarning sinergetik uyg‘unligi asosida tizimlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Innovatsion texnologiyalar” (Mashina detallari) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2026-yil, 31-martdagi 45-018-sonli ruxsatnomasi). Natijada innovatsion o‘qitish samaradorligi bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish hamda ta’lim sifati va natijadorligini oshirish imkonini yaratdi;
“Sanoatga bir qadam” metodi asosida bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4K, kreativlik kompetentligini bosqichma-bosqich (boshlang‘ich g‘oya tanlash, assortiment guruhlarini belgilash, konstruktiv variantni aniqlash hamda yakuniy artefakt-mahsulot yaratish) variativ amalga oshirish mexanizmiga integratsiyalashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Yosh mexaniklar” nomli elektron darslik ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 20-apreldagi DGU 36620-sonli guvohnomasi) Mustaqil ta’lim, amaliy mashg‘ulotlar hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan topshiriqlar jarayoniga tatbiq etildi;
bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan funksional model pedagogik-didaktik yondashuvlar va amaliy-kasbiy faoliyat mazmuni asosida takomillashtirilgan o‘quv didaktik ta’minot hamda “Yosh mexaniklar” to‘garagi dasturi oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 4/17-4/4-14666-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan o‘quv-didaktik ta’minot va to‘garak dasturi talabalarning darsdan tashqari faoliyatda ham ijodiy izlanishlarga yo‘naltirdi, amaliy va konstruktiv fikrlash ko‘nikmakarini mustahkamlashga xizmat qildi;
bo‘lajak mutaxassislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar, didaktik ta’minot hamda ularning samaradorligini aniqlashga yo‘naltirilgan baholash mezonlari ishlab chiqilgan va AL-5121081266-sonli amaliy loyiha amaliyotida foydalanilgan (Namangan viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi, 2024-yil, 15-iyuldagi №4/4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida detal qismlarini konstruksion echimlarini loyihalash, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarish orqali talabalarning konstruktorlik tafakkuri, muhandislik ko‘nikmalari, ijodkorlik qobiliyatlari hamda mustaqil qaror qabul qilish darajalari sezilarli darajada rivojlandi.
Tadqiqotimiz natijasida barcha pedagogik tajriba-sinov maydonchalari sifatida tanlab olingan OTMlarda tajriba-sinov ishlari nihoyasida tajriba guruhidagi
talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 1,26 (15,6%) yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi