Ubaydullaev Mirjalol Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy ta’lim o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini kredit-modul tizimi asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6825
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich - iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimov Jamshid Oktyamovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kredit-modul tizimi asosida kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimi sharoitida o‘quvchilarning mehnat bozorida yuqori kasbiy likviditligini ta’minlashga qaratilgan ta’lim mazmuni mustaqil ta’limning didaktik uzviyligini implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyat uchun muhim bo‘lgan shaxsiy va professional ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda muammoli ishlab chiqarish vaziyatlarida o‘z-o‘zini nazorat qilish kompetensiyalarini 
o‘quv-bilish kompetentligining texnologik va natijaviy komponentlariga integratsiyalash asosida ta’lim jarayonining konseptual-metodik modeli takomillashtirilgan.
kredit-modul tizimi sharoitida o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirish metodikasi xalqaro tajribalar asosida mustaqil ta’limni rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish, refleksiya, kasbiy yo‘naltirilgan loyihaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda “Self-Regulated Learning (SRL)”, “Concept project based learning(CPBL)” metodlarini tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan
o‘quv-bilish kompetentligini baholash mezonlari o‘quvchining shaxsiy o‘sish dinamikasini o‘lchashga qaratilgan ipsativ yondashuv hamda bilish darajalarini belgilovchi (bazaviy-reproduktiv, qisman izlanishli, innovatsion-transformativ) indikatorlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini kredit-modul tizimi asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy pedagogik shart-sharoitlar metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar uzviyligida mustaqil ta’limga ustuvorlik berish hamda ta’lim mazmunini kredit-modul tizimiga mazmunan moslashtirishga doir takliflar “710300-Energetika muhandisligi” yo‘nalishi mutaxassisliklari ta’lim dasturlari mazmuniga singdirilgan. Natijada mazkur takomillashtirilgan ta’lim dasturlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishga, o‘quv jarayonida mustaqil bilim olish va didaktik imkoniyatlardan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini kredit-modul tizimi asosida shakllantirishning konseptual-metodik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli-jarayonli va diagnostik komponentlar uzviyligida hamda modulli o‘qitish tizimini texnologik qayta ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar asosida modulli ta’lim dasturlari va “Elektromontyor” nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan. Natijada o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetentligini bosqichma-bosqich shakllantirish va ta’lim traektoriyasini shaxsiylashtirish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetentligini kredit-modul tizimi asosida shakllantirish metodikasi va baholash mezonlari raqamli texnologiyalar ustuvorligida maxsus modullarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish, pedagogik va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ma’lumotlar bazasini tizimlashtirish hamda mutaxassislikka xos sifatlarni umumlashtirish, ta’lim va ishlab shiqarishni uzviylashtirish, natijalarni bashoratlash imkonini beruvchi konseptual-metodik model vositasida takomillashtirishga doir takliflar asosida “Elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari elektr jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (Oliy talim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i, № 218-049). Natijada ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari o‘quvchilarni o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirish, kasbiy muammoli vaziyatlarni mustaqil echish hamda ta’lim mazmunini kredit-modul tizimi talablariga moslashtirishga xizmat qilgan.
Tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari, olingan natijalar va tadqiqotning samaradorligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan tegishli ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan. Natijada kredit-modul tizimiga moslashtirilgan o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning izlanish, axborotlar bilan ishlash va kasbiy muammolarni mustaqil echish darajasini yaxshilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish