Otayarov Javohir Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish (30710303 - Elektromontyor kasbi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped6818
Ilmiy rahbar: Alijonov Utkirjon Maxamadalievich – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Dilshod Ubaydullaevich pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kasbga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida elektromontyor kasbi bo‘yicha o‘quvchilarni kasbga o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlari maxsus fanlar integratsiyasini ta’minlash hamda kasbiy motivatsiyani kuchaytirish funksiyalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak elektromontyorlarni kasbga o‘rgatishning tashkiliy-didaktik modeli ta’lim natijalarini maqsadli transformatsiya qilishga imkon beruvchi tarkibiy-mazmuniy yo‘nalishlar va funksional bog‘liqliklarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kasbga o‘rgatish metodikasi reproduktiv o‘qitishdan faoliyatga yo‘naltirilgan interaktiv-raqamli ta’lim muhitiga izchil o‘tishni ta’minlovchi va o‘quvchilarda kasbiy kompetentlikni bosqichma-bosqich shakllantiruvchi “Learning chain” metodini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
maxsus fanlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari va darajalarini belgilash orqali bo‘lajak elektromontyorlarning kasbiy bilimlarini baholash usullari (kuzatuv-tahlil, test, amaliy topshiriq) mobil texnologiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarini kasbga o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlari metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar uzviyligida raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish hamda ta’lim mazmunini kompetensiyaviy yondashuvga mazmunan moslashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar elektromontyor kasbi ta’lim dasturlari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-noyabrdagi 02/17-2025-27-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takomillashtirilgan ta’lim dasturlari o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbga o‘rgatish metodik modeli va kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbga o‘rgatish metodikasiga oid taklif va tavsiyalari oʻquv jarayonida qoʻllanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-noyabrdagi 02/17-2025-27-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini shakllanganligining kognitiv, operatsion-faoliyatli, aksiologik baholash mezonlari va ko‘rsatkishlari ta’lim va ishlab shiqarishni uzviylashtirish va natijalarni bashoratlash imkonini beruvchi metodik model vositasida takomillashtirishga doir takliflar “Elektr mashinalari va transformatorlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-noyabrdagi 02/17-2025-27-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari o‘quvchilarni kasbiy kopmpetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.