Xasanova Nargiza Ismagilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Analitik kimyo fani kompetensiyalarini rivojlantirish asosida talabalarni kasbiy tayyorlash metodikasi (biologiya yo‘nalishi talabalarini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9517.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Aypara Djoldasovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.K.04.04 raqamli kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi analitik kimyo fani kompetensiyalarini rivojlantirish asosida talabalarni kasbiy tayyorlash metodikasini takomillashtirirsh bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompetensiyaga asoslangan yondashuv va fan metodologiyasi chorrahasida analitik kimyo fanini o‘qitish jarayonida kimyoviy kompetensiyalar majmuasini rivojlantirish asosida biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoniyati va kasbiy yo‘naltirilgan vazifalar tizimini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
biologiya mutaxassisi uchun “Kimyoviy kompetensiyalar”, “kimyoviy kompetentlik”, “biologiya yo‘nalishdagi talabalarning analitik kimyoni o‘rganishda shakllanadigan intellektual kasbiy faoliyatga tayyorligi” tushunchalarining mazmuni aniqlashtirilib, biologiya ta’lim kontekstida kimyoviy kompetensiyalarning tasnifi va mazmuni ilmiy asoslangan;
analitik kimyoni o‘rganishda kimyoviy kompetensiyalarini ishlab chiqish va shakllantirish asosida biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy tayyorlash jarayonining nazariy va uslubiy modeli fan va kasb-hunar ta’limi o‘tasidagi aloqalarni o‘rnatish imkonini beruvchi indikatorlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish metodikasi analitik kimyoni o‘rganishda shakllanadigan kompetensiyalarni kasbiy yo‘naltirish orqali bosqichma-bosqich rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
kompetensiyaga asoslangan yondashuv va fan metodologiyasi chorrahasida analitik kimyo fanini o‘qitish jarayonida kimyoviy kompetensiyalar majmuasini rivojlantirish asosida biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoniyati va kasbiy yo‘naltirilgan vazifalar tizimini loyihalashga oid taklif va tavsiyalar “Analitik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyuldagi 218-sonli buyrug‘i bilan chop etish uchun berilgan 218-108-son ruxsatnomasi). Natijada, analitik kimyo fani kompetensiyalarini rivojlantirish asosida biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy tayyorlash samaradorligini oshishiga erishilgan.
biologiya mutaxassisi uchun “Kimyoviy kompetensiyalar”, “kimyoviy kompetentlik”, “biologiya yo‘nalishdagi talabalarning analitik kimyoni o‘rganishda shakllanadigan intellektual kasbiy faoliyatga tayyorligi” tushunchalarining mazmuni aniqlashtirilib, biologiya ta’lim kontekstida kimyoviy kompetensiyalarning tasnifiga oid ilmiy xulosalar “Analitik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyuldagi 218-sonli buyrug‘i bilan chop etish uchun berilgan 218-108-son ruxsatnomasi). Natijada, biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlariga tayyorlik samaradorligini ortishiga xizmat qilgan.
analitik kimyoni o‘rganishda kimyoviy kompetensiyalarini ishlab chiqish va shakllantirish asosida biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy tayyorlash jarayonining nazariy va uslubiy modeli fan va kasb-hunar ta’limi o‘tasidagi aloqalarni o‘rnatish imkonini beruvchi indikatorlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflari O‘zbekiston Milliy universitida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2026-yil 27-martdagi 04/11-8476-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatiga tayyorlash imkoniyatiga va kasbiy yo‘naltirilgan vazifalar tizimini loyhalash imkonini bergan.