Turdimurodov Sirojiddin Eshqobilovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evfemik graduonimiya va uning leksikografik talqini” 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/ Fil474 
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor, Xo‘jamurod Jabborov, filologiya fanlari doktori, professor, Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna va filologiya fanlari doktori, professor, Abdiev Murodqosim Bolbekovich. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: evfemik birliklarnining boshqa  graduonimik qatorlardan farqli xususiyatlari, darajalanish mezonlarini ishlab chiqish, hamda o‘zbek tilining izohli va o‘quv lug‘atlarida berilish ko‘lamini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli-strukturaviy yondashuv, semantik maydon nazariyasi va ierarxik modellash usullari asosida o‘zbek tilida evfemik graduonim birliklarning leksik-semantik maydonlarga differensial tasnifi hamda ierarxik strukturalashtirilgan tahlili amalga oshirilib, natijada evfemik leksemalarning yuqori badiiylik darajasida qo‘llanishi, ular orasidagi ma’no kengayish jarayonlari, evfemik harakatni ifodalashdagi ierarxik munosabatlar, ijobiylik konnotatsiyasining ortib borish dinamikasi, evfemik harakatning jiddiylik darajasi hamda madaniylik ko‘rsatkichining kuchayib borishi kabi darajalanish omillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan; 
funksional-sintaktik tahlil, diskursiv-pragmatik yondashuv va kontekstual interpretatsiya metodlari asosida evfemik birliklarning so‘z, so‘z birikmasi, maqol, gap va matn shakllaridagi ifodalanish turlari hamda ularning struktur-semantik xususiyatlari aniqlanib, sevmoq, o‘pmoq, zo‘rlamoq, aroq ichmoq, kasallik va kasal bo‘lmoq, pul va pora olmoq, ko‘r, o‘g‘irlik, qarilik, o‘lmoq va ko‘mmoq kabi tematik maydonlarda evfemizmlarning yuzaga kelish mexanizmlari va kommunikativ vazifalari kompleks tarzda ochib berilgan;
leksikografik modellashtirish, sistemali tasniflash va graduonimik yondashuv tamoyillari asosida “o‘zbek tili evfemalari o‘quv lug‘ati”ni tuzishning innovatsion konsepsiyasi ishlab chiqilib, unda evfemik xarakterdagi so‘zlar va ularning ma’nodosh qatorlari darajalanish tizimi bilan integratsiyalashgan holda berilishi, izohli lug‘atlardagi ma’nodosh birliklarning semantik ko‘lamini kengaytirish, aynanlik va farqlilik belgilarini chuqurlashtirilgan izohlar orqali aniqlashtirish, shuningdek, kamida uchta komponentdan iborat graduonimik qatorlarni belgilashda grd. (graduonim) va drj. (darajalanish) kabi shartli qisqartmalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan;
kognitiv-semantik tahlil, oppozision tahlil va korpus lingvistikasi metodlari asosida evfemik darajalanish tilning semantik tizimi shakllanishining muhim asosi sifatida talqin etilib, uning denotativ va konnotativ ma’no yo‘nalishlarida leksik, frazeologik hamda leksik-frazeologik darajalarda namoyon bo‘lishi, lug‘at sathida perivativ va ekvipolent oppozisiyalar o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni ta’minlovchi hodisa ekanligi dalillanib, ushbu jarayonning lingvistik korpuslarni boyitishdagi ilmiy ahamiyati asoslab berilgan;
amaliy-lingvistik yondashuv, didaktik prinsiplar va madaniy-pragmatik tahlil metodlari asosida “o‘zbek tili evfemalari o‘quv lug‘ati”ni yaratish jarayonida uning ilmiy-amaliy ehtiyojlarga mosligi, ta’limiylik, milliylik, nutqiy madaniyat, odob-axloq, o‘zaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga uyg‘un holda ishlab chiqilishi asoslanib, mazkur lug‘atning lingvistik tadqiqotlarda yangi graduonimik va semantik yondashuvlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
tizimli-strukturaviy yondashuv, semantik maydon nazariyasi va ierarxik modellash usullari asosida o‘zbek tilida evfemik graduonim birliklarning leksik-semantik maydonlarga differrensial tasniflash, ierarxik strukturlashtirish asosidagi tahlillar natijasida evfemik leksemaning yuqori badiiylikda qo‘llanishiga ko‘ra, evfemik leksemalararo ma’noning kengayishiga ko‘ra, evfemik harakatni ifodalashdagi ierarxik munosabatiga ko‘ra,  evfemalarda ijobiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra, evfemik harakatning jiddiy tus olish darajasiga ko‘ra, evfemizmlarning yuqori madaniylik bilan qo‘llanilish belgisining ortib borishiga ko‘ra kabi darajalanish omillari ilmiy asoslanganiga oid xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitrar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 12-noyabrdagi 647/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining evfemik graduonim birliklar vositasida asoslanganlik darajasini oshirish imkonini bergan;
funksional-sintaktik tahlil, diskursiv-pragmatik yondashuv va kontekstual interpretatsiya metodlari asosida evfemik so‘z, so‘z birikmasi va maqol shaklidagi, shuningdek gap va matn shaklidagi ifodalarning funksional va struktur turlari va sintaktik xususiyatlari aniqlanib, sevmoq, o‘pmoq, zo‘rlamoq, aroq ichmoq, kasallik va kasal bo‘lmoq, pul va pora olmoq, ko‘r, o‘g‘irlik, qarilik, o‘lmoq va ko‘mmoq kabi mavzularda yaratilishi ochib berilganligiga doir xulosalardan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-dekabrdagi 04/1-4211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi evfemik birliklar bilan mazmunan boyigan;
leksikografik modellashtirish, sistemali tasniflash va graduonimik yondashuv tamoyillari asosida evfemik darajalanish til semantik sistemasining shakllanish asosi, shuningdek, denotativ, konnotativ ma’nolar yo‘nalishida leksik, frazeologik, leksik-frazeologik ko‘lamlarda voqe bo‘lib, lug‘at sathidagi perivativ va ekvipolent oppozisiaylarning bog‘lanishlarini ta’minlovchi semantik hodisa, korpus lingvistikasini boyitishiga oid xulosalardan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi 04/1-4170-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishda uni “O‘zbek tili evfemalari o‘quv lug‘ati” (darajalanish munosabati asosida) bevosita xizmat qilishi isbotlangan;
kognitiv-semantik tahlil, oppozision tahlil va korpus lingvistikasi metodlari asosida “O‘zbek tili evfemalari o‘quv lug‘ati”ni tayyorlash jarayonida tadqiqot natijalari asosida semantik xususiyatlar orqali tuzilmalar takomillashtirildi. Lug‘at ilmiy va amaliy ehtiyojlarga mos ravishda ishlab chiqilib, lingvistik izlanishlarga yangicha yondashuvlarni taqdim etdi. Tadqiqot ishidagi misol va tahlillar aniq tahlillar asosida ochib berilgan. Shuningdek, ushbu dasturlarda amaliy tilshunoslik soha mutaxassisliklar uchun evfemik graduonim birliklardan foydalanishning amaliy ahamiyati, ularning lug‘atlardagi o‘rni masalalari muhokama qilingan xulosalardan “Portret” va “Minbar” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2024-yil 25-dekabrdagi 02-15-766-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar va uning mazmuni ilmiy jihatdan mukammallashgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish